• 3.2.Boshqaruv hisobini isloh qilishning nazariy va amaliy jihatlari
  • III-BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BOSHQARUV HISOBINI TASHKIL ETISHNI RIVOJLANTIRISH YO‘NALlSHLARI




    Download 110.5 Kb.
    bet10/11
    Sana30.01.2023
    Hajmi110.5 Kb.
    #40119
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    anatatsiya
    Faza va nol farqi, zazemleniya, Yo\'l-yo\'l, Usnatdinov Islam Magliwmatlar strukturasi oz betinshe, Usnatdinov Islam Magliwmatlar strukturasi oz betinshe, Reja Mehnat unumdorligi va uning ahamiyati, Saliev mag.str word, essay, Qiziqarli fizika. PhysicsUzb , Atom yadro fizikasidan laboratoriya ishlari qo\'lanmasi, Nazirov Jamshid, 11-mavzu, Xf6v40aysSs CaTyRQfdkRubDxQNpheG (1), 26003769, 2-mavzu Sahna.
    III-BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BOSHQARUV HISOBINI TASHKIL ETISHNI RIVOJLANTIRISH YO‘NALlSHLARI
    3.1. Boshqaruv hisobining me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish istiqbollari
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida respublikamiz korxonalarida boshqaruv hisobini samarali tashkil etish uning me’yoriy-huquqiy bazasini rivojlantirishga bevosita bogTiq.
    Mamlakatimiz qonunchiligida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobini yuritishning ayrim jihatlarini belgilab beradigan me’yoriy-huquqiy hujjatlar mavjud. Ularni jadvalda ifodalash mumkin.
    Ushbu jadvalda keltirilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar xo‘jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobi elementlarini joriy etishga imkon beradi.
    Jumladan, «Buxgalteriya hisobi» to‘g‘risidagi Qonunning 7-moddasiga ko‘ra, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni korxona, muassasa va tashkilot rahbari amalga oshiradi. Shuningdek, rahbar ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini ta’minlashi shart. Bu holat esa korxonada boshqaruv hisobini tashkil etish va uni yuritish tartibini belgilashga korxona rahbari javobgar ekanligidan dalolat beradi.
    Bundan tashqari, «Mahsulot (ish va xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan, mahsulot (ish va xizmat)lami ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»da ishlab chiqarish va davr xarajatlarining tarkibi, tasniflanishi hamda moUyaviy natijalarni aniqlash tartibi ko‘rsatib berilgan.
    Unga muvofiq, barcha xarajatlar quyidagi tartibda guruhlanadi:

    • mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar;

    • ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, lekin davr xarajatlari tarkibiga kiritiladigan xarajatlar;

    O‘zbekiston Respublikasida boshqaruv hisobini yuritishga doir qabul qilingan asosiy qonun va me’yoriy hujjatlar

    T-
    /r

    Me’yoriy hujjatning nomi

    Qabul qilingan vaqti

    1.

    «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi 0‘zbekiston Respublikasi Qonuni

    O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan

    2.

    «Mahsulot (ish va xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan, mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risidagi Nizom*

    0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkaniasining 1999- yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan (2003-yil 25 -dekabrdagi 567-sonli qaror bilan o'zgartirishlar kiritilgan)

    3.

    O'zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining «Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot» nomli 1-sonli milliy standard

    O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 -yil 14 -avgustda 474-son bilan ro‘yxatga olingan

    4.

    0‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot» nomli 3-sonli milliy standarti

    O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 26-avgustda484-son bilan ro‘yxatga olingan

    5.

    O'zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining «Xo'jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo'jalik faoliyatini schyotlar rejasi va uni qo'llash bo'yicha Yoriqnoma» nomli 21-sonli milliy standarti

    O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 9-sentabrdagi 103-sonli qarori bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 23-oktabrdal 181-son bilan ro'yxatga olingan



    • 9600 — «Moliyaviy faoliyat boyicha xarajatlar» schotlarida hisobga olinadigan moiiyaviy faoliyat boyicha xarajatlar;

    • 9720 — «Favquloddagi zararlar» schotida hisobga olinadigan favquloddagi zararlar.

