• Rivojlangan mamlakatlarda biznesni markazlashtirilmagan holda boshqarish tajribasi
  • - jadval Korxonada ichki xo‘jaiik hisobining turlari va ular o‘rtasidagi aloqadorlik




    Download 110.5 Kb.
    bet6/11
    Sana30.01.2023
    Hajmi110.5 Kb.
    #40119
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    anatatsiya
    Faza va nol farqi, zazemleniya, Yo\'l-yo\'l, Usnatdinov Islam Magliwmatlar strukturasi oz betinshe, Usnatdinov Islam Magliwmatlar strukturasi oz betinshe, Reja Mehnat unumdorligi va uning ahamiyati, Saliev mag.str word, essay, Qiziqarli fizika. PhysicsUzb , Atom yadro fizikasidan laboratoriya ishlari qo\'lanmasi, Nazirov Jamshid, 11-mavzu, Xf6v40aysSs CaTyRQfdkRubDxQNpheG (1), 26003769, 2-mavzu Sahna.
    1.1- jadval
    Korxonada ichki xo‘jaiik hisobining turlari va ular o‘rtasidagi aloqadorlik

    T/r

    Ko‘rsatkichlar .

    Bosbqarnv
    hisobi

    Ishlab
    chiqarish
    hisobi

    Xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxi kalkulatsiyasi

    1.

    Rejalashtirish
    (budjetlashtirish)

    +

    +

    -

    2.

    Taxminlash
    (prognozlash)

    +

    +

    -

    3.

    Ichki (segmentar) hisob va hisobot

    +

    -

    -

    4.

    Xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini aniqlash

    +

    +

    +

    5.

    Transfert bahoni shakllantirish

    +

    -

    -

    6.

    Istiqbolni belgilash

    +

    -

    -

    Jadvaldan ko'rinib turibdiki, boshqaruv hisobi ishlab chiqarish hisobidan kengroq boiib, o‘z ichiga ichki (segmentar) hisob va hisobot, transfer! bahoni shakllantirish hamda istiqbolni belgilash kabi hisobning yangi yo‘nalishlarini qamrab oladi.


    Zamonaviy ishlab chiqarish hisobi esa yuqoridagilardan tashqari quyidagi ko'rsatkichlarni ham o‘zida aks ettiradi:

    • xarajatlar va daromadlaming turlari;

    • javobgarlik markazlari bo‘yicha xarajatlar va daromadlar hisobi;

    • xarajatlar va daromadlami hisobdan chiqarish hisobi.



      1. Rivojlangan mamlakatlarda biznesni markazlashtirilmagan holda boshqarish tajribasi

    AQSH iqtisodiyotida biznes tarkibini o'zgartirish amaliyoti XIX asrning 50-60-yillarida korxonalarda markazlashgan boshqaravdan foyda, investitsiya kabi markazlarning huquq va majburiyatlarini oshirishga o'tilishi bilan boshlandi.
    Rivojlangan davlatlar tajribasiga ko‘ra, korxonalar o‘rtasidagi raqobat kurashining kuchayishi ishlab chiqarishning moslashuv- chanligi va samaradorligini oshirish, har qanday ichki va tashqi omillar ta’siriga tayyor turish kabi muhim vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi.
    Bunday sharoitda yirik korxonalar oldida vertikal integratsiyalashish darajasini haqqoniy baholash, uni pasaytirish imkoniyatlarini izlash, bo‘linmalarning xo'jalik mustaqilligini ta’minlash kabi vazifalar yuzaga keladi.
    G‘arb mamlakatlari tajribasining tasdiqlashicha, biznesni nomarkazlashtirishda korxona rahbariyati bozorni o‘rganish, ishlab chiqarishni boshqarish va nazorat qilish, tovar va xizmatlarni sotish to‘g‘risida yetarlicha axborotlar to‘plash borasida dastlabki marketing izlanishlarini amalga oshirmasdan iqtisodiy samaradorlikka erishishi qiyin.
    Marketing izlanishlari tovar (ish va xizmat)Iarni bozorda foydali sotish bo'yicha boshqaruv qarorlari qabul qilishda asos vazifasini bajaradi. Mazkur izlanishlar mahsulotlar sifati va bahosiga ta’sir etuvchi omillar hamda ishlab chiqarish va sotish ko'rsatkichlari (sotish hajmi va joyi, mol yetkazib beruvchilar, vositachilar va h.k.)ni ifoda etadi.
    Biznes tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha boshqaaiv qarorlari qabul qilishda quyidagilar marketing faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:

    • korxonaning istiqboili rivojlanish imkoniyatlarini tahlil qilish;

    • joriy biznes faoliyatiga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish;

    • korxonaning ichki biznes tarkibini tahlil qilish;

    • korxonaning faoliyat ko'rsatayotgan tashkiliy tuzilmasining iqtisodiy samaradorligini baholash.

