• Kurs ishining vazifalari
  • ELEKTR ZARYADI HAQIDA TUSHUNCHA. ZARYADNING SAQLANISH QONUNI
  • Mavzuning bayoni
  • Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti




    Download 0,57 Mb.
    bet2/10
    Sana04.06.2024
    Hajmi0,57 Mb.
    #260170
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    KULON QONUNI kurs ishi

    Kurs ishining maqsadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizikadan mo’ljallangan amaliy va laboratoriya darslarining o‘quv dasturini uzviyligi boyicha tahlil qilish va zamonaviy texnologiyalar asosida samaradorligini oshirish.
    Kurs ishining ob’ekti. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining fizika o‘qitish jarayoni.
    Kurs ishining predmeti. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizikadan mo’ljallangan amaliy va laboratoriya darslari va uni o‘qitishning pedogogik texnologiyalari, usullari va vositalari.

    Kurs ishining vazifalari:


    • Mavzuga doir materiallar yig’ish va o’rganish

    • Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizikadan mo’ljallangan nazariy, amaliy va laboratoriya darslarining o‘quv dasturini uzviyligi boyicha tahlil qilish

    • Fizikadan o‘quv eksperimenti va uni o‘qitish metodikasini tahlil qilish.

    • Umumiy o’rta ta’lim maktablarida fizikadan o‘quv eksperimenti va uni o‘qitish metodikasini tahlil qilish.

    I BOB. ELEKTR ZARYADI.ZARYADNING SAQLANISH QONUNINI O’QITISH METODIKASI
      1. ELEKTR ZARYADI HAQIDA TUSHUNCHA. ZARYADNING SAQLANISH QONUNI


    O’quvchi bilishi kerak:
    Elektr zaryad. Elektr zaryadning saqlanish qonuni. Elekromagnit ta’sir, jismlarning zaryadlanishi, elektr zaryadining saqlanish qonuni, Kulon qonuni, proporsionallik koeffitsienti, Kulon kuchining yo’nalishi.
    Mavzuning maqsadi: O’quvchilarga elektrostatika qonuni, elektr zaryad, zaryadning saqlanish qonunini tushuntirish va o’rganish.

    Mavzuning bayoni:


    Atom tuzilishi. Yunon olimlari tabiatdagi barcha jismlar atomlardan tashkil topgan deb hisoblaganlar. “Atom” so’zini fanga yunon mutafakkiri Demokrit kiritgan. Bu so’z “bo’linmas” degan ma’noni anglatadi. XX asrga kelib olimlar atomning ham bo’linishi mumkinligini va murakkab tuzilishga ega ekanligini aniqladilar.1911- yilda ingliz fizigi Ernest Rezerford tajriba asosida atom tuzilishining modelini kashf qildi.

        • Atom markazida yadro joylashgan bo’lib, u musbat zaryadlangan proton va zaryadlanmagan neytronlardan tashkil topgan. Atom yadrosi atrofida orbita bo’ylab manfiy zaryadlangan elektronlar harakat qiladi.

    Atomdagi elektronlar soni protonlar soniga teng bo’ladi. Masalan, vodorod (H) atomining yadrosi faqat 1 ta protondan iborat bo’ib, yadro atrofida ham faqat 1 ta elektron harakatlanadi (1.1-a rasm). Geliy (He) atomida 2 ta proton, 2 ta elektron va 2 ta neytron mavjud (1.1- b rasm). Uglerod atomi esa 6 ta proton, 6 ta electron va 6 ta neytrondan tashkil topgan (1.1-d rasm).



    Download 0,57 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti

    Download 0,57 Mb.