• Turli yosh davrlari va ularning o’quv faoliyatlari
  • Yoshning umumiy xususiyati




    Download 315,4 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/12
    Sana24.05.2024
    Hajmi315,4 Kb.
    #252783
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Ia8GTrl4

    Yoshning umumiy xususiyati
    . Har bir yoshdagi psixik rivojlanish alohida 
    sifat bosqichiga ega.
    Yosh xususiyatlari ko‗plab shartlar majmui bilan belgilanadi. Bu - bola 
    hayotidagi har bir bosqichda unga qo‗yiladigan talablar sistemasi, atrofdagilar 
    bilan munosabat, u egallayotgan bilim va faoliyat turi hamda bu bilimlarni
    egallash usullaridir. Yosh xususiyatini aniqlovchi shartlar majmuiga bolaning 
    jismoniy rivojlanishi xususiyatlari ham kiradi (masalan, go‗daklikda ma‘lum bir 
    morfologik shakl hosil qiluvchi ma‘lumotlarni egallash, o‗smirlikda organizmning 
    o‗zgarish xususiyatlari va boshqalar). 


    Turli yosh davrlari va ularning o’quv faoliyatlari 
     
    Yosh davrlarini aniqlash atrofdagilarga munosabatlarning rivojlanish 
    darajasi bilan bilim, usullar, qobiliyatlar rivojlanishi darajasi o‗rtasidagi aloqani 
    belgilab beradi. Mazkur ikki taraf orasidagi munosabatlarning o‗zgarishi keyingi 
    yosh bosqichlariga o‗tishning muhim ichki asosi («harakatlantiruvchi kuch»)ni 
    tashkil etadi. 
    Bola yashash sharoiti, tarbiya va ta‘lim olish sharoitining o‗zgartirilishi 
    rivojlanishning yosh davrlari almashinuvini belgilovchi muhim omildir. 
    So‗nggi vaqtlarda yosh va pedagogik psixologiyada ko‗proq pedagogik 
    mezonlarga asoslangan davrlashtirish qo‗llanilmoqda. 
    Maktabgacha yosh 
    1)
    Go‗daklik (3 yoshgacha) – yasli; 
    2)
    Bog‗chaning kichik guruhi – uch yosh; 
    3)
    Bog‗chaning o‗rta guruhi – to‗rt yosh; 
    4)
    Bog‗chaning katta guruhi – besh yosh; 
    5)
    Bog‗chaning tayyorlov guruhi – olti yosh. 
    Maktab yoshi 
    1)
    Kichik (1-4-sinf) – boshlang‗ich maktab – 7-10 yosh; 
    2)
    O‗rta (5-9-sinf) – o‗rta maktab – 11-15 yosh; 
    3)
    Katta(10-12-sinf) – akademik lisey yoki maxsus ta‘limda – kasb-hunar 
    kollejlar – 16-18 yosh. 

    Download 315,4 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 315,4 Kb.
    Pdf ko'rish