• Boshqaruv va ishlab chiqarish hisobi o‘rtasidagi bog‘liqlik
  • Boshqaruv hisobining tarixiy shakllanishi




    Download 110.5 Kb.
    bet5/11
    Sana30.01.2023
    Hajmi110.5 Kb.
    #40119
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    anatatsiya
    Faza va nol farqi, zazemleniya, Yo\'l-yo\'l, Usnatdinov Islam Magliwmatlar strukturasi oz betinshe, Usnatdinov Islam Magliwmatlar strukturasi oz betinshe, Reja Mehnat unumdorligi va uning ahamiyati, Saliev mag.str word, essay, Qiziqarli fizika. PhysicsUzb , Atom yadro fizikasidan laboratoriya ishlari qo\'lanmasi, Nazirov Jamshid, 11-mavzu, Xf6v40aysSs CaTyRQfdkRubDxQNpheG (1), 26003769, 2-mavzu Sahna.
    Boshqaruv hisobining tarixiy shakllanishi
    Respublikamizda boshqaruv hisobini alohida fan sifatida rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilash uning tarixiy shakllanish jarayonini o‘rganish zaruratini yuzaga keltiradi.
    Boshqaruv hisobi buxgalteriya hisobi tarkibida mustaqil fan sifatida rasman 1972-yilda tan olindi. Bu paytda buxgalterlarning Amerika assotsiatsiyasi tomonidan boshqaruv hisobi bo‘yicha bitimvchilarga buxgalter-tahlilchi malakasini beradigan diplomli dasturi ishlab chiqilgan edi. Binobarin, mustaqil o'quv fani sifatida boshqaruv hisobi oliy o‘quv yurtlarining o‘quv rejasiga kiritilgan edi. Uning paydo bo‘lishi hamda shakllanishi kalkulatsiya va ishlab chiqarish hisoblarining rivojlanishi bilan bog‘liq.
    Kalkulatsiya hisobi xo‘jalik hisobi paydo bo‘lishi bilan bir vaqtning o‘zida kelib chiqqan va tovar almashuv muomalalari natijasi bo‘lib hisoblangan. «Kalkulatsiya» so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, so‘zma-so‘z tarjimada «calcul» — toshcha, ya’ni «toshchalar bilan sanash» ma’nosini anglatadi. Ikkiyoqlama yozuvning paydo bo‘lishi kalkulatsiya hisobining rivojlanishini yanada yuqoriroq pog‘onaga ko‘tardi. Korxonaning umumiy buxgalteriyasi tarkibida kalkulatsiya hisobining ajratib ko'rsatilishi esa buxgalteriya hisobini yanada takomillashtirish imkonini berdi.
    Bozor munosabatlari sharoitida buxgalteriya hisobini mukam- mallashtirish, jumladan axborotlami o‘z vaqtida foydalanuvchilarga yetkazish, tijorat sinning saqlanishini ta’minlash, korxona buxgalteriyasini ikki mustaqil qism: moliyaviy va kalkulatsiya hisobiga bo‘linishini shart qilib qo'ydi. Bu tarzda buxgalteriyaning mustaqil qismlarga boMinishi moliyaviy hisobni markazlashtirish va kalkulatsiya hisobini esa nomarkazlashtirishga sabab bo'ldi. Natijada, kalkulatsiya hisobi o‘z vazifalariga ega bo‘la boshladi va boshqaruv jarayonini tezkor-tahliliy axborot bilan ta’minlash, korxona bo‘linmalari xarajatlari va daromadlarini nazorat qilish imkoniyatini yaratdi.
    Ushbu omillar xarajatlar me’yorlari, mahsulotning normativ kalkulatsiyasini ishlab chiqish, haqiqiy xarajatlarning me’yoriy xarajatlarga muvofiqligini tezkor nazorat qilish, mavjud chetla- nishlarni aniqlash va bartaraf qilishga imkon tug‘dirdi hamda tannarxning shakllanish jarayonini boshqarishning chetlanishlar bo'yicha boshqaruv usuli yuzaga keldi.
    XX asrning 40-yillari oxirida AQSH va G‘arbiy Yevropaning ayrim mamlakatlarida «ishlab chiqarish hisobi» atamasi asta-sekin «boshqaruv hisobi» atamasiga almashina boshladi. Bu davrda buxgalteriya hisobi boshqamv siyosatining shakllanishi va amalga oshirilishida faol ishtirok eta boshladi, buxgalterlar esa taxminlash, rejalashtirish, boshqaruv qarorlari qabul qilish va korxona boshqamv xizmatlarini axborot bilan ta’minlash ustidan nazorat o‘matish sohasida faoliyat yurita boshladilar.
    Boshqaruv va ishlab chiqarish hisobi o‘rtasidagi bog‘liqlik
    Ishlab chiqarish hisobi ishlab chiqarish xarajatlari va korxona daromadini boshqarish va ishlab chiqarish rentabelligini oshirish imkoniyatlarini aniqlashda namoyon boladi. U korxonada mahsulot islilab chiqarish va sotish bilan bog‘liq barcha masalalarni batafsil aks ettirishi lozim.
    Boshqaruv va ishlab chiqarish hisobi o‘rtasidagi o‘zaro bog'liqlikni jadvalda quyidagicha ifodalash rnumkin (1.1-jadval).

    Download 110.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 110.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshqaruv hisobining tarixiy shakllanishi

    Download 110.5 Kb.