    Korxonaning istiqboili rivojlanish imkoniyatlarini tahlil qilishda uning bozorda muayyan faoliyat turi bo‘yicha raqobatlashish darajasi aniqlanadi.
    AQSH iqtisodchisi, strategik boshqarish bo‘yicha Vetuk iqtisodchi olim М.I.Porter korxona biznesining rivojlanishiga olib keluvchi to‘rtta o‘zaro raqobatlashadigan iqtisodiy subyektni ajratadi
    Korxonalar o‘z biznes faoliyatini tashkil qilishda mol yetkazib beruvchilar to‘g‘risidagi zarur axborotlarni hisobga olishi zarur. Mol yetkazib beruvchilar korxonalar faoliyatiga yetkazib beriladigan mahsulotlarning bahosi va sifatining maqbulligini ta’mmlash orqali ta’sir ko'rsatadi.
    Bu omillaming ta’sir darajasi quyidagi holatlar bilan belgilanadi:

    • yetkazib beriladigan o‘rinbosar mahsulotlarning yo‘qligi;

    • mahsulot (tovar)laming korxona uchun ahamiyatliligi;

    • mol yetkazib beruvchilarning faoliyat doirasi (yirik yoki kichik korxona); .

    • sotuvchi-mol yetkazib beruvchi tizimida xaridorlarriing hissasi (agar bu hissa yuqori bo‘lmasa, sotuvchi baholarni oshirishi yoki mahsulot sifatini pasaytirishi mumkin).

    Biznesni boshqarishga ta’sir etuvchi mijoz va xaridorlarning o‘zaro aloqasi omili korxonalarga bozorda mustahkam o‘.rin egallash uchun dlstribterlik tizimini ishlab chiqishni talab qiladi. Mijoz va xaridorlarning korxona faoliyatiga ta’siri mahsulot (tovar, ish va xizmat)lar bahosini pasaytirish va ularning sifatini oshirish bilan bog‘liq.
    Ushbu omillarning ta’sir darajasi quyidagilar orqali ifoda- lanadi:

    • mijoz va xaridorlarning zarur axborotlar bilan ta’min- langanligi;

    • mahsulot (tovar, ish va xizmat)larning xaridor uchun nafliligi va h.k.

    Bozorda o‘rinbosar tovarlarning paydo bo‘lishi an’anaviy, zamonaviy talablarga javob bermaydigan tovarlarni siqib chiqaradi. Shuningdek, bu holat bozorda raqobat muhitini shakllantiradi va korxona biznesini boshqarishga yangi talablarni qo‘yadi, jumladan:

    • mahsulot (tovar)larning yangi turini ishlab chiqarishni taqozo etadi; ’

    • faol marketing tadqiqotlarini olib borish, tovarlar reklamasini samarali yo‘lga qo‘yish zaruratini yuzaga keltiradi;

    • mahsulot (tovar)larning bahosini pasaytirish orqali ularning raqobatbardoshligini ta’miniashni talab qiladi;

    • xaridor (mijoz)larga qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish, iste’molchilarni rag'batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishni taqozo qiladi.

    Rivojlangan mamlakatlar tajribasi biznesni samarali amalga oshirishda korporativ boshqaruvni joriy etish maqsadga muvo- fiqligini tasdiqlaydi.
    Korporativ boshqaruv tizimida faoliyat ko‘rsatuvchi tuzil- malarning shakllanishi yirik va o‘rta korxonalarning vujudga kelishi bilan bog'liq iqtisodiyotni kapitalizatsiyalash jarayonining bosh- lanishidir. Korporativ boshqaruvning asosini korporatsiya, xolding. kabi tuzilmalar tashkil etadi. .
    «Korporatsiya» (lot. corporatio — birlashma) biznesni tashkil etishning maxsus shakli bo‘lib, u umumiy maqsadlarga erishish, birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun birlashgan va huquqiy mustaqil subyektlar yig'indisidan iborat bo‘ladi. Ko‘pchilik hollarda korporatsiyalar aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi va menejerlar tomonidan boshqariladi.
    Korporativ boshqaruv konsepsiyasi dastlab Britaniyada XIX- asrda ishlab chiqilgan. Korporativ boshqaruvning o‘ziga xos jihatlari quyidagilardan iborat:

    • korporativ boshqaruv tuzilmasi ko‘p pog‘onali bo‘lib, nisbatan murakkabligi bilan ajralib turadi;

    • boshqaruv jarayoniga (strategiyasi va taktikasi) tegishli mexanizm orqali (aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, kuzatuv kengashi) ta’sir eta olish imkoni mavjud;

    • mulkdorning korxonaga egalik qilishi, biroq, uning korxonani joriy boshqarishga bevosita aralasha olmasligi;

    • ishlab chiqarishni boshqarish yollanma boshqaruvchilar tomonidan amalga oshirilishi, aksiyadorlarga esa nazorat qilish funksiyasi yuklatilishi;

    • aksiyadorlarning soni cheklanmaganligi, bu holat yirik investorlarga korxona boshqarish va nazorat qilish imkonini beradi.

    Jahon tajribasi boshqaruvni tashkil qilishning aksiyadorlik shakli yuqori samaraga ega ekanligini isbotlaydi.
    Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarish hajmining asosiy qismi aksiyadorlik jamiyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Masalan, GFRda aksiyalarning umumiy qiymati quyidagicha taqsimlanadi: fuqarolarda — 20 %, korxona va firmalarda — 40 %, sug‘urta tashkilotlarida — 12 %, banklarda — 9 %, davlatda — 6 %, xorijiy mulkdorlarda — 13 %. Xodimlar, odatda, o‘z korxonalari aksiyalarini birja (bozor) kursidan arzon narxda sotib olishadi. AQSHda arzonlashtirish 10 foizni, Buyuk Britaniyada 37 foiz- gachani tashkil qiladi. GFRning «Simens» elektronika firmasi aksiyalarining 47 foizi, «Folksvagen« avtomobil kompaniyasining esa 36 foiz aksiyalari xodimlarga tegishli.
    Korporativ shaklidagi tuzilmalarning rivojlanishini tahlil qilishda ularning afzallik va kamchilik jihatlarini inobatga olish zarur (4.6-jadval).

    Korporatsiyalarning afzalliklari va kamchiliklari

    Afzalliklar

    Kamchiliklar

    Aksiyadoriar korporatslyaning qarzlari bo'yi­cha, korporatsiya esa aksiyadoriarning qarzlari bo'yicha shaxsiy javobgarlikka ega emas

    Korporatsiya mulkdorlarining ikki tomonlamasoliqqa tortilishi

    Yirik va mayda sarmoyadorlarni jalb etish yoii bilan kapitalni tezda yig'ib olish imkoniyati mavjud

    Yakka tadbirkorlik yoki hamkor- likka nisbatan korporativ faoliyat- ning ancha qat’iy tartibga solinishi

    Aksiyalar egalari almashishi munosabati bilan korporatsiyaning faoliyati to‘xtab qolmaydi .

    Aksiyadoriar uchun korpo- ratsiyani joriy boshqarishda cheklanishlarning mavjudligi


    Korporativ tuzilmalaming asosiy turlaridan biri molding kompaniyasi hisoblanadi. Xolding (angl.) — boshqa kompaniyalar faoliyatini nazorat qilish va boshqarish maqsadida ular aksiyalarining nazorat paketiga ega bo'lgan kompaniyadir. Amaliyotda sof va aralash xolding turlari mavjud.
    Sof xolding aksiyalar nazorat paketiga egalik qila turib, boshqa korxonalar faoliyatini nazorat qilish va boshqarish bilan shug‘ul- lanadi. Aralash xolding muayyan sohada (sanoat, savdo, transport va h.k.) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi.
    Xoldingning tarkibiga kiruvchi korxonalar shu’ba korxona bo‘lib, mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi.
    Aksiyalar (paylar, ulushlar)ning nazorat paketi deganda korxona ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida va uning boshqaruv organlarida muayyan qarorlarning qabul qilinishi yoki rad etilishini ta’minlovchi, korxona kapitalida ishtirok etishning istalgan shakli nazarda tutiladi. Aksiyalarning nazorat paketlari to‘g‘risidagi qaror monopoliyaga qarshi organ tomonidan qabul qilinadi va tartibga solinadi.
    Xolding aktivlari quyidagilardan tashkil topadi:

    • qimmatli qog‘ozlar;

    • muassislar tomonidan shartnoma asosida berilgan, shuning­dek, xolding m^blag‘lari hisobidan xarid qilingan aktivlar;

    • pul mablagiari va h.k.

