Taʼlim jarayonida kasbiy kompitensiyalardan foydalanish




Download 494,04 Kb.
bet9/11
Sana14.05.2024
Hajmi494,04 Kb.
#231276
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ERIMOVA M

2.3 Taʼlim jarayonida kasbiy kompitensiyalardan foydalanish

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni bugungi kunda pedagoglarning ta’lim berish samaradorligini oshirish va amalga oshirishi kerak bo‘lgan bir qator talablar qoydi. Ular quyidagilarni tashkil etishi lozim:


1.Dars berish mahorati
2.Tarbiyalash mahorati
3.O‘quv-tarbiyaviy jarayonlarda insonparvarlik tamoyillariga yondashuvni ta’minlaydigan shaxsiy sifatlar
4.Ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona nazorat qilish va baholash mahorati .
Kasbiy faoliyat jarayonida zamonaviy o‘qituvchilarning pedagogik kompitentligini rivojlantirish orqali shaxs hayotiga hamda uning ijtimoiy rivojlanishiga ma’lum bir darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Zamonaviy jamiyatda ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantrishning bosh g‘oyasi – shaxsning turli xil sohalarda maqsadli mustaqil faoliyati asosida uning intellektual va axloqiy- ma’naviy rivojlanishidir. Zamonaviy o‘qituvchining kasbiy kompitentligini rivojlantirishdan avval ushbu tushunchaning asl mohiyatini, shundan so‘ng esa uni takomillashtirish yo‘llarini bilish lozim. Ilmiy adabiyotlarda kompitensiya so‘ziga quyidagicha ta’rif beriladi: Kompetensiya (lotincha Competentio dan Competo-ga erishaman, uchrashaman, mos kelaman) - bu mutaxassisning ma’lum darajadagi kasbiy muammolarni hal qilishdagi shaxsiy bilish qobiliyatidir. Shuningdek, kompitensiya deganda ma’lum bir tashkilot, kompaniya xodimlarining (yoki ayrim xodimlar guruhining) shaxsiy, kasbiy va hokazo fazilatlariga rasmiy ravishda tavsiflangan talablar tushuniladi. Kasbiy kompitentlik – mutaxasis tomonidan kasbiy faoliyatni oshirish uchun kerak bo‘lgan bilimlarning, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni o‘z faoliyati davomida munosib qo‘llay olishidir. O‘qituvchi albatta, alohida bilim ko‘nikmalarni egallashi bilan birga, ma’lum bir mustaqil yo‘nalish boyicha bilimlar va harakatlarni o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. Demak, kasbiy kompitentlik pedagogdan mutaxasislik bilimlarini boyitib borish, yangi axborotlarni kuzatib ularni qo‘llay bilish, izlanuvchanlik va yangi bilimlarni qayta ishlab o‘z faoliyatiga qo‘llay olish mahoratini ham talab etadi. K. Angelovski o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi tuzilishini pedagogik mahorat orqali aniqlaydi.

Download 494,04 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 494,04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Taʼlim jarayonida kasbiy kompitensiyalardan foydalanish

Download 494,04 Kb.