• Respublikamizda avtomobilsozlikning rivojlanish bosqichlari
  • Turli transport tizimlarini shakllanish jarayonlari




    Download 206.99 Kb.
    bet2/6
    Sana28.05.2022
    Hajmi206.99 Kb.
    #22205
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Husniddin
    Holdarova Gulbahor, HISOBOT ZAMIRA OPA, F.tog\'ri chiziqli tekis harakat, Somoniylar davlati ciyosiy tarixi, CamScanner 01-30-2022 19.12, Kvant fizikasi II-qism. Rasulov E.N, Алиев тақриз, Тақриз Назгиза tashqi
    Turli transport tizimlarini shakllanish jarayonlari. Sanoatning rivojlanish bilan bir qatorda transport ham yangi olingan texnika talabi asosida rivojlana boshladi. Bug’ kuchi vositasida tabiat injiqliklariga bog’lik bo’lmagan va nazariy jihatdan har qanday quvvatga ega bo’la oladigan transport vositalarini yaratish imkoniyati tug’ildi. Natijada birinchi bug’ kemalari, paravozlar, quruqlikda yuruvchi bug’ mashinalari, keyinchalik bug’ samolyotlari yaratildi.
    Transportning eng muhim turlaridan biri avtomobil transporti XIX asrdan boshlab paydo bo’la boshladi. Avtomobil sanoati XX asr boshlarida paydo bo’ldi va tez rivojlandi. Birinchi marta Oryol shaxrida 1909 yilda 5 ta avtomobil yig’ildi.
    Birinchi bo’lib havoda uchuvchi samolyot rus olimi va ixtirochisi Aleksandr Fedorovich Mojayskiy tomonidan yaratildi.
    Truboprovodlar suyuk maxsulotlarni transportirovka qilishda qadimdan qo’llaniladi.Bunda arxeologlar tomonidan Samarqand shahrida sun’iy suv uzatgich quvuri topilgan. Neftni transportirovka qilish uchun birinchi marta 6,5 ming kilometr uzunlikdagi truboprovod 1865 yili AQShda qurilgan. Rossiyada D.I.Mendeleyev tashabbusi bilan 1897-1907 yillarda Boku va Batumi shaharlari o’rtasida kerosin yuborish uchun mo’ljallangan 850 kmli birinchi magistral truboprovod transporti qurilgan edi. Keyinchalik Grozniy shahri bilan Maxochkala urtasida uzunligi 1253 km neft uzatgich va boshka neft uzatgichlar qurildi.


    Respublikamizda avtomobilsozlikning rivojlanish bosqichlari

    Respublikamiz mustaqillikka erishgan kundan boshlab Prezidentimiz tashabbuslari bilan avtomobil sanoati rivojiga katta e’tibor qaratilmoqda.Jumladan, 1992yil iyun oyida Janubiy Koreyaga tashrifi chog‘ida «DAEWOO» zavodi bilan tanishib, hamkorlikda Andijon viloyati Asaka shahrida avtomobil zavodini qurish


