“Assotsiatsiyalar” metodining qo’llanilishi
KULON QONUNI kurs ishi
“Fikrlay olasanmi” metodining qo’llanilishi:1-guruh: 1-shart:
Javoblar: Kulon, zaryad, elektr, musbat, manfiy. 2-guruh:1-shart:
Javoblar: Kulon, zaryad, elektr, musbat, manfiy. BOB. ELEKTR ZARYADI VA KULON QONUNI MAVZUSI YUZASIDAN MASALALAR YECHISH METODIKASIELEKTR ZARYADI VA KULON QONUNI MAVZUSIDA MASALALAR YECHISHMa’lumki, fizika o’qitishda nazariy va amaliy metodlar mavjud. Amaliy metodlar ichida fizikadan masalalar yechishning ahamiyati salmoqlidir. Masala yechish jarayonida o’quvchilarga bilim berish bilan birga o’quvchilar qobiliyatlarini rivojlantirish, o’quvchilarga tarbiya berish kabi muhim masalalar hal qilinadi. Fizikadan masalalar yechish jarayonida o’quvchilarning mantiqiy fikrlashlari kengayadi, ijodiy qobiliyatlari rivojlanadi. Fizik hodisalarning tub mohiyatini kengroq tushunadilar, fizikadagi qonunlarning amalda qo’llanilishini chuqurroq anglaydilar. Ko‘pgina fizik o‘lchov asboblarining vazifasi, tuzilishi, ishlash prinsiplari bilan tanishadilar, ular bilan ishlash ko‘nikma va malakalariga ega bo‘ladilar. Shuningdek, masalalar o‘quvchilarda mehnatsevarlik, jur’atlilik, iroda va xarakterni tarbiyalaydi. Elektr zaryadi va Kulon qonuni mavzusi yuzasidan masalalar yechish na’munalari: masala: Litiy atomidagi elektronlar va protonlar zaryadlari miqdorini aniqlang. masala:Bir-biridan 5 sm uzoqlikda joylashgan bir xil zaryadlangan sharchalarning biriga −8 ⋅ 10−8 C, ikkinchisiga esa 4 ⋅ 10−8 C zaryad berilgan. Zaryadlangan sharchalar qanday kuch bilan tortishadi. masala: Biri ikkinchisidan 5 sm uzoqlikda joylashgan bir xil zaryadlangan sharchalar 3,6 ⋅ 10−4 N kuch bilan ta’sirlashmoqda. Ular qanday miqdorda zaryadlangan. Berilgan: Formula: Yechish: masala: Zaryadlari 0,36 µC va 10 nC bo’lgan sharchalar qanday masofada 9 mN kuch bilan ta’sirlashadi. masala: Kislorod atomidagi jami elektronlar zaryadi va massasini hisoblang. Berilgan: Formula: Yechish: ELEKTR ZARYADI VA KULON QONUNI MAVZUSINI “ TEZKOR (EKSPRES)TEST” METODI YORDAMIDA MUSTAHKAMLASHTezkor (ekspres) test metodi :Test sinovini o‘tkazishdan maqsad : Tezkor test sinovi mavzu bo‘yicha o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan minimal bilim va ko‘nikmalarni aniqlash hamda o‘quvchilarning mavzu bo‘yicha o‘zlashtirishini yoppasiga baholash va nazorat qilish maqsadida o‘tkaziladi.. Test sinovi savollari davlat ta’lim standartiga muvofiq o‘quvchilar o‘zlashtirishi shart bo‘lgan minimal bilim va ko‘nikmalar asosida tuziladi. Test sinovini o‘tkazishga doir ko‘rsatmalar : Test sinovi mavzuning asosiy mazmuniga oid 5 ta testdan iborat bo‘lib, u mavzu bo‘yicha o‘tilgan oxirgi dars yakunida 10 minut davomida o‘tkaziladi Test sinovi savollari doskaga yoziladi yoki tarqatma material sifatida oldindan ko‘paytirilib o‘quvchilarga tarqatiladi. Song javob varaqalari tarqatiladi. Sinovni o‘tkazishda har bir o‘quvchining o‘zi javob berishiga erishish juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun