Qanday qilsa maktab qoidalariga bo‘ysunadi?




Download 315,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana24.05.2024
Hajmi315,4 Kb.
#252783
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Ia8GTrl4

Qanday qilsa maktab qoidalariga bo‘ysunadi?
Yetti yoshdagi holat
O‘qituvchi nigohidan mehr izlaydi. O‘qishdagi ma’lumotlarni bilim sifatida 
o‘rgana boshlaydi. Uning mustaqilligi ota-ona va ustoz ko‘magida shakllanadi. 
«Namunali o‘quvchi» rolini ijro etishga urinadi. 
— Bola 7 yoshdan o‗quvchiga qo‗yilgan talablarga javob berish, fanlarni o‗rganish 
uchun biologik va psixologik jihatdan tayyorlanadi. Ruhiy holati bilim olishga 


yetadigan darajada rivojlanadi, — deydi Namangan viloyati Uchko‗prik tumani 
XTMFMTTE bo‗limi psixologi Madina Mamatova. — Idrokining o‗tkirligi, 
ravshanligi, sofligi, qiziquvchan va ishonuvchanligi bilan «uka-akalari»dan ajralib 
turadi. Diqqati shartli barqaror bo‗ladi. O‗quv jarayonida irodasini maqsadlariga 
erishish uchun mashq qildiradi. Bu esa o‗quvchidan nutq, diqqat, xotira, tasavvur 
va tafakkurining kerakli darajada rivojlanishini talab etgan holda, o‗sayotgan shaxs 
uchun yangi sharoitlar yaratadi. U predmetlar rangi, shakli, kattaligini, 
joylashishini biladi va taqqoslay oladi. Atrofidagilar bilan psixologik jihatdan 
yangi munosabat tizimiga o‗tadi. Hayoti tubdan o‗zgargani, nafaqat har kuni 
maktabga borish, balki o‗qish vazifalari yuklatilganini, oila a‘zolarining o‗qishi, 
yutuqlari bilan qiziqayotgani, nazorat qilayotgani, yangi shakldagi muomala-
munosabatdan ijtimoiy mavqei o‗zgarganini his etadi. 
Oila va maktabda bola u bilan hisoblashishlari, maslahatlashishlariga ko‗nika 
boradi. Uning uchun eng qiyin qoida — dars vaqtida jim o‗tirish. O‗quvchini 
maktab qoidalariga bo‗ysundirishda pedagogning muomala uslubi juda ahamiyatli. 
Bu yoshdagi o‗quvchining muhim xususiyatlaridan biri — o‗qituvchiga ishonch 
hissi. Bola muallimini hamma narsani biladigan, mehribon inson hisoblaydi. 
Ustozi obro‗si oldida ota-ona, qarindoshlarning nufuzi kamayadi. Kichik maktab 
yoshidagi o‗quvchi rivojida yetakchi bo‗lgan o‗quv faoliyati o‗qituvchi shaxsi va 
munosabat uslubining ahamiyati juda katta. O‗quvchining maktabdagi 
muvaffaqiyati keyingi psixik rivojlanishi va shaxsiy shakllanishida muhim o‗rin 
tutadi. 

Download 315,4 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 315,4 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qanday qilsa maktab qoidalariga bo‘ysunadi?

Download 315,4 Kb.
Pdf ko'rish