• Savdo va sanoat korxonalarida integratsiyalashgan hisob tizimini joriy etishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish
  • Savdo va sanoat korxonalarida integratsiyalashgan hisob tizimini avtomatlashtirishning xususiyatlari




    Download 110.5 Kb.
    bet9/11
    Sana30.01.2023
    Hajmi110.5 Kb.
    #40119
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    anatatsiya
    Faza va nol farqi, zazemleniya, Yo\'l-yo\'l, Usnatdinov Islam Magliwmatlar strukturasi oz betinshe, Usnatdinov Islam Magliwmatlar strukturasi oz betinshe, Reja Mehnat unumdorligi va uning ahamiyati, Saliev mag.str word, essay, Qiziqarli fizika. PhysicsUzb , Atom yadro fizikasidan laboratoriya ishlari qo\'lanmasi, Nazirov Jamshid, 11-mavzu, Xf6v40aysSs CaTyRQfdkRubDxQNpheG (1), 26003769, 2-mavzu Sahna.
    2.1. Savdo va sanoat korxonalarida integratsiyalashgan hisob tizimini avtomatlashtirishning xususiyatlari
    Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar boshqaruv hisobida zamonaviy kompyuter texnologiyalari va dasturlaridan foydalanish hisob tizimi oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
    Boshqaruv hisobining integratsiyalashgan hisobini samarali joriy etish korxonalar hisob tizimida kompyuter texnologiyalarining qo'llanilish darajasiga bog‘liq. Bunda korxona bo‘linmalari faoliyatini avtomatlashtirish orqali qo‘lda bajariladigan qog'oz va yozuv-chizuv ishlarini kamaytirish, zarur hollarda tezkor boshqaruv axborotlarini olish imkoniyati yaratilishi lozim. Ushbu masalani hal qilish uchun korxona boshqaruvi va bo‘linmalar o‘rtasida o'zaro bog‘langan, yagona kompyuter tizimi (to‘ri) o'rnatiladi hamda ma’lumotlami tezkor uzatish yo‘lga qo'yiladi.
    Savdo korxonalarida integratsiyalashgan hisob tizimida kom­pyuter texnologiyalarini qo‘llash quyidagi faoliyatga nisbatan tatbiq etiladi:

    Savdo va sanoat korxonalarida integratsiyalashgan hisob tizimini joriy etishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish
    — ulgurji tovarlar yetkazib berish;

    • boshqa xizmatlarni ko‘rsatish.

    Bunda barcha xo‘jalik muomalalari kompyuter dasturlarida quyidagi belgilarga ajratilgan holda ifodalanadi:

    • faqat boshqaruv hisobida aks ettiriladigan xo‘jalik muomalalari;

    • faqat moliyaviy hisobda aks ettiriladigan xo‘jalik muomalalari;

    • moliyaviy va boshqaruv hisobida aks ettiriladigan xo‘jalik muomalalari.

    Savdo korxonalarida integratsiyalashgan boshqaruv hisobini olib borish uchun kompyuter dasturi yordamida quyidagilar bajariladi:

    • xo‘jalik muomalalarini ro‘yxatga olish uchun tegishli anaiitik schotlar aniqlanadi;

    • dasturga mahsulot (tovarlar), pul mablag‘lari qoldiqlariga doir ma’lumotlar kiritiladi;

    • moliyaviy va boshqaruv hisoboti shakllarini tuzish amalga oshiriladi;

    • analitik schotlar va hisobot shakllari ma’lumotlarini qayta ishlash orqali zarur boshqaruv axborotlari tayyorlariadi hamda foydalanuvchilarga taqdim etiladi.

    Savdo va sanoat korxonalarida integratsiyalashgan hisobni avtomatlashtirishning muhim xususiyatlaridan biri u orqali korxona budjetining turli muddatlar uchun osongina tuzish imkoniyatining mavjudligidir. Shuningdek, avtomatlashtirilgan tizim asosida zarur muddat uchun kelgusi daromad va xarajatlar budjetini tuzish, amalga oshiriladigan to‘lovlarni doimiy ravishda kuzatib borish, smetalarining bajarilishini tahlil qilish, korxonani istiqboili rivojlantirishni nazarda tutuvchi moliyaviy (biznes) rejalarni ishlab chiqish mumkin.
    Integratsiyalashgan hisob tizimida biznes rejalashtirish aniq belgilangan oraliqda amalga oshiriladi. Biznes rejalashtirishda budjetlar bir martalik (asosiy vositalarni sotib olish) va takrorla- nadigan (budjetga soliq to‘lovlari, ijara to‘lovlarini amalga oshirish) xo‘jalik muomalalari asosida tuziladi.
    Takrorlanadigan xo'jalik muomalalarini rejalashtirish belgi­langan sana va hafta kunlari bo£yicha amalga oshiriladi. Bunda har bir xo‘jalik muomalalari kompyuter dasturida alohida ro‘yxatga olinadi. Mazkur kompyuter dasturlari o'tgan hisobot davrlaridagi xo‘jalik muomalalari asosida strategik rejalar tuzish imkonini beradi.
    Integratsiyalashgan hisob tizimida kompyuter dasturlaridan foydalanishning afzalligi shundaki, unda oldingi davrlar uchun tuzilgan budjetlarga avtomatik ravishda tuzatishlar kiritish imkoniyati mavjud. Moliyaviy reja (budjet)ga kiritilgan xo‘jalik muomalalari bo‘yicha dastlabki va yig‘ma hujjatlar tayyorlanadi.
    Ushbu kompyuter dasturining yakuniy qismida moddiy va pul mablag‘larining rejalashtirilayotgan davr oxiriga bolgan qoldiqlari aniqlanadi.
    Shunday qilib, savdo va sanoat korxonalari boshqaruv hisobini integratsiyalashgan tizim bo‘yicha tashkil etishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish korxona hisob tizimida tegishli budjetlarning to‘g‘ri tuzilganligi, to’lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilganligi ustidan samarali nazorat o‘rnatish imkonini beradi.

    Download 110.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 110.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Savdo va sanoat korxonalarida integratsiyalashgan hisob tizimini avtomatlashtirishning xususiyatlari

    Download 110.5 Kb.