I-BOB. BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISH




Download 110.5 Kb.
bet4/11
Sana30.01.2023
Hajmi110.5 Kb.
#40119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
anatatsiya
Faza va nol farqi, zazemleniya, Yo\'l-yo\'l, Usnatdinov Islam Magliwmatlar strukturasi oz betinshe, Usnatdinov Islam Magliwmatlar strukturasi oz betinshe, Reja Mehnat unumdorligi va uning ahamiyati, Saliev mag.str word, essay, Qiziqarli fizika. PhysicsUzb , Atom yadro fizikasidan laboratoriya ishlari qo\'lanmasi, Nazirov Jamshid, 11-mavzu, Xf6v40aysSs CaTyRQfdkRubDxQNpheG (1), 26003769, 2-mavzu Sahna.
I-BOB. BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISH

    1. Boshqaruv qarorlari va ularni qabul qilish bosqichlari

Rivojlangan mamlakatlarda firma va kompaniyalar buxgalteriya hisobi sohasidagi ish vaqtlarining 90% ini boshqaruv hisobini tashkil etish va yuritishga sarflaydilar. Boshqaruv hisobi bilan yuqori malakali mutaxassislar shug‘ullanishi talab etiladi.
Boshqaruv hisobi — bu bozor munosabatlari zaruriyati bilan paydo bo'lgan, korxona va uning turli bo‘g‘inlaridagi tarkibiy tuzilmalarining faoliyatlari yuzasidan taktik va strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun xarajatlar va daromadlar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etuvchi;

  • korxona hisob siyosatiga muvofiq yuritiladigan, tarkibiga korxona moliyaviy-xo'jalik faoliyatini budjetlashtirish, investitsiya loyihalarini tahlil qilish, xarajatlami hisobga olish va mahsulotlar tannarxini kalkulatsiya qilishning ilg‘or usullarini qo‘Ilash, javobgariik markazlari bo‘yicha segmentar hisobot tuzish, ichki xo‘ja!ik bo£linmalari o‘rtasidagi muomalaiarda foydalaniladigan transfert baholarni shakllantirish;

  • evolutsion yoM bilan rivojlanib boruvchi ichki xo'jalik hisobining sintetik tizimi, bir nechta iqtisodiy fanlar majmuasida tug‘ilgan kompleks fandir.

Korxonalarda boshqaruv hisobini samarali yuritish dastlabki va yig'ma hujjatlarning aylanish tezkorligi, qabul qilingan ichki hisobot shakllari, uiarning tuzish davriyligi hamda taqdim qilish muddatlari, axborotlar tizimini takomillashtirishga mosligi ta’sir qiladi.
Boshqaruv hisobida hujjatlashtirish va inventarizatsiya, baholash va kalkulatsiya, schotlar va ikkiyoqlama yozuv, balansda uraum- lashtirish va hisobot kabi moliyaviy hisob usullarining barcha elementlaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, unda iqtisodiy tahlil, iqtisodiy-matematik va statistik usullar ham keng qoilaniladi.
Boshqaruv hisobi an’anavjy buxgalteriya hisobi, operativ-texnik va statistika hisobi hamda iqtisodiy tahlilning ko‘pgina unsurlaridan foydalanadi.
Boshqamv hisobining tashkil etilishi va o‘z vaqtida yuritilishi oqilona boshqaruv qarorlarining o‘z vaqtida qabul qilinishi, korxona faoliyatini rejalashtirish, tahlil va nazorat qilish imkonini berib, ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi.
Odatda, korxonalarda boshqaruv hisobi quyidagi faoliyat turlari bo‘yicha yuritiladi: _

  • ta'minot-tayyorlov faoliyati;

  • ishlab chiqarish faoliyati;

  • moliya-tijorat faoliyati;

  • tashkiliy faoliyat.

Korxonalarda ta’minot-tayyorlov faoliyati takror ishlab chiqa­rish jarayonini tashkil etish va uning uzluksizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu sababli, mazkur sohada dastlabki boshqaruv axborotlari yig‘iladi va qayta ishlanadi.