    Bu esa o‘z navbatida korxonalarda boshqaruv hisobining muhim elementi hisoblangan xarajatlar hisobi va tannarx kalkulatsiyasini oqilona tashkil etishga ko‘maklashadi.
    Shu o‘rinda, respublikamiz korxonalarida mahsulot tannarxini hisoblashni rivojlangan mamlakatlar boshqaruv hisobida keng qo‘llanilayotgan «Direkt-kosting» hisob tizimiga yaqinlashtirishda ushbu Nizom va 0‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot» nomli 3-sonli milliy standarti muhim ahamiyatga ega.
    Ma’lumki, boshqaruv hisobi schotlar rejasini ishlab chiqish, mazkur schotlarning o‘zaro bog‘liqligini ifodalash korxonalarda boshqaruv hisobini tashkil etishning asosiy jihatlaridan biri hisoblanadi. Bu borada 0‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyatining schotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma» nomli 21-sonli milliy standarti amal qilmoqda. Ushbu schotlar rejasi 9 ta boiim, 249 ta balans va 14 ta balansdan tashqari schotlardan iborat. Ularda moliyaviy va boshqaruv hisobida sodir bo‘ladigan xo‘jalik muomalalarini buxgalteriya yozuvlarida aks ettirishning umumiy tartibi bayon etilgan.
    Korxonalarda boshqaaiv hisobining me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirishda ular tomonidan ishlab chiqiladigan ichki boshqaruv (segmentar) hisobotlari alohida o‘rin tutadi. Bu hisobot shakllari materiallar va butlovchi -qismlar zaxiralari to‘g‘risida, tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘yicha, ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmatlar), xarid qilingan qiymatliklar, tayyor mahsulot zaxiralari, sotishlar, pul mablag‘larining harakati, debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida hisobot kabilardan iborat bo'ladi.
    Mazkur boshqaruv hisoboti shakllari korxona rahbariyatini javobgarlik markazlari (bo‘linmalari)da moddiy, moliyaviy va mehnat resurslari harakati to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
    3.2.Boshqaruv hisobini isloh qilishning nazariy va amaliy jihatlari
    Boshqaruv hisobi elementlari respublikamiz iqtisodiyoti uchun yangilik emas. Sobiq ittifoq davrida yuqoridan markazlashtirilgan rejalashtirish sharoitida reja va moliyaviy bolimlarining buxgalteriya xizmatidan asta-sekin ajralib chiqishi unga buxgalteriya vakolatining bir qismining berilishiga imkon tug‘dirdi. Buxgalter va boshqa iqtisodchi mutaxassislar (reja bo'yicha iqtisodchi, mehnat va ish haqi bo'yicha iqtisodchi, moddiy-texnika ta’minoti bo'yicha iqtisod­chi va h.k.) tor doiradagi hisob va rejalashtirish bilan cheklanib qoldilar.
    Bu jarayon natijasida buxgalteriya hisobining butun tizimi deyarli moliyaviy tizimga aylandi va faqat voqealarni qayd etuvchi xizmat luriga aylanib qoldi.
    Mustaqillik davrida esa bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqa- rishning markazlashgan tizimidan voz kechilib, ko'p ukladlilik, biznes rejalashtirish, erkin narxlarni shakllantirish, istiqbolli loyihalarni tanlash, segmentlaming javobgarligi kabi yangi iqtisodiy kategoriyalar va tushunchalar kirib keldi, mulk egasiga ko'p sonli xodimlarni saqlab turish samarali bo'lmay qoldi. Bu holatlar mamlakatimiz buxgalteriya hisobi tarkibida boshqaruv hisobini tashkil etish va rivojlantirish zaruratini yuzaga keltirdi.
    Boshqaruv hisobining shakllanishi bilan buxgalter-analitik zimmasiga nafaqat xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish, balki korxona hisob siyosatini shakllantirish, budjetlashtirish, loyihalar tahlili, segmentlar bo'yicha xarajat va daromadlarni hisobga olish, ichki xo'jalik transfert baholarini o'rnatish, hisob tizimini kompyuterlashtirish kabilar ham yuklatildi.
    Hozirgi vaqtda boshqaruv hisobini qo'llashda ma’lum qiyin- ' chiliklar mavjud. Ko'pgina hollarda buxgalterlar moliyaviy hisob va hisobot, soliqlar hisobi va hisoboti fan sifatida tan olinganligi, uning obyektlari va subyektlari ma’lum bo'lganligiga qaramasdan buxgalterlarning ko'p vaqti shu masala bilan band bo'lib, boshqaruv hisobining samarali tizimini tashkil etish uchun vaqt yetishmasligini ta’kidlashadi. Shunga qaramasdan, amaliyotning ko'rsatishicha, buxgalterning buxgalter-menejerga aylanishi tendensiyasi kuchaya boshladi.
    Yuqoridagilardan kelib chiqib, mamlakatimizda boshqaruv hisobini rivojlantirishning nazariy va amaliy yo'nalishlarini belgilash mumkin (9.1-chizma).
    Keltirilgan chizmadan ko‘rinib turibdiki, respublikamizda bosh1 qaruv hisobini isloh qilishning asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:

