Korxonada buxgalteriya xizmatining tashkil etilishi




Download 110.5 Kb.
bet8/11
Sana30.01.2023
Hajmi110.5 Kb.
#40119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
anatatsiya
Faza va nol farqi, zazemleniya, Yo\'l-yo\'l, Usnatdinov Islam Magliwmatlar strukturasi oz betinshe, Usnatdinov Islam Magliwmatlar strukturasi oz betinshe, Reja Mehnat unumdorligi va uning ahamiyati, Saliev mag.str word, essay, Qiziqarli fizika. PhysicsUzb , Atom yadro fizikasidan laboratoriya ishlari qo\'lanmasi, Nazirov Jamshid, 11-mavzu, Xf6v40aysSs CaTyRQfdkRubDxQNpheG (1), 26003769, 2-mavzu Sahna.
Korxonada buxgalteriya xizmatining tashkil etilishi
Amaliyotda korxonalarda tijorat sirining maxfiyligini ta’minlash uchun moliyaviy hisob schotlarida faqat qoldiqlar ko‘rsatilib, boshqaruv hisobi schotlarida esa xo'jalik muomalalari to‘lig‘icha aks ettiriladi.
Korxonalarda o‘zaro iqtisodiy aloqadorlikda bo‘lgan javobgarlik markazlari va biznes segmentlari o‘rtasida yagona axborotlar bazasini shakllantirish, quyi boMinmalar (sexlar, omborlar) o‘rtasida axborot almashinuvi hamda oqilona hujjatlar aylanmasini ta’minlash chora- tadbirlarini ishlab chiqish integratsiyalashgan hisob tizimini shakllantirishga bog'liq.
Umuman olganda, korxonalarda quyidagi holatlar integ­ratsiyalashgan hisob tizimni tashkil etishga asos bo‘ladi:

  • korxona faoliyatida moddiy, moliyaviy va mehnat resurslarini boshqarishning markazlashtirilgan, amaliy jihatdan asoslangan mexanizmi mavjud bo'lmaganda;

  • korxona bo‘linmalari o‘rtasida hujjatlar aylanishi samarali bo'lmaganda;

  • korxonaning boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan shartnomalar tuzish va boshqa iqtisodiy munosabatlarga kirishishini ta’minlab beruvchi axborotlar manbayi shakllantirilmaganda;

  • boshqaruv qarorlari asosan rahbariyat tomonidan tahlillarsiz qabul qilinganda;

  • korxonalarda boshqaruv hisobi qo‘lda, ya’ni jurnal-order shaklida olib borilganda;

  • investitsiya qarorlarini qabul qilishda korxona rahbariyati tomonidan resurslar asossiz ravishda ishlatilganda;

  • buxgalterlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbariyatga bo‘ysunib, natijada ular xoldingning umumiy foydasini hisobga olmasdan boshqaruv hisobini olib borganda;

  • korxonalarda soliqlami rejalashtirishning markazlashgan tizimi mavjud bo‘lmagan va bu holat budjetga katta miqdorda soliqlami to‘lashga olib kelganda.

Bu holatlar integratsiyalashgan hisob tizimini joriy etishdan maqsad korxona rahbariyatining to‘liq, ishonchli va tezkor axborot olishi, ularni tahlil qilishi hamda shu asosda to‘g‘ri boshqaruv qarorlari qabul qilishi uchun mo‘ljallangan bo'lishi zarurligini anglatadi.
Integratsiyalashgan hisob tizimida axborotlarni qayd etish, to‘plash va-qayta ishlash korxonaning quyi bo‘linmalari (sexlar)dan boshlanadi. Shundan so‘ng, to‘plangan axborotlar korxonaning yuqori bo‘g‘inlarida moliyaviy hisobot shakllarini tuzish maqsadida umumlashtiriladi. Shu tartibda, korxonada yagona axborot tizimi shakllanadi.
Korxonalarda integratsiyalashgan hisob tizimini ishlab chiqish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

  • hisobning tezkorligi va ishonchliligini ta’minlash;

  • tushunarlilik, ahamiyatlilik;

~ integratsiyalashgan hisob tizimini joriy etish samaradorligini oshirish va h.k.
Korxonalarda integratsiyalashgan hisob tizimini tashkil etish jarayoni bir necha bosqichlardan iborat.
Mazkur tizimni yaratishning dastlabki bosqichida buxgalteriya xizmati boshqaruv hisobi va tahlili talablariga muvofiqlashtiriladi. Bunda boshqaruv hisobiga doir schotlardagi axborot to‘planadi, korxonaning moddiy, moliyaviy mablag‘lari tarkibi, ularning shakllanish manbalarini ifodalovchi boshqaruv hisoboti shakllari tuziladi. Bu bosqichda to‘plangan axborotlarni umumlashtirish uchun boshqaruv buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risi- dagi, kapital fondlar harakati to‘g‘risidagi boshqaruv hisoboti kabi shakllardan foydalaniladi. Birinchi bosqichda aktivlar va majbu- riyatlar, xarajatlar va daromadlar, korxonaning yakuniy moliyaviy natijalar bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar olinadi.
Integratsiyalashgan hisob tizimini tashkil etishning ikkinchi bosqichida korxona moliyaviy hisobotiga kiritilmaydigan axborotlami yig‘ish ishlari amalga oshiriladi. Bu axborotlarga korxona raqo- batchilarining moliyaviy holati, harakati to‘g‘risidagi marketing axborotlari, investitsiya loyihalari va ulami amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi axborotlar, mehnat resurslari to‘g‘risidagi axborot kabilar kiritiladi.
Uchinchi yakuniy bosqichda oldingi bosqichlar natijalari asosida boshqaruvni rejalashtirish amalga oshiriladi.
Boshqaruv hisobining avtonom va integratsiyalashgan tizimlarini tashkil etishda muhim omil mazkur hisob turining iqtisodiy sama­radorligi hisoblanadi. Iqtisodiy samaradorlik boshqaruv hisobining koiami va uning kompyuterlashtirish darajasiga bevosita bogliq. Bu samaradorlikka uni tashkil etishga sarflangan xarajatlar to'liq qoplangandagina erishiladi.


Download 110.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 110.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Korxonada buxgalteriya xizmatining tashkil etilishi

Download 110.5 Kb.