II-BOB. BOSHQARUV HISOBINI TASHKIL ETISH




Download 110.5 Kb.
bet7/11
Sana30.01.2023
Hajmi110.5 Kb.
#40119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
anatatsiya
Faza va nol farqi, zazemleniya, Yo\'l-yo\'l, Usnatdinov Islam Magliwmatlar strukturasi oz betinshe, Usnatdinov Islam Magliwmatlar strukturasi oz betinshe, Reja Mehnat unumdorligi va uning ahamiyati, Saliev mag.str word, essay, Qiziqarli fizika. PhysicsUzb , Atom yadro fizikasidan laboratoriya ishlari qo\'lanmasi, Nazirov Jamshid, 11-mavzu, Xf6v40aysSs CaTyRQfdkRubDxQNpheG (1), 26003769, 2-mavzu Sahna.
II-BOB. BOSHQARUV HISOBINI TASHKIL ETISH

2.1 Boshqaruv hisobini tashkil etishning avtonom va integratsiyalashgan vaziyatlari
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobini rivojlan­tirish ularda boshqaruv hisobini tashkil etishning istiqboili usullaridan foydalanishga bevosita bog‘liq.
Xalqaro tajribada korxonalarda boshqaruv hisobini tashkil etishning quyidagi ikki tizimi mavjud:

  • avtonom;

  • integratsiyalashgan.

Integratsiyalashgan va avtonom hisob tizimlarini tashkil etish maqsadi, tarkibi, tamoyillari va vazifalari hamda ularni kompyuterlashtirilish darajasi korxonaning yagona hisob yuritish siyosatida belgilab qo'yiladi.
Boshqaruv hisobini tashkil etishning avtonom tizimining xususiyati shundaki, unda moliyaviy va boshqaruv hisobi chegaralari aniq belgilangan bo’ladi. Bunga ko‘ra, moliyaviy hisobda xarajatlar iqtisodiy elementlari bo‘yicha, boshqaruv hisobida esa kalkulatsiya moddalari bo‘yicha tasniflanadi. Boshqaruv hisobida xarajatlar hisobini olib borish uchun 9100 — «Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar tannarxi hisobi schotlari», 9400 — «Davr xarajatlari hisobi» kabi tranzit schotlardan foydalaniladi.
Moliyaviy hisob sintetik hisobni tashkil etish uchun mo‘ljallanganligi sababli, u mahsulotlar ishlab chiqarish, ish va xizmatlar bajarishga sarflangan xarajatlar summasini aniqlaydi, ammo ularni paydo bo‘lish jarayonini hisobga olmaydi.
Boshqaruv hisobi esa bu kabi jarayonlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.
Savdo korxonalarida avtonom hisob tizimini tashkil etishda mah­sulot sotishdan olingan tushum moliyaviy hisobda ham boshqaruv hisobida ham aks ettiriladi. Bunda moliyaviy hisob xarajat va daromadlar hisobini olib boradi. Bu holat hisob axborotlaridan tashqi foydalanuvchilar uchun soliq tolovlari haqidagi ma’lumotlarni olishga yordam beradi.
Boshqaruv hisobini yuritishning avtonom tizimida 9910— «Yakuniy moliyaviy natija» schotida ishlab chiqarish faoliyatidan olingan moliyaviy natija maijinal foyda va daromad ko‘rinishida hisobga olinadi.
Moliyaviy hisobda 9910 — «Yakuniy moliyaviy natija» schotida balans foydasi shakllanib, u nafaqat asosiy faoliyatdan olingan foyda, balki boshqa faoliyatdan olingan foyda (daromad)larni ham qamrab oladi. Moliyaviy hisobda tovar-moddiy zaxiralar hisobot yili oxirida inventarizatsiyadan o‘tkazilgandan so‘ng ro‘yxatga olinadi.
Moliyaviy natijani aniqlashda esa sotishdan olingan sof tushumga yil oxiridagi TMZlar qiymati qo‘shilib, sarflangan barcha xarajatlar ayiriladi.
Integratsiyalashgan hisob tizimida xo‘jalik muomalalarini ifodalashda tranzit schotlardan emas, balki yagona schotlar tizimidan foydalaniladi. Bunda qoldiqqa ega bo‘lgan schotlar bir vaqtning o‘zida ham moliyaviy hisobga, ham boshqaruv hisobiga tegishli boiadi.
Korxonalarda integratsiyalashgan hisob tizimi oldiga quyidagi vazifalar qo'yiladi:

  • buxgalteriya hisobining markazlashgan tizimini yaratish;

  • moliyaviy, boshqamv va ishlab chiqarish hisobini yuritish hamda ularni o‘zaro muvofiqlashtirish;

  • tezkor boshqaruv axborotlarini olish uchun hujjatlar ayla- nishini tashkil etish;

  • hisob tizimini avtomatlashtirish;

  • boshqamv axborotlarining maxfiyligini ta’minlash;

  • samarali boshqaruv qarorlari qabul qilish imkonini beradigan hisobotlar tizimini ishlab chiqish;

  • korxona iqtisodiy, ishlab chiqarish bo‘linmalari faoliyatini budjetlashtirish va moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilish;

  • moddiy, moliyaviy va' mehnat resurslaridan foydalanish ustidan nazorat o‘rnatish.

Korxonalarda buxgalteriya hisobi xizmatining markazlashgan tizimi quyidagicha bo‘ladi (6.1-chizma).





Download 110.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 110.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II-BOB. BOSHQARUV HISOBINI TASHKIL ETISH

Download 110.5 Kb.