Pedagogik mahorat bu yerda to‘rt guruhga ajratiladi:
1. Ta’limning obyektiv jarayoni mazmunini aniq pedagogik vazifalarga "tarjima qilish" qobiliyati: shaxs va jamoani o‘rganish, shu asosda yangi bilim va dizaynni faol o‘zlashtirishga tayyorligini aniqlash, jamoani rivojlantirish va alohida talabalar; ta’lim, tarbiya va rivojlantirish vazifalari kompleksini aniqlash, ularni konkretlashtirish va ustun vazifani belgilash.
2. Mantiqan tugallangan pedagogik tizimni qurish va yo‘lga qo‘yish qobiliyati: o‘quv vazifalarini kompleks rejalashtirish; uni tashkil etish shakllari, usullari va vositalarini asosli tanlash.
3. Ta’limning tarkibiy qismlari va omillari o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlash va o‘rnatish, ularni amalda qo‘llash qobiliyati: zarur sharoitlarni yaratish (moddiy, axloqiy, psixologik, tashkiliy va boshqalar); talaba shaxsini faollashtirish, uning faoliyatini rivojlantirish;
4. Pedagogik faoliyat natijalarini qayd etish va baholash qobiliyati: o‘quv jarayoni va o‘qituvchi faoliyati natijalarini introspeksiya qilish va tahlil qilish; dominant va bo‘ysunuvchi vazifalarning yangi to‘plamini belgilash. O‘zbekistonda o‘qitvchining kasbiy kompitentligi va uning o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida bir qator tadqiqot ishlari olib borilgan. B.Nazarova olib borgan tadqiqotlarga ko‘ra kasbiy kompitentlik quyidagi tarkibiy asoslardan tashkil topadi:
• Maxsus yoki kasbiy kompitentlik (kasbiy faoliyatni yuqori darajada tashkil etish).
XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, har tomonlama yetuk intellektual rivojlangan, ijtimoiy sifatlar bilan tarbiyalangan, milliy va ma’naviy qadriyatlarga sadoqatli, yangicha fikrlaydigan, o‘z shaxsiy va fuqarolik pozitsiyasiga ega, milliy mafkuraning barcha sifatlarini o‘zida mujassamlashtirgan barkamol shaxsni tarbiyalash dolzarb vazifalardan biridir. Bugun Respublikamizning deyarli barcha oliy ta’lim muassasalarida kompyuterlar mavjud, shunday ekan barcha pedagoglar undan nafaqat informatika darslarida, balki barcha fanlarni o‘qitishda o‘rinli foydalanishlari lozim. Fanlarni o‘qitishda zamoniy pedagog va axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanishni maqsadli yo‘lga qo‘ysak, ta’lim-tarbiya va dars sifati samaradorligini oshirishga erishamiz. Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi yuqori pedagogik mahorat va keng dunyoqarashga ega bo‘lishi kerak. Shundagina oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi, ijodkorlik uning hamisha hamkori bo‘ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat egasi bo‘lishi mumkin. Pedagogik faoliyatning samarali bo‘lishi uchun o‘qituvchi o‘z fanini chuqur bilishi, unga turdosh fanlar haqida ham tushunchaga ega bo‘lishi, o‘quv materialini o‘quvchilarga tushunarli qilib bayon eta olishi, o‘quvchilarda mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish uyg‘otishi, o‘quvchilarning bilim, kamolot darajasi va ruhiyatini hisobga olishi, ularning nimani bilishlari va hali nimani bilmasliklarini tasavvur eta olishi lozim. Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi o‘zini o‘quvchining o‘rniga qo‘ya oladi, u kattalarga aniq va tushunarli bo‘lgan narsalarni o‘quvchilarga tushunilishi qiyin va mavhum bir narsa bo‘lishi ham mumkinligiga asoslanib ish tutadi. Shuning uchun u bayon etishning xarakter va shaklini alohida o‘ylab chiqadi hamda rejalashtiradi. O‘qituvchi o‘quvchining, ichki dunyosiga kira olishi, o‘quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilishi bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik kuzatuvlar olib borishi kerak. Bunday o‘qituvchi o‘quvchining ruhiyatiga ko‘z ilg‘amas o‘zgarishlarni ham tez fahmlab oladi.