    to‘g‘risida Memorandum imzolandi va shu tariqa «UzDAEWOO» zavodiga asos solindi. 1996yil 19-iyulda zavod ishga tushishi bilan O‘zbekiston dunyodagi o‘z avtomobiliga ega bo‘lgan 28-davlatga aylandi.
    «UzDAEWOO» Markaziy Osiyodagi birinchi avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod hisoblanadi. Zavod jahon standartlari talablariga javob beruvchi o‘ta zamonaviy texnologiya bilan jihozlangan bo‘lib,o‘sha vaqtda umumiy hisobda yiliga 200 000 dona avtomobil (o‘rta sinfli «NEXIA» avtomobillari - 100 000 dona, «TICO» avtomobillari - 50 000 dona, «DAMAS» avtomobillari – 50 000 dona) ishlab chiqarish quvvatiga ega edi. Bu avtomobillarga ehtiyot qism va materiallarni o‘zimizda mahalliylashtirish dasturiga asosan ishlab chiqarish joriyqilinmoqda. Tinimsiz izlanishlar natijasida «TICO» avtomobili o‘rniga «MATIZ», «SPARK», «DAMAS» avtomobilining kuchaytirilgan varianti, «NEXIA» avtomobili o‘rniga «NEXIA-2», «LACETTI» avtomobillari ishlab chiqarilib, Respublikamizda va chet mamlakatlarda avtoishqibozlar e’tiborini tortmoqda.
    Shu bilan bir qatorda 1999yil Samarqand shahrida O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasi «Sam-Koch-avto» zavodidan «OTOYO’L» markali kichik rusumdagi avtobuslar va ixtisoslashtirilgan yuk avtomobillari ishlab chiqarilib, ekspluatatsiya qilindi. Keyinchalik bu zavod negizida O‘zbekiston-Yaponiya qo‘shma korxonasi «SamAvto» zavodi tashkil etilib, bu zavoddan ham «ISUZU» markali kichik rusumdagi avtobuslar va ixtisoslashgan yuk avtomobillari ishlab chiqarilib, ekspluatatsiya qilinmoqda. Shuningdek, Samarqandda yana bir O‘zbekiston–Germaniya qo‘shma korxonasi «MAN» yuk avtomobillari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zavod o‘z ishini boshlab yubordi.
    Avtomobilning yuragi hisoblangan motor dunyoda sanoqlidavlatlarda ishlab chiqariladi. Shu bois, «GM-MOTOR» zavodi qurilishibilan O‘zbekiston ham shu davlatlar qatoriga qo‘shildi. Zavodning hozirgi kundagi quvvati yiliga 225 000 dona motor ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Mamlakatimizda avtomobil
    sanoatining rivojlanishiga juda katta e’tibor qaratilmoqda, jumladan, davlatimiz rahbari Islom Karimov Vazirlar Mahkamasining 2011yil 21-yanvarda bo‘lib o‘tgan majlisida olib borilayotgan islohotlar ko‘lamiga baho berib: «O‘zbekistonda avtomobilsozlik Asakadan boshlandi. Shu zavodni ochgan kuni – 1996 yil 19-iyulni O‘zbekiston hayoti uchun, tarixi uchun baxtli kun deb hisoblayman»,- degan edilar. Zero, ana shu zavodda ishlab chiqarilayotgan sifatli va biri-biridan zamonaviy avtomobillar xalqimizning bu sohada ham xech kimdan kam emasligini, aksincha, raqobat borasidako‘plarni lol qoldirayotganligini ko‘rsatadi.
    Istiqlol farzandi sanalmish ushbu qo‘shma korxonada 2000yilda 30700ta avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2010 yil yakunida buko‘rsatkich 217733tani tashkil etdi. Ko‘rinib turibdiki, avtomobil ishlabchiqarish keyingi o‘n yil oralig‘ida 181 033 donaga yoki 7,1 barobar oshgan.
    Masalan: O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasiga 2005yilda eng ko‘p avtomobil eksport qilgan davlat hisoblandi. 2011yilda esa Yaponiya va Germaniyadan so‘ng uchinchi davlat deb topildi. 2011yil Rossiyada «Eng yaxshi avtomobil» sifatida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan«SPARK» avtomobili deb topildi. Bir so‘z bilan aytganda «GM-Uzbekistan» qo‘shma korxonasi keyingi o‘n yilda mamlakat eksport salohiyatining qariyb 7,6 foizga oshishiga munosib hissa qo‘shmoqda. Eng muhimi, dastlabki kezlardaatigi 3 rusumdagi avtomobillar ishlab chiqarilardi.Hozirda esa konveyerlarda 8 turdagi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. Ayni paytda yana 3 ta loyiha uchun zarur mablag‘lar ajratilgan. Endilikda esa ular bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
    «GM-Uzbekistan» (UzDAEWOO) qo‘shma korxonasining qisqacha tarixi:
    1992yil, iyun.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Janubiy Koreyagabirinchi marta tashrif buyurib, DAEWOO zavodi bilan tanishdi.
    1992yil, iyul.O‘zbekiston va Janubiy Koreya davlatlari hamkorlikda Asaka
    shahrida avtomobil zavodi qurilishi to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
    1996 yil, mart.Konveyerdan birinchi Damas avtomobili ishlab chiqarildi.
    1996 yil, iyul.Asakadagi UzDAEWOOavtomobil zavodi to‘liq ishga tushdi.
    Konveyerdan Nexia, Damas, Tico avtomobillari ishlab chiqarilaboshlandi.
    1996 yil, 25-avgust.Rossiya Federatsiyasiga birinchi partiya avtomobil eksport qilindi.
    1999yil, dekabr.Boshqaruv tizimining sifatini sertifikatsiya qilishni xalqaro ISO 9011standartlariga muvofiqlashtirish amalga oshirildi.
    2001yil, may. Zavodda 250 000 avtomobil ishlab chiqarildi.
    2001yil, avgust.O‘zDEU zavodida ishlab chiqarilgan yangi Matiz avtomobilining taqdimoti bo‘lib o‘tdi va ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
    2002yil, sentabr.Nexia DONS avtomobilini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
    2003yil, fevral.Boshqaruv tizimining sifatini sertifikatsiya qilishni xalqaro ISO 9001standartining 2003 yildagi versiyasi muvofiqlashtirish amalga oshirildi.
    2003yil avgust.Lacetti avtomobili va avtomatik uzatmalar qutisi bilan
    Jihozlangan Matiz avtomobili ishlab chiqarildi.
    2005 yil, yanvar.Dvigatel ish hajmi 1 litrli Matiz best avtomobili ishlab chiqarilaboshlandi.
    2005yil, oktabr.Asaka zavodi konveyeridan 500 000 avtomobil ishlab chiqarildi.
    2006 yil, fevral.Yangi markadagi Damas-2 avtomobili ishlab chiqarildi.
    2007 yil, may.O‘zbekiston boshqaruv tizimi GM DAT bilan strategik sheriklik
    to‘g‘risida hamkorlik imzolandi, kelajakda Nexia va Matiz avtomobillarini ishlab chiqarishni lokalizatsiya qilish va O‘zDEU yangirusumlarini ishlab chiqarishga kelishildi.
    2008yil, mart.Yangi “GM-Uzbekistan” qo‘shma korxonasi tashkil topdi va
    Chevrolet markasi ostida Captiva, Epica, Tacuma avtobillariishlab chiqarila boshlandi.
    2008 yil, mart.NEXIA-2 avtomobilining taqdimoti o‘tkazildi va ishlabchiqarish boshlandi.
    2010yil.Spark avtomobilining taqdimoti o‘tkazildi va ishlab chiqarishboshlandi.
    2011yil, avgust.Captiva-2 avtomobilining taqdimoti o‘tkazildi va 2012 yilning fevral oyidan boshlab ishlab chiqarildi.
    2012 yil mart.Malibu avtomobilining taqdimoti bo‘lib o‘tdi va 2012-yilning
    iyun oyidan, ishlab chiqarila boshlandi.



    Download 206.99 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 206.99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Turli transport tizimlarini shakllanish jarayonlari

    Download 206.99 Kb.