Kuchaytirgichlardagi turli ulanish usullari




Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/61
Sana04.12.2023
Hajmi2,84 Mb.
#110820
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61
Bog'liq
elektronika

10.2 Kuchaytirgichlardagi turli ulanish usullari. 
Texnikada kam energiya sarf qilgan holda manbalarning 


128 
katta energiyasini boshqarish jarayoni keng tarqalgan. Unda ham boshqaruvchi, ham 
boshqariluvchi energiya mexanik, gidravlik, pnevmatik, elektr va boshqa tur
tabiatiga ega bo‘lishi mumkin. Agar energiyani boshqarish uzluksiz, bir me’yorda
va o‘zgarish qonuni saqlangan holda bo‘lsa, uni kuchaytirish jarayoni deb ataladi. 
Kuchaytirgichlar keng ko‘lamda radioaloqa, radiouzatish, televideniye,
radiolokatsiya, ma’lumotlarni yozish va qayta eshittirishda qo‘llanilmoqda. 
Kuchaytiriladigan elektr signallar turli chastotalarga ega bo‘lib, garmonik tebranish 
holida yoki murakkab ko‘rinishdagi holda turli amplitudali, fazali yoki chastotali 
bo‘ladi. 
20 Hz—20 kHz ga ega bo‘lgan signallarni kuchaytiradigan kuchaytirgich, ovoz
chastota signalini kuchaytirgich deyiladi. Kuchaytirgichning signal ta’sir etadigan
zanjiri. Kirish zanjiri yoki kirish deb, kuchayib chiqqan signal beriladiganqurilma esa, 
tashqi yuklama-iste’molchi deb ataladi. Kuchaytirgichning (tashqi) yuklama
ulanadigan zanjiri chiqish zanjiri deb ataladi. Kuchaytirgichlar ichida elektr signali
kuchaytirgichlari eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, ularda boshqaruvchi va boshqariluvchi 
energiya elektr energiyasidan iborat bo‘ladi. Bu kuchaytirgichlar elektron,
elektromexanik, magnit va boshqa tur kuchaytirgichlariga bo‘linadi. Ulardan electron 
kuchaytirgichlar universalligi, qator sifatli xarakteristikalarga ega bo‘lishi bilan 
boshqa kuchaytirgichlardan ustun turadi. Shuning uchun ulardan juda ko‘p 
radioelektron va 
boshqa masalalarni hal qilishda keng foydalaniladi. Qo‘llaniladigan o‘rni, vazifasi va
boshqa belgilariga qarab juda ko‘p turdagi elektron kuchaytirgichlar ishlab
chiqariladi 
va turlicha nomlar bilan yuritiladi. Kuchaytirish jarayonini 10.2.1-rasmda 
ko‘rsatilgan chizma yordamida tushuntirish mumkin. Unda o‘zgarmas E tok manbayi 
ketma-ket qilib ikki qarshilikka (boshqariluvchi va o‘zgarmas) ulangan. Bu qarshilik 
yuklama qarshiligi deb ataladi. Chiziqli bo‘lmagan aktiv element qarshiligi bo‘lib, 


129 
zanjirning kirishiga (punktir chiziq) boshqaruvchi kuchlan ish yoki tok ta’sir etganda 
kattaligi o‘zgarib boradi. Bu o‘zgarish juda keng oraliqda bo‘lib, manba energiyasi
sarf 
bo‘lmagan yoki juda oz miqdorda sarf bo‘lgan holda sodir bo‘ladi. Lekin qarshilikda 
ajraladigan quvvat ortadi. Shunga ko‘ra, boshqaruvchi elementning vazifasi o‘zgarmas
tok manbayi energiyasini yuklama qarshiligiga uzatilishini
10.2.1-rasm. Bo’lgich sxemasi 
Tartibga solishdan iboratdir. Odatda, bu jarayon juda kata tezlikda o‘tadi. Shuning
uchun juda kichik energiyali element bo‘lishi kerak. Eng sodda holda uning
vazifasini ko‘p elektrodli elektron lampa yoki yarim o‘tkazgichli 
triod bajaradi. Shunday qilib, kuchaytirish fizikaviy jarayon bo‘lib, kam 
quvvatli manba yordamida katta quvvatli manba energiyasi boshqarilishidan 
iboratdir. Bu katta quvvatli manba energiyasining kam quvvatli signalga uzatilishiga 
mos keladi. Shunga ko‘ra kuchaytirgich katta quvvatli manba energiyasini kam quvvatli 
signalga uzatilishini amalga oshiruvchi qurilmadir.Agar signal quvvatining ortishida
uning shakli saqlansa, kuchaytirish chiziqli deb, aks holda esa, chiziqli bo‘lmagan
kuchaytirish deb ataladi. 


130 

Download 2,84 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61




Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Kuchaytirgichlardagi turli ulanish usullari

Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish