qolgan inson bolasi o‗z rivojlanishida insoniy imkoniyatlar darajasigacha ko‗tarila
olmaydi. Faqat ijtimoiy muhit va ta‘lim natijasidagina bolada insonlarcha
his qilish
va fikrlashga qodir shaxsiyat shakllanadi. Go‗daklik so‗ngida bolalar kattalarga
taqlid qila boshlaydilar. Maqsadli harakat va taqlid intensiv rivojlanayotgan
intellektdan (aqliy faoliyatdan) dalolat beradi. Bola harakat jarayonida, o‗zining va
boshqalarning harakatlariga
taqlid qilib, fikrlashga o‗rganadi.
Ilk bolalikdagi aqliy rivojlanish.
Bolalik avvalida bola atrofidagi
predmetlar xususiyatini, predmetlar orasidagi eng oddiy aloqalarni ilg‗aydi va
ulardan foydalana boshlaydi.
Bu predmetli faoliyat, oddiy elementar o‗yin
shakllari, rasm chizish, nutqni egallash bilan bog‗liq ravishda ro‗y beruvchi
keyingi aqliy rivojlanish uchun asos bo‗ladi. Bolalikda
aqliy rivojlanish asosini
bolada shakllanayotgan idrok etish va fikrlash harakatlarining yangi turlari tashkil
etadi. Bu yoshda avtodidaktik, o‗zi o‗rgatuvchi o‗yinchoqlar (matryoshkalar,
qutichalar, kubchalar, mozaika va boshqalar) bolani tez rivojlantiradi.
Ko‗rish bilan birga bolalikda eshitish orqali qabul qilish ham rivojlanadi.
Ayniqsa fonematik eshitish jadal rivojlanadi. Odatda, ikkinchi yil so‗ngida bolalar
ona tilining barcha tovushlarini qabul qiladi. Biroq fonematik eshitishning
mukammallashishi keyingi yillarda ham ro‗y beradi.
Fikrlash rivoji uchun vositali harakatlar juda muhim.
Vosita bolaning
predmet dunyosiga ta‘sir qilishiga xizmat qiladi. Bola eng katta tajribani kattalar
bilan nutqiy muloqot natijasida qabul qiladi.
Hayotning uchinchi yilida bola aqliy rivojlanishida muhim siljish sodir
bo‗ladi – ongning
belgili
(yoki ramziy) funksiyasi shakllana boshlaydi.
U bir
ob‘ekt o‗rnini bosuvchi sifatida boshqa bir ob‘ektdan foydalanish imkoniyatidan
iborat. Bunda predmetlar bilan emas, balki ularning o‗rnini
bosuvchilar bilan
harakat amalga oshiriladi.
Turli belgilar va ularning tizimidan foydalanish – inson psixikasining o‗ziga
xos eng xarakterli xususiyati. Belgilarning har qanday turi (til, matematika
ramzlari, surat va musiqada mohirona ifodalangan dunyo va h.k.) odamlar
orasidagi
muloqot uchun xizmat qiladi, predmet hamda hodisalar vazifasini
bajaradi va anglatadi. Erta yoshda belgili funksiya dastlab amaliy faoliyat bilan
bog‗liq ravishda rivojlanadi va faqat keyinchalik so‗zlardan foydalanishga o‗tiladi.