• Motivatsiya
  • Motiv va motivatsiya haqida umumiy tushuncha




    Download 315,4 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/12
    Sana24.05.2024
    Hajmi315,4 Kb.
    #252783
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Ia8GTrl4

    Motiv va motivatsiya haqida umumiy tushuncha. 
    O‗z navbatida, ehtiyojlarning rivojlanishi yanada samarali motivatsiya 
    shakllanishiga olib keladi. «Motivlar shaxsning yo‗nalganligi bilan bog‗liq bo‗lib, 
    inson o‗z oldiga qo‗ygan hayotiy muhim maqsadlari yig‗indisining ifodasi bo‗ladi. 
    Motivlar yuzaga kelishida inson o‗zi uchun zarur ehtiyojlarni anglab boradi. 
    Motivlar — bu ehtiyojlarning anglanishidir. Bir motiv inson shaxsi uchun muhim 
    sanalgan bir necha ehtiyojlar asosida yuzaga kelishi mumkin. 
    Shu tariqa, motiv tushunchasining ta‘rifida mazkur tushunchaning ehtiyojga 
    nisbatan muvofiqligi ifodalanadi yoki mazkur ehtiyojning his etilishi va 
    qondirilishi yoki uning predmetli ehtiyoji tushuniladi (S. Rubinshteyn). Biroq 
    ko‗pincha shaxsni faoliyatga undagan birgina motivni ajratib ko‗rsata olmaymiz
    yagona motivni aniqlash mumkin bo‗lmaydi, sababi motivlar o‗zida qator 
    pedagogik jarayonlar majmuini ifoda etadi. Anglash faoliyati tashqi va ichki 
    motivlarni boshqarishi mumkin. Kasbiy ta‘lim sohasidagi faoliyat — insonning 
    atrof-olamga faol munosabati shakli sifatida baholanadi. Motivlar yig‗indisi u yoki 
    bu ijtimoiy ahamiyatli maqsadlar yutug‗i asosidagi ma‘lum bir vazifalarni amalga 
    oshirishga yo‗naltirilgan ketma-ket sodir etiladigan harakatlar orqali 
    ifodalanadigan xulqiy holatdir. Boshqacha aytganda, inson xulqi va u amalga 
    oshiradigan harakatlari ichki va tashqi motivlari bilan boshqariladi. 
    Tashqi motivlar talabalarga ta‘lim muassasasi, jamiyat, ota-onalar
    o‗qituvchilar, o‗qish jarayonida foydalaniladigan vositalar, jumladan, AKT va 
    Internet ta‘sirida yuzaga kelishi, ichki motivlar esa subyektning xusu-siy 
    ehtiyojlari, uning qiziqishlari, e‘tiqod va o‗zi tanlagan kasbiy faoliyatida o‗zini 
    qayday tasavvur etishi, intilishlari bilan shakllanishi mumkin. Tashqi motivlar 
    qandaydir tashqi talablar, ko‗rsatma va boshqa shakldagi ta‘sirlar ostida 
    shakllanishi mumkin. Ichki motivlar esa o‗quvchining ichki ehtiyojlariga 


    asoslangan 
    bo‗lib, 
    ularning 
    rivoji 
    ta‘lim-tarbiya 
    jarayonida 
    kuchli 
    rag‗batlantiruvchi omil bo‗lishi mumkin. 
    Motivatsiya 
    (lot. motivatio) — subyektning qandaydir maqsadlar
    qiziqishlari mavjudligi asosidagi faoliyatga tashqi va ichki xohishining ifodasidir. 
    Motivatsiya barcha pedagogik ta‘sir tizimida shakllanadi, biroq avvalo bevosita 
    o‗qish faoliyatida tarbiyalanadi. Ijobiy motivatsiyani shakllantirishda ta‘lim 
    mazmuni, ta‘limni tashkil etish, shaxsiy o‗qitish kabi masalalar muhim o‗rin tutadi. 
    Hozirga qadar fundamental bilimlar va amaliy muammolarini qamrab olgan 
    motivatsiya nazariyasi aniq batafsil o‗z ifodasini topmagan. Motivatsiyaning 
    quyidagi: bu subyektning ehtiyojlarini qondirishga bog‗liq bo‗lgan faoliyatga 
    tomon intilishidir; ma‘lum kuchga predmetli-yo‗naltirilgan faollikdir; predmet 
    (moddiy yoki ideal)ga qaratilgan faoliyatni uyg‗otuvchi va belgilovchi tanlovni 
    amalga oshirish; shaxsiy harakat va intilishlar asosida yotuvchi anglangan sabablar 
    ifodasi sifatidagi ta‘riflari mavjud. Motivatsiya tushunchasi inson faoliyatidagi 
    xulq-atvorini tushuntirish uchun foydalaniladi hamda jarayon, uslub, vosita sifatida 
    ifodalanadi. Uning evaziga insonni biror faoliyatni amalga oshirishga undovchi 
    turtki kuchini motiv deb ataymiz. Umuman olganda, motiv insonda biror faoliyatni 
    amalga oshirishga qiziqish uyg‗otuvchi, harakatga undovchi, rag‗batlantiruvchi 
    ta‘sirdan iborat. U orqali esa inson o‗zligini namoyon etadi. 

    Download 315,4 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 315,4 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Motiv va motivatsiya haqida umumiy tushuncha

    Download 315,4 Kb.
    Pdf ko'rish