O‘quv faoliyati motivlarini shakllantirish




Download 315,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana24.05.2024
Hajmi315,4 Kb.
#252783
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Ia8GTrl4

O‘quv faoliyati motivlarini shakllantirish
tartibsiz, rejasiz amalga oshirilishi 
mumkin emas, shu boisdan ushbu jarayonni boshqarishni o‗quv yilining dastlabki 
daqiqalaridan rivojlantirish lozim, chunki shaxs ulg‗aygan sari uning o‗quv faoliyati 
motivlari ham o‗zgarib boradi. 
Hozirgi zamon psixologiya fani bilimlarni nisbatan ichki ehtiyojga katta 
ahamiyat beradi va bu bilan xulq-atvorini birmuncha boshqarish imkoniyati mavjud 
ekanligini ta‘kidlaydi. Shuning bilan birga o‗quvchi (o‗smir)da barqaror bilishga 
qiziqishni shakllantirish muammosiga alohida e‘tibor qilinadi. Darhaqiqat barqaror 
bilishga qiziqishlar qo‗zg‗atuvchi turtki (kuch) sifatida o‗quv motivlarini vujudga 
keltiradi, muvaffaqiyatli o‗zlashtirishni ta‘minlaashga xizmat qiladi. O‗quvchi yoki 
o‗smirda bilimlarning muayyan sohasiga, u yoki bu faoliyat turiga qiziqishning 
tug‗ilishi ko‗p jihatdan shaxsni qay tariqa shakllanish imkoniyatini belgilaydi. 
Ana shu boisdan o‗qituvchi o‗z o‗quv faniga nisbatan o‗quvchi va o‗smirlarda 
qiziqishni o‗stirish tarafdori bo‗lishi shart, chunki xuddi shuning negizida o‗quv 