    • korxonalar faoliyatini budjetlashtirish (rejalashtirish);

    • boshqaruv hisobini yuritishga moljallangan yangi schotlar rejasini ishlab chiqish;

    • xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini aniqlashning zamonaviy usul va tizimlarining qollash imkoniyatlarini baholash;

    • investitsiya loyihalari bo‘yicha boshqaruv qarorlari qabul qilish;

    • segmentlar bo‘yicha hisob yuritish va hisobot tuzishni tashkil qilish;

    • korxonalarda transfert bahoning shakllantirish usullarini joriy etish.

    Korxonalarda boshqaruv hisobi tizimida budjetlashtirishni amalga oshirishning zarurati shu bilan belgilanadiki, uning yorda­mida rejalashtirilgan hisobot davrida korxona rahbari va xodimlari oldida turgan maqsad va vazifalami shakllantirish, ishlab chiqarish dasturining bajarilishi, daromad va xarajatlami aniqlash, amalga oshiriladigan hisob-kitoblar to‘g‘riligini kuzatib borish mumkin.
    Mamlakatimizda boshqaruv hisobining rivojlanishi mavjud buxgalteriya hisobi tizimining ikki mustaqil: moliyaviy va boshqaruv hisobi schotlar rejasiga bo‘linishiga olib keldi.
    Boshqaruv hisobining konsepsiyasi schotlar rejasini amaliyotga joriy etish ikki razradli buxgalteriya hisobi schotlari tizimidan to‘rt razryadli tizimga o‘tish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu amaliyotda qo‘llanib kelinayotgan schotlar rejasi bo‘lib, bunda barcha schotlar balans tuzishda ishtirok etadi. To‘rt razryadli schotlar tizimi ularni to'rtta razryadga ajratadi:

    1. balans schotlari ya’ni balans tuzishda ishtirok etuvchi schotlar;

    2. operatsion, «Xarajatlar — ishlab chiqarish hajmi — foyda» usuli bo‘yicha moliyaviy natijalarni aniqlashda qo‘llaniladigan v a boshqaruv buxgalteriyasida foydalaniladigan schotlar





    Download 110.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 110.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    III-BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BOSHQARUV HISOBINI TASHKIL ETISHNI RIVOJLANTIRISH YO‘NALlSHLARI

    Download 110.5 Kb.