amaliy vazifalarga mustaqil o‗zgartiradi. Uning shakllanish qonuniyatlarini tadqiq
etish zamonaviy bolalar va pedagogika psixologiyasi vazifalaridan biridir.
O‗smirlik davri chegaralari taxminan 5-8-sinfiga to‗g‗ri keladi va 11-12
yoshdan 14-15 yoshgacha bo‗lgan davrni qamrab oladi, lekin o‗smirlik yoshiga
o‗tish 5-sinfga o‗tish bilan mos tushmasligi va bir yil oldin yoki keyin sodir
bo‗lishi mumkin.
O‘smirlik davri
ning alohida vaziyati uning nomlarida ifodalanadi: «o‗tish»,
«keskin o‗zgaruvchan», «mushkul», «tanqidiy». Ularda bu yoshda sodir bo‗ladigan
rivojlanish jarayonlarining murakkab va muhimligi qayd etilgan. Bu hayotning bir
davridan boshqasiga o‗tish bilan bog‗liq. Inson rivojlanishining barcha
yo‗nalishlari bo‗yicha (jismoniy, aqliy, ruhiy, axloqiy, ijtimoiy) katta sifat va
miqdoriy o‗zgarishlar ro‗y beradi.
O‗smir shaxsi rivojlanishning muhim omili – uning shaxsiy faolligi –
shaxsiyat, o‗zini e‘tirof etish va aniqlash jarayoni faol kechadi – biroq bu jarayon
bir tekis emas.
Bir tomondan o‗smirlarda «kattalik» namoyon bo‗la boshlaydi, boshqa tomondan
esa hali «bolalik» qoladi. O‗smirlarning rivojlanishining umumiy yo‗nalishlari
turlicha bo‗lishi va har bir yo‗nalish ko‗plab variantlarga ega bo‗lishi mumkin.