materiali va o‗quv dasturini yuksak darajada o‗zlashtirish muammosi yotadi. Shuni 
alohida ta‘kidlash lozimki, bilishga qiziqish alohidalik emas, balki u boshqa motiv 
doirasida o‗sadi, o‗zaro ta‘sir etadi, ular bilan uzviy bog‗lanib ketadi. 
Ma‘lumki, o‗quvchi (o‗smir) bilim dargohida ilm olishdan tashqari 
tengdoshlari jamoasi ichiga kirib boradi va hayotida qatnashadi, shu boisdan unda 
o‗z o‗rtoqlari, o‗qituvchilarga nisbatan muayyan munosabat shakli vujudga keladi. 
Uning o‗quv faoliyatiga undovchi motivlari bilan bir qatorda boshqacha xususiyatli 
xulq-atvor motivlari ham mavjuddir, jumladan ijtimoiy motiv jamoa bilan bo‗lish 
istagini anglatib, uning hayotida ishtirok etish xohishini o‗zida aks ettiradi. 
O‗quvchi va o‗smirlar o‗quv faoliyatining ijtimoiy motivlari ularning boshqa 
odamlar bilan muomalaga kirishish ehtiyoji bilan uzviy bog‗liq bo‗lib, ularni 
baholash, quvvatlash, tengdoshlari jamoasida muayyan joy egallash singari 
talablarda o‗z aksini topadi. Mazkur motivlaar o‗quv faoliyatining mohiyati bilan 
bog‗liq bo‗lmay, balki unga yondosh yordamchi faktorlarni anglatadi. Ammo ushbu 
motivlar o‗quvchi va o‗smir o‗qishiga jiddiy turtki vazifasini bajaradi. 
Ijtimoiy motivlarni tahlil qilishda davom etsak, ular bevosita jamoa burchi, 
qarindoshlar va yaqin kishilar oldidagi burch, o‗qishni umuminsoniy madaniyat
qadriyat, ma‘naviyatni egallash tasavvuri bilan bog‗liq vosita, ushbu vosita 
odamlarga foydali shaxs tariqasida namoyon bo‗lish, o‗z imkoniyatini ro‗yobga 
chiqarish, ezgu niyatini ushatishga intilish funksiyasini bajarishi mumkin. Turtki, 
undovchi usul vazifasini bajaruvchi qo‗zg‗atuvchi yosh xususiyatlari davriga qarab, 
u yoki bu darajada aks etadi, ammo ular har doim ham anglashilgan shaklga ega 
emas, shuning uchun ifodalanish darajasi nursizdir. O‗smirlik va o‗spirinlik 
davrlarida ijtimoiy motivlar anglashinilgan ahamiyat kasb etuvchi bosqichga o‗sib 
o‗tadi. Bunday motivatsiyani har tomonlama qo‗llab-quvvatlash, rag‗batlantirish 
bilan birga va bir davrning o‗zida bilishga qiziqishiga aloqador boshqa o‗quv 
faoliyati motivlarini shakllantirish lozim. 
Ijtimoiy motivlar o‗quvchi va o‗smirlarning tor ma‘nodagi shaxsiy intilishlari 
bilan ham aloqador bo‗lishi mumkin, jumladan, ularda o‗qishga nisbatan qiziqish 
yo‗q bo‗lsa-da, lekin barcha topshiriqlarni yuksak darajada bajaradi, chunki 
o‗qituvchi ularning ―a‘lo‖ baholashi, sinf yoki kurs peshqadami qilib tayinlashi
hech qanday shubha bilan qaramasligi ehtimol. O‗quv jarayoni bunday xususiyatli 
odamlarga shaxsiy muvaffaqiyat yoki yutuqqa erishishning, nufuz (obro‗-
e‘tibor)ning, yalovbardorlikning birdan-bir yo‗li deb tasavvur qilinadi. Bunday 
yo‗lni tanlash vijdonga xilof xatti-harakatlarga olib boradi, shaxsni shakllanish 
jarayoniga salbiy ta‘sir etadi. Shu boisdan ijtimoiy deb qabul qilingan motivlar 
jamoa ehtiyojini qamrab oladi, goho ular shaxsiyatparastlik, tor saviyali shaxs 
xususiyatini mujassamlashtiradi. 
Ularning hayotida o‗z tengdoshlari va do‗stlari bilan muomalaga kirishish
do‗stlikka sodiqlik, bergan va‘dasi (so‗zi)ni uddasidan chiqish, hamkor bo‗lish 
ehtiyoji muhim o‗rin egallaydi. O‗qituvchi mashg‗ulotlarda o‗quv faoliyatining 
zarur motivatsiyasini shakllantirsa, ularning mavjud ehtiyojlariga tayanib ish tutsa, 
o‗quvchida bilishga qiziqish barqarorlashadi.Majbur qilish yo‗li bilan o‗qishga 
ijobiy munosabatni vujudga keltirib bo‗lmaydi. Shuning uchun ularning oldiga o‗ta 


