• O‘quv motivlari.
  • O‘smirning o‘quv faoliyati




    Download 315,4 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet6/12
    Sana24.05.2024
    Hajmi315,4 Kb.
    #252783
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Ia8GTrl4

    O‘smirning o‘quv faoliyati. 
    Maktab va o‗qish o‗smir hayotida katta o‗rin 
    egallaydi. Lekino‗qishning muhim va zarurligini anglaganligiga qaramay turli 
    bolalar bu masalaga har xil qaraydi. Ko‗pchilik uchun maktabning qiziqarliligi 
    tengdoshlar bilan keng muloqot qilish imkoniyati tufayli ortadi, lekin o‗qishning 
    o‗ziga bundan ko‗p zarar etadi. O‗smir uchun dars – faqat 45 daqiqalik o‗quv 
    emas, balki ko‗plab muhim harakatlar, baholar, kechinmalar bilan boyigan
    sinfdoshlar va o‗qituvchi bilan muloqot vaziyati hamdir.O‗rta maktabga o‗tish 
    bilan o‗smirlarning o‗qishi sezilarli darajada murakkablashadi: bitta o‗qituvchi 
    o‗rniga besh–oltita yangisi paydo bo‗ladi, ularning tushuntirish va so‗rash usuli 
    ham, o‗quvchilarga talab va munosabati ham har xil. Buning ustiga o‗qituvchilar 
    ularni avvaliga yaxshi bilmaydilar, natijada«sevimli» va «sevimli bo‗lmagan» 
    o‗qituvchilar paydo bo‗ladi.
     
    O‗smirlar bilimdon va talabchan, lekin materialni qiziqarli va aniq 
    tushuntirib beradigan, darsni bir me‘yorda tashkil eta oladigan, unga jalb qila 
    oladigan, darsni har bir o‗quvchi uchun maksimal darajada unumli eta oladigan 
    adolatli, oqko‗ngil va madaniyatli o‗qituvchilarni yoqtiradilar.
    O‗rta sinflarda o‗quvchilar fanlar asosini o‗rganish va o‗zlashtirishga 
    kirishadilar. Bolalar katta hajmdagi bilimlarni egallashi kerak bo‗ladi. O‗smirlik 
    yoshining oxiriga kelib esa, ular o‗zlarining bo‗lg‗usi kasbi va, umuman, 
    kelajaklari haqida o‗ylay boshlaydilar.
    O‘quv motivlari. 
    Psixologiya fanida shaxsni aqliy, amaliy harakatga va xulq-
    atvorini amalga oshirishga undovchi, muayyan ehtiyojlarni qondirish bilan uzviy 
    bog‗liq sababiyat motivlar deb ataladi. Ta‘rifdan ko‗rinib turibdiki, ularning asosiy 
    funksiyasi insonni harakatga, xulq-atvorni amalga oshirishga undovchi sabablar 
    (omillar), ichki turtkilar vazifasini o‗tashdan iboratdir. Bu holatni o‗quv faoliyatiga 
    ko‗chirish uchun quyidagi voqelikni izohlab berish ayni muddaodir: matematika 


    darsi borayapdi deb tasavvur qilaylik, bu jarayonda barcha o‗smirlarning diqqati-
    e‘tibori daftarga, berilgan topshiriqni bajarishga yo‗naltirilgan, unga to‗plangan va 
    markazlashtirilgandir. Ularning barchasining maqsadi yagona, u ham bo‗lsa 
    qo‗yilgan topshiriq (masala)ni yechishdir. Lekin maqsadning umumiy bo‗lishiga 
    qaramay, ularda o‗quv faoliyatining motivlvri turli-tuman ko‗rinishga egadir, 
    chunonchi:
     
