|
Universiteti fakultet: Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb
|
bet | 2/10 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 496,99 Kb. | | #260751 |
Bog'liq elektromagnit1.2. Zaryadlarning xajmiy zichligi.
Zaryadlarning fazoda taqsimlanishi xajmiy zichligi orqali xarakterlanadi va u quyidagicha aniqlanadi:
(1.8)
bu yerda elementar xajmda joylashgan zaryadlar. Ushbu formula zaryadlar fazoda uzuliksiz taqsimlangan degan fikrni beradi. Zaryadlarning diskret qiymatlarga ega ekanliklariga e’tibor berilmaydi. (8) formuladan xajmiy zichlikning birligi metr kubga kulon kanligi kelib chiqadi:
(1.9)
Yana (8) formuladan xajmiy zaryad zichligini bilgan xolda elementlar xajmdagi zaryad miqdorini hisoblash mumkinligi kelib chiqadi:
(1.10)
Zaryadlarning xajmiy zichligi koordinata va vaqtning funksiyasidir.
1.3Tok zichligi
Tok zichligi deb shunday vektor tushiniladiki, uning yo‘nalishi shu nuqtada tok yo‘nalishi bilan ustma – ust tushadi, absalyut kattaligi esa quyidagiga teng bo‘ladi
(1.11)
bu yerda yuzasi bo‘lgan maydoncha orqali oqayotgan tok kuchi. Ushbu yuza shu nuqtada tok yo‘nalishiga perpendikulyar deb qaraladi. (11) formuladan tok zichligi metr kvadratga amperda o‘lchanishi kelib chiqadi:
(1.12)
Tok zichligining ta’rifidan elementar yuza dan oqayotgan tok kuchi quyidagi skalyar ko‘paytma orqali aniqlanishi mumkinligi kelib chiqadi:
(1.13)
Tok zichligi koordinata va vaqtning funksiyasi bo‘lgan kattalik.
O‘tkazuvchanlik toki chiziqlari. Statsionar tok mavjud bo‘lganda tok zichligi doimiy bo‘lib, ushbu ifoda kelib chiqadi:
(1.14)
Shuning uchun doimiy tok uchun uzuluksizlik tenglama quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.
(1.15)
Bu teglama shuni ko‘rsatadiki, doimiy tok chiziqlarining boshlanishi ham oxiri ham yo‘q. Ular yoki berk chiziqlar yoki cheksizlikka yo‘nalgan chiziqlar bo‘lishi mumkin. O‘zgaruvchan tok mavjud bo‘lganda esa, ya’ni
(1.16)
Shart bo‘lganda, tok chiziqlari berk emas. Demak, vektor chiziqlari zaryad zichligi o‘zgarayotgan nuqtada boshlanadi va tugaydi. Tok zichligi zaryadlar harakatiga bog‘liq, shuning uchun uni o‘tkazuvchanlik toki zichligi deb ataladi. Shunday qilib, o‘tkazuvchanlik toki chiziqlari o‘zgaruvchan tok mavjud bo‘lganda berk chiziqlar emas.
|
| |