|
ilimlarni o‘z vaqtida nazorat qilish va baholash nima uchun kerak, uning qanday ahamiyati bor, u qanday Pdf ko'rish
|
bet | 199/307 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 6,15 Mb. | | #249463 |
ilimlarni o‘z vaqtida nazorat qilish va baholash nima uchun kerak, uning qanday ahamiyati bor, u qanday
vazifa bajaradi? degan savol sizni qiziqtirsa kerak.
1. Nazoratning diagnostik funksiyasi. Nazorat natijasida bilim, iqtidor va ko‘nikmalarning shakllanganlik darajasi
aniqlanadi.
2. Nazoratning talabalarda bilim olishga ishtiyoqni o‘stirish funksiyasi. Nazorat natijasida talabalarda o‘z bilim,
iqtidor va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirish ishtiyoqi uyg‘onadi.
3. Nazorat jarayonida talabalarning shaxsiy xislatlari shakllantiriladi va eng asosiysi rivojlantiriladi. Rivojlanish
faol o‘quv orqali, shu jumladan nutq faoliyati orqali amalga oshiriladi.
4. Тahsil funksiyasi. Nazorat jarayonida talabalar o‘z bilimlarini mustahkamlaydilar. O‘quv materiali yanada
chuqur o‘zlashtiriladi.
5. Nazoratning tarbiyaviy funksiyasi. Nazorat jarayonida talabalarning psixologik ijobiy xislatlari shakllanib
boradi.
6.Nazoratni xususan baholash funksiyasi. Nazorat natijasida sifat o‘zgarishlarining me‘yori aniqlanadi.
Nazorat jarayonida uning yozma, og‘zaki va amaliy usullaridan keng foydalanilmoqda. Bu jarayonda og‘zaki
so‘rash orqali o‘zlashtirishni nazorat qilish keng tarqalgan. Bu asosan savol - javoblar orqali olib boriladi. Bunda yakka
so‘rash, frontal surash kabi turlari qo‘llaniladi.
3. Bunda Pedagogika kursi darsligining 128-134, Yu.Babanskiy kitobining 203-212-betlaridan foydalaniladi.
Ta‘lim jarayoni o‘quvchida faol harakat va bilimga ishtiyoq uyg`otsagina samarali ko‘chadi. O‘quv faoliyatini bunday
tashkil qilish uchun uning barcha usullaridan foydalaniladi. Bu usullarni 2 ga bo‘lish mumkin: o‘quvchilarning bilish
ishtiyoqini uyg`otuvchi va ta‘limda burch va ma‘suliyat tuyg`usini shakllantiruvchi. Bolada o‘quv faoliyatini,uni
mazmuni, shakli va amalga oshirish usullariga munosabatda ijobiy hissiyotni yuzaga keltirish lozim. Darsda qiziqarli
vaziyatni yaratish ham ijobiy hissiyot paydo qiladi. Badiiy adabiyotlardan parchalar keltirish, o‘qituvchi nutqining
badiiy yerkinligi ham hissiy vaziyat yaratadi. Bilishga doir o‘yinlar, o‘yin-bahslar ham o‘qishga qiziqishni uyg`otadi.
O‘quvchida quvonch hissini yaratish ham havas oshiradi, ayniqsa muvoffaqiyat quvonchini boshdan kechirish.
O‘quvchilar bilim malakalarini tekshirish, nazorat qilish, baholash ham o‘quvchida bilishga qiziqishni oshiradi.
Talaba maktabga borib o‘qituvchining darsini kuzatganida uning ta‘lim qoidalari, metodlaridan qanday
foydalanilganligiga e‘tibor berishga harakat qilish lozim. O‘qituvchi bolalarni qaysi yo‘llar bilan bilimga qiziqtirishni
oshirdi, ularda ijobiy hissiyot paydo qila oldimi, shu o‘tilayotgan fanning yoki mavzuning o‘quvchi hayoti uchun
zarurligini asoslab berdimi, o‘quvchida shu mavzuni o‘rganishga ehtiyoj, intilish paydo bo‘ldimi yoki darsda bu
narsaga erishilmadimi, siz o‘qituvchi o‘rnida bo‘lsangiz shu mavzuni o‘tishda qanday yo‘l tutar edingiz, shu fikrlarga
munosabat bildiring.
Muammoli ta‘lim deganda o`quv materialini o`quvchilar ongida ilmiy izlanishga o`xshash bilish vazifalari va
muammolarini vujudga keltiradigan yo`sinda o`rgatish tushuniladi. O`quvchining fikrlash faoliyatida muammoli
vaziyatlar vujudga keladi va ular bolani obyektiv ravishda izlanishga va mantiqan to`g`ri ilmiy xulosalar chiqarishni
organishga da‘vat etadi. Bunda dastlab muammoli-izlanish metodi haqida Pedagogika R. Mavlonova, O.To`rayeva,
K.Xoliqberdiyev Darslik. Ikkinchi nashr. 284-295, Pedagogika /A.Munavvarov/ kitobi 97-100, Didaktika kitobi 107-
|
| |