7-Amaliyot
MAVZU: Boshqaruv organlarini tanlash va ularni turkumlash
REJA
1 Boshqaruv organlarini tanlash va ularni turkumlash;
2 Boshqaruv organlarini guruhlash;
3 Uzatma elementlar haqida ma'lumot.
Boshqaruv organlarini tanlash va ularni turkumlash(klassifikatsiyalash)
Boshqaruv organlari operatorlardan mashinaga boshqarish harakatlarini uzatish uchun xizmat qilib, bog'lovchi halqa rolini o'ynaydi.
Ular yordamida AAVga axborotlar kiritiladi va chiqariladi hamda boshqarish obyektlarining ijro etuvchi organlarini harakatga keltiradi (tig'ini to'g'rilash, ekskavator cho’michini ko’tarish va shunga o'xshash).Boshqaruv organlari uzatma elementdan va ijro etuvchi qismdan iboratdir. Uzatma elementning o'lchami va shakli odamning tanasi tegib turadigan qismining o'lcham va shakllariga mos keltirilgan holda hisoblanadi.
Ular qo‘l va oyoq boshqaruv organlariga ajraladi. Boshqaruv organlarini tanlashda qo'l bilan boshqariladiganlarga afzallik beriladi, chunki qo4 bilan turli xil juda ko'p organlarni boshqarish mumkin, har bir oyoq uchun esa ikkitadan ortig'ini boshqarish qiyinchilik tug‘diradi.
Agar muayyan holatda boshqaruv organlarini aniq o‘matish muhim bo’lsa, manipulyatsiya tezligi hamda uzluksiz va uzoq davom etadigan zo'riqish 90 H va undan ortiq zaruriyati boMmaganda qo'l bilan boshqarish tavsiya etiladi. Kam zo‘riqish talab qiladigan va kam ishlatiladigan "yoqilgano'chirilgan" operatsiya uchun hamda holatning kuzatuv nazoratini yaxshi ta'm inlay olishlari sababli tumblyorlar va knopkalar tavsiya qilinadi.
Qayta takrorlanib zarb beradigan hamda katta jismoniy zo‘riqishlar talab qilmaydigan, lekin yuqori tezlikda bajariladigan operatsiyalar uchun klavishlar maqsadga muvofiqdir. Yuqori teziikda aylanuvchi (maxoviklar va shunga o ‘xshash) buriladigan boshqaruv organlari xil ini yuqori aniqlikda tartibga soiish talab qilingandagina ishlatish mumkin.
Chiziqli harakatlar boshqaruv paytida xuddi aylantiriladigandek juda aniqlik bilan bajarilishi lozim, lekin uning harakat diapazoni chegaralangan.Agar boshqaruv obyektlari ravon tartibga solishni va o‘ta aniqlikni talab qilmasa, diskret o ‘z xohishicha boshqariladigan organlardan foydalanish mumkin.
Pog‘onali ko‘chi.rish. va ohista danamik tartibga solishni bir yoki ikki qo‘lda o ‘rta va yuqori zo‘riqishda bajarilsa, richaglar ishlatish tavsiya qilinadi. Uzluksiz bajariladigan boshqaruv operatsiyalari, aniqlikni talab qilmaydigan, lekin 90 H dan oshiq zo‘riqishga ehtiyoji bo‘lgan yoki qo‘llar boshqarish operatsiyalari bilan band bo‘Isa, unda oyoq bilan boshqariladigan boshqaruv organlari maqsadga muvofiqdir.
Boshqaruv orgaiilarining ishlovchiga nisbatan joylashuvi
Boshqaruv organlarini ish joyining ishlash sathida yoki uning bir necha uchastkalarida va qismlarida guruhlash lozim. Doimiy hamda tez - tez foydalanadigan va falokat boshqaruv organlarini qulay chegaralar oralig'ida davriy va tasodifiv boshqaruv organlarini esa ishlash sathining quyi va yuqori chegaralar oralig'ida hamisha joylashtiriladi (27-rasm).
O'ng tomonda doimiy harakat qilinadigan yoki tez-tez foydalaniladigan boshqaruv organlarini joylashtirish, zero ko'pchilik odamlar faqat o‘ng qoilari bilan harakat qiladilar.Boshqaruv organlarini joylashtirish ish harakati xususiyatiga bog'liq (itarish, bosish, aylantirish va shunga o'xshash) va ish holatini oqilona tutib turish uchun yordam berishi (qomatni to‘g‘ri tutib turish, gavdani tez-tez egilib turishiga yo‘l qo‘ymaslik, boshni burish. qo‘lni kuch bilan ushlab turish va shunga o'xshash) lozim.
Doimiy harakatdagi ko‘pgina qo‘l bilan boshqaruv organlari tirsak baravarligida joylanishi lozim (pol ustidan, o'rindiqqacha) yoki qulay boiishi uchun sal past boiishi, o ‘tirib yoki tik turib ishlashi kerak hisoblanadi. Kam ishlatiladigan qoibilan boshqaruv organlari (2-3 marta smenada) yelka kamari yoki bilak bo‘g‘imi baravarligidajoylanishi lozim.
Boshqaruv organlari operatorning tanasi old yuzasidan 150 mm dan kam boim agan joyda turishi kerak.
Boshqaruv organlarining qulay zonada joylanishi o‘rta chiziqda-(100 mm) yuqori va quyi q o i yetadigan gorizontal tekislikning chuqurligi va kengligida bo'ladi.
Boshqaruv organlarini operator manipulatsiya qilayotganda, boshqarayotganda uning egilgan tirsagi 90-145° burchak osti imkoniyatiga ega boiishi kerak.
Operator qulay m oijal olishi uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim: -gorizontal panelli yon pultlarning bo‘ylama yo'nalishi bo‘yicha egilishi 5° kam, ko‘ndalang yo‘nalishi bo‘yicha 45° ko‘p boim asligi; -yon vertikal panellarning egilishi operatorga nisbatan 10° dan kam boim asligi; -m arkaziy boshqaruv pultlari operatorining vertikal panellari operator tomon 15°dan kam boim asligi
Boshqaruv organlarini guruhlash
Boshqaruv organlarining xiliga qaramasdan ular mantiqan belgilangan sath tuzilishida guruhlanishi lozim.
Ularni guruhlashda quyidagilarni hisobga olish kerak:
-funksional vazifasi (asbob-uskunalarning bir majmuaga. tizimga. agregatga. funksional qismga mansubligi).
-ketm a-ket foydalanishni operatorning algoritm faoliyatiga bog'liqligi;
-vaqtdan foydalanish (tizimni ishlab turgan yoki ishlab chiqarish uchun tavyorlash payti);
-tizim ishi shart-sharoitining o'ziga xosligi;
-tizim ni ishlashi uchun boshqaruv organlarining muhimligi. M e'yorida ishlavotgan va falokatli holatlarda foydalanish kerak boMadigan boshqaruv organlarini yonma-yon qo‘yish mumkin emas.Agar boshqaruv obyektlarini ikkita knopka yordamida o ’chirilsa yoki yoqilsa. unda yoqiladiganini o ‘chiriladiganiga qaraganda yuqorida yoki undan o'ng tomonda joylashtiriladi.
Bir xil tizimdagi boshqaruv organlari pultda shunday o'rnatiladiki, bunda tizimni real yoki obyektni simmetriya o'qiga nisbatan joylanishiga mos kelishi lozim.(28-rasm) Masalan: operatordan o’ng tomonda joylashgan boshqariladigan obyektlar uchun, signal boshqaruv organlari pultidan o ‘ng tomonda simmetriya o'qida joylashtiriladi. Boshqaruv organlaridagi harakatlar yo'nalishini tanlash uchun bir taxlitdagi harakatlarni hisobga olish kerak.
Uzatma elementlar orasida masofani aniqlash uchun boshqaruv organlaridan bir paytda voki ketma-ket foydalanish. uzatma elementni egallab olish usuli. uning o'lchamlari, joyini o ‘zgartirish yo'nalishi. ko'r-ko'rona ishlashning lozimligi. to'satdan voqishning imkonivati. maxsus korjoma va poyabzalning, titrashning mavjudligi. ish o'rnining harakatchanlik darajasi e ’tiborga olinadi.
Uzluksiz foydalaniladigan boshqaruv organlari gorizontal bo'vlab, chapdan o'ngga yoki yuqoridan pastga joylashtirilmasdan, qator orasidan-yuqoridan pastga va chapdan o'ngga hamda bir-biriga juda yaqin joylashtirilishi kerak.
Boshqaruv organlari bilan tasodifiy ishlanavotganda. boshqaruv organlarining joylanish zonasiga qarab. uzatma elementlarning yonma-yon chekkalari orasidagi masofa 150-300 mm dan kam boim asligi lozim.
Boshqaruv organlari bilan qoiqopda yoki yeng orqali ishlanayotganda, uzatma elementlarining yonma-yon chekkalari. ikkiuch qavatli maxsus korjomalar qalinligi darajasida kengaytirilishi kerak.
Agar panelda ko‘p sonli bir-biriga bog'liq q o i bilan boshqariladigan boshqaruv organlari va axborotlarni aks ettiruvchi vositalar joylashgan bo isa, har bir boshqaruv organlari unga bog'liq indikatorlar ostida: undan o'ng tomonda o'ng q o i uchun, chap tomonda esa chap q o i uchun joylashtiriladi (29- a.b rasm).
Savollar:
1 Boshqaruv orgaiilarining ishlovchiga nisbatan joylashuvi?
2 Boshqarayotganda uning egilgan tirsagi necha burchak osti imkoniyatiga ega bo’lishi kerak?
3 Boshqaruv organlarini guruhlari?
|