Boshqaruv hisobi axborotlarini shakllantirishda ishlab chiqarish faoliyati muhim o‘rin tutadi. Unda ishlab cliiqarish xarajatlari tarkibi, o‘zgarishi,- ularni javobgarlik markazlari bo‘yicha hisobini tashkil qilish, shuningdek, xarajatlar hisobi va tannarx kalkulatsiya- sini yuritish, earflangan xarajatlar bo‘yicha chetlanishlarni hisobga olish amalga oshiriladi.
Hozirgi paytda respublikamiz iqtisodiyotida boshqaruv hisobining nazariy-uslubiy asoslarini ishlash zarurati quyidagi omillar mavjudligi bilan izohlanadi:

  • rivojlangan mamlakatlar tajribasiga muvofiq, buxgalteriya hisobining moliyaviy va boshqaruv hisobga bo‘linishi;

  • buxgalteriya hisobida mahsulotlar tannarxini hisoblash, haqiqjy xarajatlardan chetlanishlarni boshqarishda «Standart-kost» hisob tizimining paydo bo‘lishi;

  • xarajatlarning doimiy va o‘zgaruvchan turlarga ajratilishi, natijada korxonalarda ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foyda- lanish, xarajatlarni samarali taqsimlash maqsadida tannarxni kalku- latsiya qilishning «Direkt-kosting» kabi zamonaviy tizimlarini rivojlantirish zaruratining yuzaga kelishi;

  • korxonalar amaliyotiga «zararsizlik nuqtasi», «marjinal daro- mad», «ishlab chiqarish dastagi» va boshqa yangi iqtisodiy ata- malaming kirib kelishi hamda ularni xo‘jalik yurituvchi subyekt- larda xarajatlar, ishlab chiqarish hajmi va moliyaviy natijalar o‘rtasidagi uzviy aloqadorlikni ta’minlashga yo‘naltirish zarurati;

  • korxonalar hisob tizimi oldiga moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni rejalashtirish, ishlab chiqarish zaxiralarini strategik boshqarish, ularga mos transfert baholarni shakllantirish, xarajatlar va daromadiar hisobining samarali modelini yaratish kabi vazifa- larning qo'yilishi;

  • buxgalteriya hisobida yangi kompyuter texnologiyalari, axborot dasturlarining keng joriy etilishi, shuningdek, boshqaruv hisobini avtomatlashtirish asoslarini ishlab chiqish muammosining mavjudligi va h.k.

Boshqaruv hisobi korxonaning ichki vazifalarini hal qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, bu uning «nou-xau»sidir.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobining muhim vazifalari quyidagilardan iborat:

  • korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish borasida istiqbolli boshqamv qarorlari qabul qilish uchun zarur axborotlar manbasini shakllantirish va rahbarlarni ular bilan ta’minlash;

  • korxona moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tezkor boshqarishda menejerlarga ishonchli, yuqori samarador axborotlarni o‘z vaqtida yetkazib berish;

  • mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxini to‘g‘ri aniqlash, belgilangan me’yorlardan chetlanishlar va ulaming yuzaga kelish sabablarini ko‘rsatib berish va h.k.

Boshqaruv hisobi axborotlari korxonaning tezkor va strategik vazifalarini amalga oshirishga kо'maklashadi.
Tezkor vazifalarga quyidagilar kiradi:

  • ichki va tashqi omillarni hisobga olgan holda mahsulot ishlab chiqarish tuzilmasini aniqlash;

  • ishlab chiqarish zararsizlik nuqtasini topish;

  • mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar turlari, ularni sotishning muvofiq hajmini rejalashtirish;

  • qo‘shimcha buyurtmalarni qabul qilish yoki rad etish;

  • baholarni shakllantirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish.

Strategik vazifalar uzoq muddatga mo‘ljallangan bo‘lib, quyida­gilardan iborat:

  • uzoq muddatli kapital qo'yilmalarni jalb qilish;

  • biznes tarkibini o‘zgartirish;

  • mahsulotlarning yangi turlarini o‘zlashtirish


Download 110.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 110.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I-BOB. BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISH

Download 110.5 Kb.