    1) ―a‘lochi‖ yoki ―yaxshi‖ baho olish; 
    2) ota-onasini o‗zi erishgan yutuqlari bilan xursand qilish;
    3) o‗qituvchining maqtoviga, tahsiniga sazovor bo‗lish;
    4) qo‗yilgan topshiriq (masala) unda qiziqish uyg‗otganligi;
    5) savodxon bo‗lish istagining mavjudligi;
    6) o‗quv predmetining ijtimoiy va amaliy ahamitga molikligi;
    7) kasbiy xislatlarni shakllantirishdagi o‗rni; 
    8) topshiriqni yechishga ra‘yi yo‗q, lekin uni bajarishdan boshqa iloji yo‗qligi 
    va boshqalar. Xuddi shunga o‗xshagan holatlar o‗quv predmeti materiallarini 
    o‗zlashtirish faoliyatining har qaysisida uchrashi ehtimoldan xoli emas. 
    O‗qitish samaradorligini oshirishni bosh maqsad qilib qo‗ygan o‗qituvchi 
    uchun o‗smirlarning o‗quv motivlariga nisbatan befarqlik hukm surishi aslo 
    mumkin emas, chunki har qaysi saboq oluvchining his-tuyg‗usi, ichki ruhiy 
    kechinmalari, xohish va istaklari to‗g‗risida muayyan o‗qish motivlari muammosini 
    tadqiqot qilgan jahon psixologlari ularni ikki kategoriyaga yoki guruhga ajratib 
    tekshirishni lozim topadilar. 
    Birinchi kategoriyaga taalluqli motivlar o‗quv faoliyatining mazmuni, 
    mohiyati hamda uning jarayonlari, sharoitlari bilan bevosita uyg‗unlashgandir. 
    Ikkinchi kategoriyaga kiruvchi motivlar tizimi o‗smirlarning atrof-muhit bilan 
    keng ko‗lamdagi o‗zaro munosabatlariga, ularning begona, o‗zga kishilar bilan 
    muomalaga kirishish ehtiyojiga, ijtimoiy turmush voqeligiga nisbatan shaxsiy 
    qarashiga bog‗liqdir. 
    O‗quv faoliyati mazmuni bilan uzviy bog‗liq motivlar tizimini shartli ravishda 
    ikki guruhga ajratib,ularni ijobiy (musbat,pozitiv) va salbiy (manfiy,negativ) deb 
    nomlash mumkin.Bunday atamalarni qo‗llashdan asosiy maqsad mahalliy 
    an‘ana,ijtimoiy tajriba (stereotipizatsiya darajasidagi ta‘sirchan kuchli tashqi omil) 
    ekstremal holat ta‘sirida keskin ruhiy burilishlar yasashga qodir psixologik 
    mexanizmlarni aniqlashdan iboratdir. Odatda salbiy(negativ) motivatsiya shunday 
    vaziyatda vujudga kelishi mumkinki, qachonki o‗smir bilimlarni o‗zlashtirmaslik 
    oqibati qanday ko‗ngilsiz holatlarga olib kelishini anglab yetsa (jazolanish, ota-
    onalar tanbehi, sinfdoshlar, e‘tirozi, yomon baho olish, jamoa a‘zolari orasida 
    obro‗sizlanish va boshqalar) va ana shunga muvofiq sa‘y-harakatlarni amalga 
    oshirish. Salbiy motivatsiyaga ega bo‗lgan o‗smir yoki o‗quvchi kamroq musibatli ( 
    mushkul ahvol) yo‗lni tanlab ta‘lim jarayonida qatnashishda davom etadi. Bunday 
    o‗qish motivatsiyasiga aloqador o‗smirlar va o‗quvchilar yuqori ko‗rsatkichlarga, 
    muvaffaqiyatli o‗zlashtirish imkoniyatiga ega bo‗lmaydilar, chunki ishtiyoqsiz 
    mashg‗ulotga, darsniga darsga qatnashish tuyg‗usi, bilim va o‗quv predmetiga 
    nisbatan qiziqishi mavjud emasligi bunga ma‘noviy to‗siq bo‗lib xizmat qiladi. 
    Buning natijasida o‗zlashtirmovchi, bo‗sh o‗zlashtiruvchi, sust o‗quvchilarning safi 