    Xoldinglar qisman yoki to‘liq xorijiy sarmoya asosida, shuningdek, xorijiy korxonalar aksiyalari nazorat paketlarini sotib olish yo‘li bilan ham tashkil qilinadi.
    Xoldingning aktivlari tarkibiga shu’ba korxonalari aksiyalarining nazorat paketlari bilan bir qatorda aksiyalarning teng (paritet) paketlari (ikkita ishtirokchi bo‘lganda 50 foiz) va boshqa xo‘jalik jamiyatlari kapitalidagi ishtirok paketlari (aksiyalarning nazoratsiz paketlari) kiritilishi mumkin.
    Shu’ba korxonalar o‘z majburiyatlari bo‘yicha ularga tegishli mol-mulk, shu jumladan bosh xoldingga tegishli bo‘lgan aksiyalar nazorat paketining qiymati bilan javob berishadi.
    Xolding kompaniyalarining tashkil etilishi moddiy, moliyaviy resurslaming integratsiyalashuviga erishish, ularni yirik investitsiya dasturlarini amalga oshirish uchun yo‘naltirishga ko‘maklashadi.
    Xolding korxonalarni alohida faoliyat turlari bo‘yicha, amaldagi monopoliyaga qarshi me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga asoslangan holda birlashtiradi.
    Xoldingni tashkil etish bosh kompaniya balansini taqsimlashni har tomonlama asoslangan tartib bo'yicha amalga oshirish, ta’sis hujjatlarini ishlab chiqish va ularni aksiyadoriar umumiy yig'ilishida tasdiqlash kabi bosqichlardan iborat.
    Bosh va shu’ba korxona o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi. Ta’sis shartnomasida bosh va shu’ba korxona o‘rtasida balansning taqsimlanish tartibi belgilanadi, asosiy va aylanma mablaglar hajmi, shu’ba korxonasining aylanma mablag'larini to‘ldirishning umumiy asoslari belgilanadi.
    Respublikamizda xolding kompaniyalarini shakllantirish ularning afzalliklari va kamchiliklarini taqqoslashga bevosita bog‘liq.
    Odatda, xoldinglarning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun mustahkam ichki iqtisodiy aloqalar zarur hisoblanadi. Bunga esa uning barcha bo£linmalarini birlashtirish, tashkil etish va boshqarish orqali erishiladi.
    Bunday tizimli yondashuvga asoslangan boshqaruvni tashkil etish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

    • maqsad va vazifalarni belgilash;

    • ish turlari va hajmini aniqlash maqsadida vazifalarni guruhlarga bo‘lish;

    • javobgarlikni taqsimlash va boshqarish iyerarxiyasida darajalar sonini aniqlash;

    • korxonani qo‘yilgan maqsadga erishishi uchun xodimlarni rag'batlantiradigan muhitni shakllantirish;

    • boshqaruv qarorlarini qabul qilish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirishni ta’minlovchi kommunikatsiya tizimini loyihalash.


    Xolding kompaniyalanning afzaUik va kamchiliklarining qiyosiy tavsifi

    Afzaffiklar

    Kamcfailiklar

    Ishlab chiqarishni kooperatsiyalashuvining rivojlanishi

    Turli tadbirlar bilan bog‘liq xarajatlarning ko‘pligi

    Aksiyalar. bozorida faol qatnashish imkoni

    Har bir korxonaning alohida taftish qilinishi



    Bozordagi raqobatda ustunlikka erishish

    Shuba korxonalarining hisobot- lami har yili katta xarajat sarflab elon qilishga majburligi

    Uzoq muddatli investitsiya dasturlarining amalga oshirilishi

    Monopoliya va raqobatning chegaralanishiga moyillik

    Sarmoyadorlar uchun alohida korxonalarga qaraganda imtiyozlarning ko'pligi

    Bozoming muayyan segmentlariga egalik qilish investitsiyalardan samarali foydalanishga to‘sqinlik qiladi

    Shu’ba korxonalari o‘rtasida raqobatni yumshatish

    Xolding ichidagi raqobatga barhamberilishi iqtisodiy turg'unlikka olib kelishi mumkin

    Hisob yuritish va moliyaviy hisobotning birlashtirilishi

    Oddiy aksiyadorlar uchun ayrim masalalarni hal etishning murakkabligi

    Ishlab chiqarish xarajatlaridagi tejamkorlik

    Baho shakllanishining nazorat qilinishi mustaqil korxonalarni bankrotlikka olib kelishi mumkin

    Resurslaming mobilligini oshirish

    Samarasiz korxonalar faoliyatining qo'llab-quwatlanishi

    Malakali xodimlar

    Xolding afzalliklaridan keng foydalanish imkoniyati ning yetishmasligi

    Mazkur boshqaruvni tashkil etishning muhim elementi bu uning tuz.ilmasidir. Korporatsiyaning tashkiliy tuzilmasiga ilmiy- texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy omillar tasir korsatadi. Boshqaruvni har xil darajalaridagi vakolatlami taqsimlash boshqaruv jarayonining samaradorligiga sezilarli darajada tasir etadi.
    Korporatsiya faoliyatining tashkiliy jihatlari uning maqsadi va strategiyasi bilan aniqlanadi.
    Maqsad bu — korporatsiyaning kelajakdagi holatidir. Maqsad aniqlangandan so‘ng uning strategiyasi ishlab chiqiladi. Kor­poratsiya o‘z strategiyasini ishlab chiqishda moslashuvchan bo‘lishi lozim. Bunda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlaming zamonaviy talablarga javob bermay qolishi, texnologiyalarni yangilash zamratining yuzaga kelishi hollarida korxona mahsulot nomenklaturasini takomillashtirish orqali bozordagi o'zgarishlarga tezda moslashishi zarur.
    Jahon tajribasida korporatsiyani boshqarishda asosan 4 daraja farqlanadi.
    Birinchi darajada korporatsiyani boshqarishning umumiy siyosati ishlab chiqiladi. Ikkinchisida esa boshqarish va uni muvofiqlashtirish amalga oshiriladi. Uchinchi darajada xizmat ko‘rsatish va maslahatlar berish bo'linmalari tuziladi.
    Korporatsiyani boshqarishning to‘rtinchi darajasi boshqaruv jarayonini amalga oshirishga mo‘ljallangan.
    AQSH korporatsiyalarida umumiy rahbarlikni amalga oshimvchi direktorlar kengashi icliki va tashqi a’zolardan iborat.
    Ichki direktorlarga qat’iy belgilangan ma’muriy-boshqaruv vazifalarini bajaruvchilar kiradi. Ularni, odatda, «boshqaruvchi direktorlar» yoki boshqaruv tizimiga mansubligi sababli, «top- menedjerlar» deb ham atashadi.
    Tashqi direktorlar — bu aksiyalarning asosiy egalari bo‘lgan boshqa yirik firmalar, moliyaviy muassasalaming vakillaridir.
    Agar icliki direktorlar muayyan miqdorda maosh olishsa, tashqi direktorlar faqatgina kengashning har bir majlisi uchun mukofot olishadi.
    Boshqaruv kengashi tarkibida tashqi direktorlar sonini belgilash va ko‘paytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu holat korxona rahbariyati tomonidan uning faoliyatini baholashga haqqoniy yondashish imkonini beradi. Shu sababli, Nyu-York fond birjasida kotirovkaga kengash tarkibida kamida uchta, taftish komissiyasida esa kamida beshta tashqi direktorga ega boigan korxonalarning aksiyalariga ruxsat etiladi.
    Rivojlangan mamlakatlar korxonalari kuzatuv kengashlari tarkibida tafovutlar mavjud. Bu ularning vazifalaridagi farqlarga emas, balki aksiyadorlarning tarkibi va sonidagi farqlarga hamda tarixiy sabablarga bogliq.
    Masalan, AQSH tarixida kuzatuv kengashining tashqi a’zolari bir vaqtning o‘zida boshqa korxonalarning boshqaruvchilari bo‘lish- gan edi. Mazkur holat hozirgi kunda ham tez-tez uchrab turadi.
    AQSHda yuqori texnologiyali korxonalarda kuzatuv kengashi­ning tashqi a’zolari ilmiy muassasalaming xodimlari ham bo‘lishi mumkin. Yirik korxonalarda ular turli «jamiyatlar»ning a’zolari hisoblanishadi. AmitiG, kuzatuv kengashi a’zolarining uchdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha korxona boshqamvining a’zolaridan iborat boMishi talab qilinadi. ^
    Oz tarkibida sanoat tuzilmalarini birlashtiruvchi tashqi azolarga ega bolgan kuzatuv kengashlarining ustunlik tomonlari shundan iboratki, ular orqali korxona boshqaruvini baholashni sanoat sohasida yetarlicha ish tajribasiga ega boimagan kengash azosiga qaraganda muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin. Kengashning tashqi a’zolari, shuningdek, boshqaruvni kelgusi rivojlantirish borasida ham maslahatlar berishlari mumkin.
    Britaniyada korxona kuzatuv kengashlarining tarkibi ko‘p jihatdan AQSH korxonalari amaliyoti bilan o‘xshash, lekin Britaniyada kuzatuv kengashi raisi kengashning mustaqil a’zosi hisoblanadi. Ikkinchidan, kuzatuv kengashida korxona boshqa- ruvining ko£p a’zolari ishtirok etishadi.
    Germaniya korxonalarida esa amaldagi qonunchilikka muvofiq, kuzatuv kengashi tarkibida korxona boshqaruvining vakillari qatnashmaydi. Bunda faqat aksiyadoriar va korxona xodimlari kengashning a’zolari hisoblanadilar.
    Shuningdek, Germaniyada banklar yirik kompaniyalarning aksiya paketlariga egalik qiladi va kuzatuv kengashi tarkibiga kiradi. AQSHda banklar uchun kompaniyaning aksiyadori bo4ish taqiqlangan.
    Germaniyaning yirik kompaniyalarida 1949- yildan boshlab kengashlarning deyarM 50 foizi kompaniyalar xodimlaridan tashkil etiladigan bo'ldi.
    jahon tajribasidan ma’lumki, xolding kompaniyalarida biznesni qayta tarkiblashni amalga oshirishning istiqbolli yo£nalishlaridan biri xolding tarkibiga bank va boshqa moliya tuzilmalarini kiritgan holda uni moliya-sanoat guruhiga aylantirishdir.
    Moliya-sanoat guruhlari (MSG) moliyaviy, ishlab chiqarish va tovar kapitalini qayta ishlab chiqarish, jamg£arish va uni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo‘naltirishni ta’minlovchi davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Ularni tuzish asoslarini «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadoriar huquq- larini himoya qilish to‘g£risida»gi 0‘zbekiston Respublikasi Qonuni,
    Moliya-sanoat guruhlari to‘g‘risidagi Nizom, shuningdek, monopoliyaga qarslii qonun hujjatlari taslikil etadi.
    MSGda ishtirok etish korxonalarga quyidagi afzalliklami beradi:

    • istiqboili dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun investitsiyalarni birlashtirish;

    • ilmiy-tekshirish ishlarini olib borish, yangi texnologiyalami yaratish maqsadida ilmiy-tadqiqot bo‘linmalarini saqlab turish uchun zarur resurslarni to‘plash;

    • investitsiyalarni kam rentabelli tarmoqlardan foydali tarmoqlarga o‘tkazish imkoniyati;

    • investitsiyalarni amalga oshirish uchun kredit resurslari bilan ta’minlash;

    • bozorni tadqiq qilish, mahsulot va xizmatlarni sotishni yaxshilash uchun yagona marketing xizmatini tashkil etish;

    • yagona ta’minot xizmatini barpo etish va guruhning barcha . korxonalari uchun ulgurji xarid qilish orqali ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkoniyatlarini yaratish va h.k.

    Banklar uchun MSGda ishtirok etishning jozibadorligi ishlab chiqarish faoliyatida bevosita ishtirok etish, o‘z navbatida foyda olishning yangi manbalariga ega boiish, bank faoliyatini kengaytirish va tabaqalashdan iborat.
    Kelgusida MSGga kirishdan pensiya jamg'armalari, investitsiya va sug‘urta kompaniyalari ham manfaatdordir. Bunda zaxiralarni yuqori daromadli aktivlarga investitsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi nodavlat pensiya jamg‘armalari uchun pensiya miqdorini oshirish maqsadi qo‘yiladi.




    Download 110.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 110.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - jadval Korxonada ichki xo‘jaiik hisobining turlari va ular o‘rtasidagi aloqadorlik

    Download 110.5 Kb.