ahamiyatli, keng ko‗lamli maqsad qo‗yish, unga erishish yo‗llarini bosqichma-
bosqich tushuntirish orqali intilishga turtkini yuzaga keltirsa bo‗ladi. 
O‗smirlar xatti-harakatining yetakchi motivi ularni o‗z tengdoshlari jamoasida 
muhim joy egallash ehtiyoji hisoblanib, ular bilan muomala qilish ham alohida 
ahamiyat kasb etadi. Agarda kichik maktab o‗quvchisi sinfda o‗zini qisilganday 
noxush his qilsa ham bunday holatga ko‗nikib ketadi, ammo o‗smir xoh xulq-atvor 
qoidalariga rioya qilib, goho unga zid bo‗lgan vositalar yordamida o‗z ehtiyojini 
qondirishga qaror qiladi. 
Ijtimoiy turmush va faoliyatning ko‗rsatishiga qaraganda, har qaysi shaxsda 
o‗z qadr-qiymatini his etish tuyg‗usini shakllantirish maqsadga muvofiq. Shuni 
unitmaslik lozimki, butun diqqat-e‘tiborni o‗quvchi va o‗smirlar nuqsonlariga 
qaratish, kuchsiz, bo‗sh zvenolarini tanqid qilish va shu orqali ularni qayta 
tarbiyalashga bag‗ishlamog‗i lozim. Ularga nisbatan o‗qituvchining gumanistik 
munosabati va pedagogik odobi (takti) muhim ahamiyat kasb etadi, shuning bilan 
birga o‗z xatti-harakati natijasini oldindan ko‗ra bilish ko‗nikmasi bu borada muhim 
turtki vazifasini bajaradi. Pedagogik odob qoidalari va muomala qilish, ta‘sir 
o‗tkazish mexanizmlariga rioya qilish shaxslararo munosabatni barqarorlashtiradi. 
Shaxsning barcha psixologik jarayonlari, xususiyatlari, holatlari, hodisalari, 
xossalari, asosan faoliyat doirasida yuzaga keladi (bu yerda ongsizlik, ostonglilik 
holatlari istisno tariqasida olib qaralmoqda). Xuddi mana shu sababdan shaxsning 
ijtimoiylashuvi, 
uning 
xususiyati 
va 
fazilatlarini 
shakllantirish 
hamda 
rivojlantirishni ta‘minlash o‗quv faoliyati zimmasiga tushadi. Ammo har qanday 
o‗quv faoliyati ham ularni rivojlantirish imkoniyatiga ega emas, agarda u shaxsga 
shug‗ullanish xohishi va undan qoniqish tuyg‗usini vujudga keltirsa bunday faoliyat 
rivojlantiruvchi funksiyani bajargan bo‗ladi. 
Bilim oluvchi o‗quvchi yoki o‗smir o‗quv faoliyatiga nisbatan qiziqish his 
qilsa,bu borada shaxs o‗quv materialni egallashga muayyan yutuqqa erishsa, 
bunday faoliyat bilan shug‗ullanish istagi tug‗iladi. Mabodo o‗quv faoliyatiga 
nisbatan qiziqish takomillashib, turg‗unlashib borsa, u taqdirda motivga, 
keyinchalik motivatsiyaga o‗sib o‗tadi, aksincha u butunlay yo‗qolib, susayib 
ketishi mumkin. O‗qishga nisbatan ijobiy motiv, motivatsiyani vujudga kelishi, 
barqarorlashuvi o‗quvchi va o‗smirlar tomonidan fan asoslarini o‗zlashtirish 
muvaffaqiyati, shaxsni shakllantirish garovidir. 
Shuning uchun qiziqish, shaxsning xatti-harakati ichki regulyatsiyasi 
funksiyasini bajarib, ehtiyojni qondirish, xohish-istak, ezgu niyat, orzu tilakni 
amaliyotda ro‗yobga chiqarishning bosh omili bo‗lib hisoblanadi. O‗smirlar o‗quv 
faoliyatini shaklantirish va rivojlantirishning o‗ziga xos xususiyatlariularning 
fanlarga nisbatan va uquv faoliyatiga nisbatan munosabatlari kuyidagi jadvalda 
ko‗rish mumkin.O‗smir o‗quv faoliyatiga yo‗naltiruvchi sabab yoki motivlar faqat 
bilimlarni o‗zlashtirish, o‗quv ko‗nikmalari va malakalarini egallash bilan cheklanib 
qolmasdan, balki shaxsni xulq-atvori, ya‘ni shaxsga oid xususiyatlarning namoyon 
bo‗lishini ham izohlashga xizmat qiladi. 
Bola kun sayin o‗sib, ulg‗ayadi. 1- va 4- sinf o‗quvchisi o‗rtasida jismoniy, 
ruhiy va aqliy tafovutni bilish kerak. Aks holda, bola yoshiga nomutanosib talab va 
vazifalar bilan ularni «ezib» qo‗yish mumkin. Shuning uchun ularning yosh 


xususiyatlarini inobatga olgan holda ularda o‘quv motivlarini shakllantirish lozim. 
Qutida berilgan holatlarda mutaxassislar yordamida boshlang‗ich sinf 
o‗quvchilarining yosh xususiyatlari tavsifi keltirib o‘tilgan. 

Download 315,4 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 315,4 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘quv faoliyati motivlarini shakllantirish

Download 315,4 Kb.
Pdf ko'rish