• 1.4-rasm
  • ”Uchta to’g’ri va bitta noto’g’ri” metodi.
  • Foydalanish doiralari
  • Qiyinchiliklari
  • Metodning qo’llanilishi
  • Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti




    Download 0,57 Mb.
    bet5/10
    Sana04.06.2024
    Hajmi0,57 Mb.
    #260170
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    KULON QONUNI kurs ishi

    Nuqtaviy zaryad. Elektrodinamikada ham turli modellardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
    Ulardan biri nuqtaviy zaryad tushunchasidir. Nuqtaviy zaryad deb o`lchamlari ta’siri o`rganilayotgan masofaga nisbatan e’tiborga olinmaydigan darajada kichik bo`lgan, zaryadlangan jismga aytiladi. U ham xuddi moddiy nuqta kabi ideallashtirilgan tushunchadir.
    2. Harakatsiz nuqtaviy zaryadlar orasidagi o`zaro ta’sir kuchi 1785 yilda fransuz fizigi Sh.Kulon
    tomonidan aniqlangan.
    Quyi qismida shisha tayoqcha osilgan ingichka elastik ip shisha silindr idishda o`rnatilgan. Ipning


    1.4-rasm


    yuqori uchi burilish burchagini aniqlashga imkon beruvchi darajalangan qurilmaga berkitilgan. Osib qo`yilgan shisha tayoqchaning bir uchida kichkina metall sharcha, ikkinchi uchida esa posangi berkitilgan. Idish qopqog`idagi teshikcha orqali xuddi shunday boshqa sharchani ham kiritish mumkin. Agar sharchalarga zaryad berilsa, ular o`zaro ta’sirlashishadi va ipning burilish burchagiga qarab ta’sir kuchini baholash imkoni tug`iladi.
      1. ELEKTR ZARYADI.ZARYADNING SAQLANISH QONUNI MAVZUSINI “UCHTA TO’G’RI VA BITTA NOTO’G’RI” , “BIRGALIKDA O’QIYMIZ” METODLARI BILAN MUSTAHKAMLASH


    Elektr zaryadi va zaryadning saqlanish qonuni mavzusini tushuntirishda va mavzuni mustahkamlashda ”Uchta to’g’ri va bitta noto’g’ri” va ”Gaplarni to’ldiring” metodlaridan foydalanmoqchimiz.

    ”Uchta to’g’ri va bitta noto’g’ri” metodi.

    Ta’rifi:


    Har bir o’quvchi bir varaq qog`ozda o`rganilayotgan yoki o`rganilgan mavzu bo`yicha uchta to`g`ri fikr va bitta noto`g`ri fikrni yozadi. Ishtirokchilar juftliklarga to`planadilar, varaqlar bilan almashadilar va qaysi fikr noto`g`ri bo`lgan ekanligini aniqlaydilar.

    Foydalanish doiralari:


    Uy vazifasini tekshirish vaqtida, tabiiy va aniq fanlarda mavzuni mustahkamlashda foydalanish mumkin.

    Afzalliklari:


    Kuzatuvchanlikni rivojlantiradi, axborotni tanlab olish ko`nikmasini ishlab chiqadi, bolalarni xato topish va fikrlarni ifodalashga o`rgatadi, o`qituvchiga o`quvchilarning bilimlarini tekshirishga imkon beradi.

    Qiyinchiliklari:


    Materialni o`zlashtirib ololmagan bolalar topshiriqni uddalay olmasliklari xavfi bor. O`qituvchiga fikrlar aniqligi va to`g`riligini kuzatish, mashqni o`tkazish uchun vaqtni mo`ljallab olish qiyin, chunki o`quvchilarda ko`pincha fikrlarni aniq ifodalash ko`nikmasi mavjud bo`lmaydi.
    Bu metodni biz mavzu yakunida har bir o’quvchilarning bilim darajasini aniqlashda va bilimlarini baholashda qo’llaymiz.

    Metodning qo’llanilishi:


    1. o’quvchi:

      1. Bir xil ishorali zaryadlar itarishadi, turli ishoralilari esa tortishishadi.

      2. Elektronning massasi me = 9,11 ⋅ 10−27 kg va proton mp = 1,67 ⋅ 10−27

    kg ga teng.

      1. Shoyiga ishqalangan shisha tayoqcha musbat zaryadlanadi.

      2. Elektrometr- jismning elektrlanganlik darajasini aniqlovchi asbob.
    1. o’quvchi:


      1. Ebonit - bu oltingugurt aralashtirilgan kauchuk( qattiq rezina)dan tayyorlangan material.

      2. Jismlarning elektrlanganligini sezish, kuzatish uchun qo’llaniladigan asbob elektroskop deyiladi.

      3. Bir xil ishorali zaryadlar tortishadi, turli ishoralilari esa itarishadi.

      4. Ikki jism bir-biriga ishqalanganda ularning har ikkalasi ham elektrlanadi.
    2. o’quvchi:


      1. Dielektrik deb elektr tokini o’zidan o’tkazadigan jismga aytiladi.

      2. Elektrni o’zidan o’tkazuvchi moddalar elektr o’tkazgichlar deyiladi.

      3. Atom markazida yadro joylashgan bo’lib, u musbat zaryadlangan proton va zaryadlanmagan neytronlardan tashkil topgan.

      4. Elektron manfiy ishorali zaryaddir.
    3. o’quvchi:


      1. O’zidan elektrni o’tkazmaydigan moddalar dielektriklar deyiladi.

      2. Xalqaro birliklar sistemasida elektr zaryadining birligi qilib amper (A) qabul qilingan.

      3. Qiymat jihatidan elektr zaryadiga teng bo’lgan zaryad elementar zaryad deb ataladi.

      4. Bitta elektronning zaryadi ⅇ = 1,6 ⋅ 10−19 C.

    Bu metoddan foydalanishimizning sababi Elektr bo’limiga kirishdagi boshlang’ich bilimlarni har bir o’quvchi yaxshi o’rganib oladi, mustahkamlab olishi


    uchun qo’llasak maqsadimizga erishamiz.Shunda har bir o’quvchi o’zi olgan bilimlarni boshqa o’quvchilar bilan almashadi va o’z olgan bilimlarini ham umumlashtirib oladi.


    Zaryad. Zaryadni saqlanish qonunini “Gapni to’ldiring” metodi bilan yoritib beramiz.



    Download 0,57 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti

    Download 0,57 Mb.