    tobora kengayib boradi, bu narsa kundalik odatga aylana borsa, u stereotip 
    darajasiga o‗sib o‗tishi mumkin. Mustaqil va muvaffaqiyatli o‗qish esa shaxsdan 
    faol, qat‘iy, ijodiy izlanishlarni taqozo qiladi va shunga o‗xshash talablarni 
    o‗zlashtiruvchi oldiga qo‗yadi. Shaxsning mazkur holatlarga tayyor emasligi, 
    undagi imkoniyatlarning cheklanganligi sababli o‗zlashtirmovchilar qatorini 
    to‗ldirishga, bir sinfda yoki kursda ikki yil o‗qishga olib keladi, o‗sha qiyinchiliklar 
    bilan o‗z sinfi, kursini tamomlaydi. Bunday toifadagi o‗smirlar o‗quv faoliyati 
    motivatsiyasini qayta qurish evaziga ijobiy natijalarga erishishi mumkin. 
    O‗smirlarda o‗qishga nisbatan salbiy motivatsiya birdaniga vujudga 
    kelmaydi, balki uni keltirib chiqaruvchi bir necha xususiyatli omillar ta‘sir etishi 
    ehtimol.Ma‘lumki, birinchi sinf, kollej, akademik litsey o‗quvchilari, o‗ta kuchli 
    xohish, qiziqish, yuksak ezgu niyatlar bilan sinfga va sinfga kiradilar. Ularning 
    barchasida tevarak-atrof va ijtimoiy muhitda o‗z o‗rnini o‗quvchi sifatida egallash 
    ehtiyoji mavjud bo‗lib, yangi vaziyatda muayyan faoliyatni amalga oshirish 
    ishtiyog‗ini keltirib chiqaradi. Yangicha vaziyat, o‗ziga xos talab, qoidalar, 
    munosabatlar muhitidagi xoh birinchi sinf o‗quvchisi, xoh o‗smir bo‗lishidan qat‘i 
    nazar ularning har qaysisi o‗qishga qiziqib, mas‘uliyat sezib, vijdonan, ijobiy 
    munosabatda bo‗ladi. Ammo ta‘lim jarayonida o‗smirlarning ayrimlarida o‗qishga 
    nisbatan ijobiy munosabat asta-sekin so‗na boshlaydi. Yangi muhit, ilm 
    dargohlaridagi majburiyatlar, pozitsiyalar, qonun-qoidalar o‗z ahamiyati, nisbiy 
    yangilik xususiyatini yo‗qota boradi, his-tuyg‗ularga serob, quvnoqlar davrasiday 
    tasavvur etilgan sinf (sinf) g‗ayritabiiy ko‗rinish kasb etadi.
    O‗qishga nisbatan saboq oluvchilar munosabatini aniqlashga harakat qilgan 
    o‗qituvchi qanday o‗zgarishlar yuz berayotganini qayd qilish uchun ayrim 
    mezonlarni ta‘kidlay boshlaydi: 
    a) xayolparishonlik vujudga keldi;
    b) vijdonan yondashish yo‗qoldi; 
    c) boshqalardan ko‗chirib olishni odat qildi; 
    d)yolg‗on so‗zlash va bahona qidirishga o‗rgandi; 
    e)darslarni qoldiradigan bo‗lib qoldi; 
    f)mustaqil topshiriqlarni bajarmay qo‗ydi va boshqalar. 
    O‗qituvchi yoki o‗qituvchilar jamoasi yuqorida taxmin qilingan o‗smirlar yoki 
    o‗quvchilardagi salbiy o‗zgarishga nisbatan an‘anaviy tartib-intizom metodlarini 
    tatbiq qiladi:
    a) kundaliklarga ogohlantirish yozish; 
    b) ota-onalarga bu to‗g‗risida ma‘lumot berish; 
    c)sinf rahbari,maktab rahbariyatiga xabar berish;
    d) darsdan keyin olib qolib qattiq uyaltirish;
    e) bilim dargohidan haydash masalasini qo‗yish
    Bunday aniq voqelik har qanday maktab,kollej, akdemik litsey, oliy ta‘lim 
    tizimida yuz berib turadi. Bizningcha, jazo choralarini ko‗rishga shoshilishdan 
    ko‗ra, mazkur ―Muammoni keltirib chiqaruvchi omillar qaysilar?‖ , ―Nega shunday 
    hodisa yuz berdi?‖ degan savollarga javob qidirish odilona yondashishdir. 
    Jumladan, ―O‗quvchilar va o‗smirlar xulq-atvoridagi o‗zgarishlarning qanday 
    motivlari mavjud?‖, ―O‗qishga nisbatan o‗zgaruvchvn munosabatni yuzaga 


