UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
145
100 betlaridan o‘qib o‘rganish lozim. Mutaxassislik fanidan ayrim mavzular misolida o‘quvchilar oldiga qo‘yish
mumkin bo‘lgan muammolardan namunalar keltirishlari talab etiladi.
4. Reyting tizimida testning o‘rni qanday va uning qanday afzalliklari bor?
Reyting nazoratida test ham samarali qo‘llaniladi. Тest deganda - aniq vazifani takomillashganligi darajasini
aniqlashda, sifat va miqdoriy o‘lchamlarda belgilash imkonini beradigan, faollikning biron shaklini qiziqtiruvchi biron
aniq topshiriq shaklidagi sinov quroli tushuniladi.
Тestning afzalligini quyidagicha baholash mumkin:
nazorat uchun kam vaqt sarflanadi;
nazariy va amaliy bilimlar darajasini ob‘ektiv sharoitda aniqlash imkoniyatini beradi;
ko‘p sonli talabalar bilan bir vaqtning o‘zida nazorat olib borish mumkin;
bilim natijalari o‘qituvchi tomonidan tezkorlik bilan tekshiriladi;
barcha talabalarga bir xil qiyinchilikdagi savollar berilib bir xil sharoitlar yaratiladi;
Savol va topshiriq
1.
Ta‘limni tashhis etish nima? Uning mohiyati haqida gapirib bering.
2.
Ta‘limni baholash yoki tekshirish va tashhis o‘rtasidagi farq nimalarda ko‘rinadi?
3.
Nazorat va tekshirish tushunchalarini izohlab bering.
4.
Tekshirish tizimi qanday bosqichlardan tashkil topadi?
5.
O‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalarini hisobga olishda nimalarga e‘tibor berish lozim?
6.
Ta‘lim jarayonini nazorat qilish va hisobga olishning vazifalari nimalardan iborat?
7.
Ta‘lim natijalarini tekshirish va baholashga qo‘yiladigan pedagogik talablar nimalardan iborat?
8.
O‘quvchilar faoliyatini hisobga olishning qanday metodlarini bilasiz? Ularning har biri haqida ma‘lumot
bering.
9.
Reyting tizimi nima? U qanday afzalliklarga ega?
10.
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari qahida ma‘lumot bering.
11.
―Xalq ta‘limi‖ jurnali 2008 yil, 1-sonidagi Sh.Xudoyberganovning ―Bilimlarni o`zlashtirish darajalari
haqida‖ maqolasi, hamda ―Xalq ta‘limi‖ jurnali 2008 yil, 1-sonidagi ―O`quvchilar bilimini baholashning
tezkor usullari‖ maqolalarini o`rganib, tahlil qiling
12.
Mutaxassisligingizga doir o‘quv predmeti bo‘yicha yopiq, ochiq, muvofiqlikni aniqlashga va
davomiylikni to‘g‘ri belgilashga doir test topshiriqlaridan namunalar ishlab chiqing.