• O‘nga kirding — songa kirding 10 yoshdagi holat O‘qituvchining har bir qarashidan ma’no uqadi. Chin do‘stlari bo‘ladi.
  • Turli yosh davrlarida o’quv motivlarini to’g’ri shakllantirish




    Download 315,4 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet11/12
    Sana24.05.2024
    Hajmi315,4 Kb.
    #252783
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    Ia8GTrl4

    yetadi
    .
    3- sinfda o‗zini ancha dadil his qiladi. Alohida qobiliyatini namoyish etishga 
    urinadi. Jamoadagi o‗rnini mustahkamlash uchun o‗z qiziqishlari, iqtidorini oshkor 
    qila boshlaydi. Bilimi kengaygan sari o‗qishga munosabati kuchayadi. Ijodiy 
    izlanishda ham mustaqillashadi. 
    — Ayni yoshdagi bola idroki aniq va ravonligi bilan avvalgi davridan farq qiladi, 
    — deydi Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 281- maktab boshlang‗ich sinf 
    o‗qituvchisi Nigora Azimova. — Sinchkovlikka o‗rganadi. Ota-onasi, yaqinlari, 
    atrofdagilar unga yosh boladek emas, balki o‗z vazifalari, majburiyatlari bor, o‗z 
    xususiyatlariga ko‗ra hurmatga sazovor shaxs deya munosabatda bo‗lishlarini 
    istaydi. O‗z-o‗zini boshqarish malakasini egallay boshlaydi, vaziyatga qarab ish 
    yuritadi. O‗ziga baho bera oladi. «Men yaxshi bolaman» yoki «Men to‗polonchi 
    emasman» kabi fikrlarini isbotlashga urinadi. Yana bir xususiyati, faqatgina o‗z 
    fikrini bayon etibgina qolmay, suhbatdoshining diqqatini o‗ziga jalb qilishga ham 
    urinadi. 
    O‘nga kirding — songa kirding
    10 yoshdagi holat
    O‘qituvchining har bir qarashidan ma’no uqadi. Chin do‘stlari bo‘ladi. 
    Muvaffaqiyatlarga bilim orqali erishish mumkinligini tushunib yetadi. Yanada 
    mustaqil fikrlaydi, qobiliyati nimalarga qodirligini atrofdagilar e’tiboriga havola 
    etgisi keladi. Faol o‘quvchilik pozitsiyasi shakllanadi, maqsadlari aniqlashadi. 
    — 10 yoshli o‗quvchi mustaqilligi, berilgan mavzuni anglashi, fikrini bayon etish 
    uchun material to‗plashi, ulardan asosiysini ajratishi, materialni ma‘lum ketma-
    ketlikda bayon etish, reja tuzish malakasi shakllangani bilan ajralib turadi, — deydi 
    Farg‗ona viloyati Toshloq tumanidagi 4- maktabning boshlang‗ich sinf 
    o‗qituvchisi Zilola Asqarova. — Mazmunga mos so‗zlar bilan jumla tuzadi, tinish 
    belgilariga ko‗ra ifodali o‗qiydi, xatolarini tuzata oladi. Soatlab yolg‗iz holda 
    sevimli mashg‗uloti bilan shug‗ullanishi mumkin va shu asosda mehnatsevarlik va 


    mustaqillik fazilatlari shakllanadi. Bu esa ixtiyoriy diqqat turg‗unlashganidan 
    dalolat. Mehnati mahsulidan zavqlanadi. Liderlik qobiliyatini namoyon etadi. 
    Xulosa qilib aytganda, har qanday holatda ham anglashga bo‗lgan faol qiziqish 
    faoliyat manbaiga aylanadi, natijani baholash yangi mazmun-mohiyatga ega 
    motivlar shakllanishi hamda yangi maqsadlar qo‗yilishiga asos bo‗ladi. Shaxs 
    voyaga yetgani sayin motivlari tuzilmasi murakkablashib, takomillashib, tartibga 
    tushadi hamda o‗zaro bog‗liq shakli hosil bo‗ladi. Bolaning, umuman aytganda, 
    o‘quvchilarning salohiyati turlicha. O‗z imkoniga mos talab qo‗yilsa,zo‗riqmasdan, 
    qobiliyatlari sekin-asta kurtak ocha boshlaydi. Agar o‗quvchida yoshiga munosib 
    ko‗nikmalar shakllanmagan bo‗lsa, ular bilan ishlashda yanada ziyraklik, izchillik 
    va sabot ko‗rsatishga to‗g‗ri keladi. Chunki mutaxassislar fikrlarilaridan ham 
    anglashilib turganidek, har bir o‗quvchida o‗ziga yarasha qobiliyat va iqtidor 
    mujassam. Ularni kashf etib, foydali hayotga yo‗naltirish uchun esa barcha birday 
    mas‘uldir! 
    Shu tariqa, shaxsning yetukligi faoliyatlar, shaxsiy xususiyatlarni namoyon etuvchi 
    motivlar tizimini boshqarish, uning ehtiyojlari asosida amalga oshadi. Ta‘lim-
    tarbiya jarayonida bolada o‗qishga bo‘lgan motivatsiyasining shakllanishi, eng 
    avvalo, shaxsning ichki ehtiyojlari orqali amalga oshishi mumkin.Yana shuni ham 
    ta‘kidlab o‘tish kerakki, o‘quv motivini to‘g‘ri shakllantirish o‘qituvchidan ham 
    katta mas‘uliyatni talab etadi. Uning qanchalik ziyraklik va zukkolik bilan ish olib 
    borishi o‘quvchilarda o‘qishga bo‘lgan munosabatini aks ettiradi.
    So‘zimni taniqli psixolog Maslouning fikri bilan yakunlamoqchiman:‖Tashqi 
    o‗qish jarayoni — bu shunchaki yana bir bilimni o‗zlashtirish yoki yangisini 
    o‗rganishdir. Bilim sohasida eng zukko bilimdon bo‗lish esa inson imkoniyatlariga 
    va ichki intilishiga bog‗liqdir. Keyingi har qanday o‗qish, o‗rganish yo‗lidagi 
    ta‘limiy maqsadlar — bu insonni kelajakda kim bo‗lishini belgilovchi kasbiy 
    faoliyatiga ko‗maklashish yo‗li va usulidir‖. 



    Download 315,4 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 315,4 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Turli yosh davrlarida o’quv motivlarini to’g’ri shakllantirish

    Download 315,4 Kb.
    Pdf ko'rish