sinovni o‘tkazayotganda o‘quvchilar hatti-harakati qattiq nazoratga olniishi shart. Test sinovini o‘tkazishdan oldin o‘quvchilarga uni yechish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalarni berish shart. Har bir test savoliga javob variantlari orasidan faqat bitta javob to‘g‘ri berilganini aytish hamda o‘quvchilarga test savollariga javob berishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘rishlari va shundan keyingina javob variantlaridan faqat bittasini bo‘yab ko‘rsatishlari zarurligini o‘qtirish lozim bo‘ladi. Ikkita javob bo‘yalgan javoblar inobatga olinmasligi ham alohida ta’kidlanishi zarur. Test sinovini baholashga doir ko‘rsatmalar. Testni o‘tkazishdan oldin o‘quvchilarga quyidagi ko‘rinishdagi javob varaqalari tarqatiladi. O‘quvchilar 10 minut davomida testlarni yechib, faqat bitta to‘g‘ri javobni javob varaqasida bo‘yab qo‘yadilar. Javob varaqalari yig‘ib olinadi va oldindan tayyorlab qo‘yilgan baholash shabloni bilan tekshiriladi. Baholash shabloni baholash varaqasining o‘zidan iborat bo‘lib, faqat uning to‘g‘ri javob kataklari hamda to‘g‘ri javob soni va baho qo‘yiladigan kataklar qiyib o‘yib qo‘yilgan bo‘ladi.(O‘yilgan kataklar pastdagi rasmda shartli ravishda bo‘yab ko‘rsatilgan) Shablon baholash varaqasi ustiga qo‘yiladi. Shunda o‘yilgan kataklardan nechta bo‘yalgan javob ko‘rinsa, shuncha javob to‘g‘ri bo‘ladi. Baholash shabloni o‘qituvchi ishini osonlashtirib, tezda bo‘yalgan kataklarni sanab, natijani «To‘g‘ri javoblar soni» katagiga yozib, unga mos bahoni «baho» katagiga qo‘yish imkoniyatini beradi.
Baholash mezonlari : Javobi to‘g‘ri topilgan 5 ta test uchun – «besh» baho, 4 ta test uchun -- «to‘rt» baho , 3 ta test uchun -- «uch» baho qo‘yiladi. Birorta ham javob topa olmagan, 1 ta yoki 2 ta test javoblarini to‘g‘ri topgan o‘quvchilarga baho qo‘yilmaydi. Ular bilan keyingi darslarda va darsdan keyin ishlab, ularni ham bu kabi testlardan ijobiy baho olishlariga erishish lozim bo‘ladi. Chunki, bu testlar, qayta ta’kidlaymiz, davlat ta’lim standarti talablari asosida tuziladi va har bir o‘quvchi ulardan ijobiy baho olishi shart.Tezkor (ekspres) test metodining qo’llanilishi: o’quvchi :Tabiatda mavjud bo’lgan eng kichik zaryad miqdori qanchaga teng. A) 1,6 10-19 C B) 1,6 C C) 9,1 10-31 C D) 10 C Ikkita nuqtaviy elektr zaryadlarining o’zoro ta’sir kuchi shu zaryadlarning miqdorlariga to’g’ri proporsional va orasidagi masofaning kvadratiga teskari proporsional. Bu qonun kimning ismi bilan nomlangan? Amper B) Joul C) Kulon D) Volt Kulon qonuni formulasini ko’rsating? q q F k 1 2 R2 F G m1 m2 R2 F ma F kx Zaryad miqdori q1=-5C bo’lgan sharcha zaryad miqdlri q2=4C bo’lgan huddi shunday sharchaga tekkizildi.Ularning zaryad miqdorlari nimaga teng? A) –5C B) –4C C) –3C D) –1C Qarama-qarshi ishorada, teng miqdorda zaryadlangan ikki o`tkazgichdan iborat to’plovchi qurilmaga deyiladi? elektroskop B) elektrometr C) kondensator D) kondensor
Download 0,57 Mb.
|