    keltiruvchi sabablar nimalardan iborat?‖, ―Sinfda (sinfda) va undan tashqari u yoki 
    bu xatti-harakatlarni amalga oshirishga undovchi omil qaysi?‖
    Yuqorida ta‘kidlab o‗tilgan munosabat va xulq-atvor motivlarini chuqur va 
    mukammal o‗rganmasdan turib, pedagogik ta‘sir o‗tkazish chora va tadbirlarini 
    qo‗llash mumkin emas, chunki motivni turtki sifatida namoyon qiluvchi ichki va 
    tashqi ta‘sirni aniqlamasdan, unga ilmiy yondashib bo‗lmaydi.Psixologiya fanida 
    ikkinchi bir yo‗l bor ekanligi ta‘kidlab o‗tiladi, lekin u biroz murakkabroq, shunga 
    qaramasdan ko‗zlangan natijani berish imkoniyatiga ega. Odatda qattiqqo‗llik 
    (qat‘iy tartib-intizomlilik, talabchanlik), adolatsiz jazolash (qaysiki o‗qish motivi 
    noaniq, o‗rganilmagan bo‗lsa) shaxsning psixikasiga zarar keltiradi, bilim olishga 
    hech qanday yordam ko‗rsatmaydi. qattiqqo‗llik, hattoki qat‘iyatlilik eng muhim 
    fazilat bo‗lib hisoblanadi, agarda shaxsdagi u yoki bu xususiyatli xulq-atvor turtkisi, 
    yaqqol vaziyat sabablari chuqur tahil qilinsa, asoslansa. Sinf yoki sinfdagi 
    mashg‗ulotlar, ya‘ni bilimlar, ko‗nikma va malakalarni shakllantirishga 
    yo‗naltirilgan bo‗lsa, lekin ular ―o‗rtamiyona‖ shaxsga mo‗ljallansa, u taqdirda bir 
    necha xususiyatli psixologik holatlarni yoki sub‘ektiv kechinmalarni keltirib 
    chiqaradi. Oqibat natijada iqtidorli, yaxshi o‗zlashtiruvchi, uquvchan o‗quvchi va 
    o‗smirlarda o‗qishga nisbatan qiziqish sovushiga, ular kutgan ma‘lumot ko‗lami, 
    uzatilish sur‘ati qoniqish hissini asta-sekin yo‗qolishiga olib kelishi mumkin. 
    Ma‘lumotlarning ilmiy yangiligi sayozligi, ta‘lim metodining bir xilligi, mustaqil 
    mashg‗ulotlar o‗tkazilishi bir uslubda olib borilishi saboq oluvchilarda intilish 
    hissini pasaytiradi, kutilayotgan ilmiy axborot qoniqtirmaydi. Oradan muayyan 
    vaqt o‗tishi bilan mashg‗ulotlardan qiziqroq, ilmiyroq ma‘lumotlar kutish turadi: 
    o‗qituvchi o‗zlashtirmovchiga ishonch bildiradi, oqibat natijada uni o‗zini o‗zi 
    sinashga turtki beruvchi nozik mexanizmni topishga da‘vat etadi, o‗z vaqtida 
    arzimas yutuq uchun qo‗llab-quvvatlanish muvaffaqiyat garoviga aylanadi. Bunga 
    qo‗shimcha ta‘sir etuvchi turtki sifatida emas, balki u boshqa motiv doirasida 
    o‗sadi, o‗zaro ta‘sir ostida salbiy o‗qish motivatsiyasi o‗quvchi (o‗smir)ga sinf 
    (kurs) jamoasi orasida ijobiy, ijtimoiy-jamoat fikrini uyg‗otish yuksak 
    ko‗rsatkichlarni keltirib chiqaradi. 

    Download 315,4 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 315,4 Kb.
    Pdf ko'rish