Turli yosh davrlarida o’quv motivlarini to’g’ri shakllantirish




Download 315,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana24.05.2024
Hajmi315,4 Kb.
#252783
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Ia8GTrl4

Bir yosh ahamiyatsizmi? 
Olti yoshdagi holat
Bola o‘qituvchining ko‘zlariga javdirab qaraydi. Sinfda kim menga mehribonlik 
ko‘rsatarkan, deya yaxshi gapirgan sinfdoshlariga intiladi. Diqqatini jamlab 
olishi qiyin kechadi. U hali mustaqil bo‘lishga qodir emas. O‘quvchilik maqomi 
uning orzularidagidek o‘yinqaroq va osonmasligini tan olishga majbur.
Olti yoshdan bola maktabga tayyorlana boshlaydi. Bu olti yoshli bola o‗qish, 
yozishni bilishi kerak, degani emas. Maktabga tayyorgarligi uning ruhiy 
moslashuvidan boshlanadi. «Men o‗qishni xohlayman», deyishi, qog‗oz-qalamni 
o‗zi istab izlashi maktabga tayyorgarlik belgilaridan. Har bir ota-ona olti yosh 
o‗g‗il-qizini o‗quvchi qiyofasida tasavvur qilib, ko‗ngliga shirin orzular tugadi. 
Ayrim bolalar «Qachon maktabga chiqaman?» deya kattalarni yanada shoshirib 
qo‗yadi. Tabiiyki, bu holatda ota-ona o‗qishga havasmand kichkintoyi ra‘yini 
qaytarmay, mutaxassis bilan maslahatlashishga oshiqadi. Mutaxassis-pedagoglar 
esa bolaning individual-psixologik xususiyatlarini tekshirib, maktab ta‘limiga 
tayyorlik darajasini belgilab beradi. Olti yoshlilar nutqida 3000—7000ta so‗z 
ishlatiladi. Asosan, ot, fe‘l, sifat, son va bog‗lovchilardan foydalanishadi. Qaysi 
so‗zni ishlatgan ma‘qul, qaysilari mumkin emasligini farqlay olishadi. Bolaning 
tayyorligini tekshirish har bir tuman(shahar) XTMFMTTE bo‗limida tuzilgan 
tashxis komissiyasi tomonidan «Olti yoshli bolalarning psixologik-pedagogik 
tashxis komissiyalari ko‗rigi to‗g‗risida»gi Nizom talablariga asosan olib boriladi. 
Bu jarayonda o‗g‗il-qizlarning ilk o‗quv motivlari shakllangani, bilish faoliyati 
(sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol), yangi muhitga moslashuv va jamoaviy 
hamkorlik ko‗nikmasi, ma‘naviy-ruhiy salohiyati, aqliy imkoniyatning ta‘lim 
talablariga mutanosibligi sinovdan o‗tkaziladi. Bola belgilangan mezonlarga javob 
bersa, o‗qishni boshlaydi. Biroq, majburan, hali o‗yindan ajramagan kichkintoyni 
katta mas‘uliyat og‗ushiga tashlash o‗qishdan sovushiga, irodasi «sinishi»ga sabab 
bo‗lishi mumkin. 

Download 315,4 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 315,4 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Turli yosh davrlarida o’quv motivlarini to’g’ri shakllantirish

Download 315,4 Kb.
Pdf ko'rish