O‘qituvchining yuqori kasbiy mahoratni egallashi bevosita uzluksiz ta’lim tizimi orqali amalga oshiriladi. Uzluksiz ta’lim tizimida asosiy o‘rin egallagan malaka oshirish o‘quvchi faoliyatini tahlil qilish va unga istiqbol yo‘nalishlar berishga imkon beradi. Hozirgi davr o‘qituvchidan o‘qitishning ilg‘or pedagogik texnologiya talablarini to‘g‘ri tushunish, tashabbuskorlik, o‘z fani bo‘yicha yangiliklardan xabardor bo‘lishi va darslariga joriy eta olishni talab etadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida hamkorlikni vujudga keltirish, do‘stona muhitni yaratish muammosining muvaffaqiyatli hal etilishi, fan o‘qituvchilari va maktab rahbariyatining egallagan bilim, ko‘nikma malakalari va shaxsiy insoniy fazilatlarini egallaganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Jahon fuqarolik jamiyatini rivojlanishida ijtimoiy tarmoqlar, internet- texnologik, tashkiliy, moddiy-madaniy va ijtimoiy – madaniy salohiyatini oshirishda mazkur tarmoqlar turli xil xizmatlari va jarayonlarini birlashtirishga imkon beradi. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar fuqorolik jamiyatini barpo etishning eng muhim integratsion vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ijtimoiy tarmoqlarning muhim vazifalari xilma-xildir: kundalik muloqot, ochiq va yopiq tarmoqlar va professional tarmoqlardir. Aloqa vositasi sifatida ishlaydigan internet tarmoqlari zamonaviy hayotning real sohalarini o‘zgarishiga hamda tubdan yangi sohalarni tashkil topishiga turtki bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari ixtisoslashgan mavzular bo‘yicha axborotga ega bo‘lishi va iqtisodiy farovonlikka erishish uchun qulaylikka intilishadi. Ijtimoiy tarmoqlar nafaqat zamonaviy axborot jamiyatida shaxslararo muloqotni ta’minlaydi balki, davlat energetika texnologiyalarini amalga oshirishni nazorat qilish mexanizmlari samaradorligini oshishiga ham xizmat qiladi. Ijtimoiy tarmoqlar ta’lim manbai va kommunikativ vosita sifatida o‘rganish jarayonida o‘z oldiga qo‘ygan asosiy nazariy muammosi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari uchun qulay sharoit yaratishdir. Shu bilan birgalikda yoshlarning ijtimoiy tarmoqlarda faolligi, ularning ijtimoiy siyosiy va ijtimoiy hayotiga ta’siriga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Global ijtimoiy tarmoqlar tizimini tahlil qilish jarayonida foydalanuvchilarning jinsi, yoshi, holati, iqtisodiy va psixologik xususiyatlari hisobga olindi. Ijtimoiy tarmoqlar zamonaviy jamiyat fuqorolarning asosiy faoliyati bo‘lib xizmat qiladi. Global xarakterdagi ijtimoiy tarmoqlar (“Facebook”, “Twitter”, “Myspace”, “Istagram”, “Vkontakte” va boshqalar) yaqinda paydo bo‘ldi. Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarni biznesga yo‘naltirilganligi tobora ko‘proq namoyon bo‘lmoqda ya’ni axborot texnologiyalarining tijoratalashtirilgan segmenti rivojlanmoqda. Ijtimoiy tarmoq tushunchasini birinchi marta golland tadqiqotchisi Yan van Deyk (“De Netwerkmaatschappij”, so‘zmaso‘z “Ijtimoiy tarmoq”) asarining sarlavhasida paydo bo‘lgan va darhol ingliz va boshqa tillarga tarjima qilingan. Muallif media makon va shaxsiy muloqot maydonini xarakterli xususiyatlarini yoritib bergan. Ispan iqtisodchisi va ijtimoiy nazoratchisi Manuel Kastels fikricha ijtimoiy tarmoq jamiyatda rivojlangan axborot infratuzilmasidir. Jahon fuqorolik jamiyatini tubdan takomillashtirgan ijtimoiy tarmoqlarning kelib chiqishi asosan insonlarning onlayn aloqa imkoniyatlariga qiziqish kundan-kunga ortib borishi natijasida turli saytlar ishlay boshladi, xususan, 1995 - yilda Amerikaning “Classmates. com” portal ishga tushirildi (bu foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari asosida hisob yaratish va boshqa foydalanuvchilar bilan muloqat qilish) uchun mo‘ljalalngan tarmoq edi. Biroq, ushbu tarmoqda do‘stlar ro‘yxatini yo‘qligi, cheklangan profel, guruhlar yo‘qligi va boshqa imkonyatlari mavjud bo‘lmagan tarmoq edi. Keyinchalik cheksiz muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan dastlabki sayt “Six Degrees” undan so‘ng, Linkedln, MySpace va Facebook kabi turli xil xizmatlarga ega, ko‘p foydalanuvchili veb- sayt sifatida ijtimoiy tarmoq tushunchasini kirib keldi.
|