2.2 Zamonaviy pedagogning kasbiy kompitentligi.
O‘z davrlarida Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Yan Amos Komenskiy, Lev Tolstoy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniy va boshqalar o‘z asarlarida o„qituvchilik kasbi, uning mashaqqatlari, shuningdek, o‘qituvchi shaxsida aks etishi zarur bo‘lgan sifatlar xususidagi qarashlarni yoritish orqali o‘zlari ham pedagogik madaniyatga ega ekanliklarini namoyon etganlar. V.A. Suxomlinskiy o„zining «Chin insonni qanday tarbiyalash kerak» degan asarida «O‘qituvchining mehnatini biror narsa bilan qiyoslab ham, taqqoslab ham bo‘lmaydi... To‘quvchi bir soatdan keyinroq o‘z ishining hosilini ko‘radi; po‘lat erituvchi bir necha soatdan so‘ng olovdagi metal oqimidan shodlanadi; yer haydovchi, don sepuvchi g‘allakor bir necha oydan keyin dalada o‘stirgan boshoqlari va bir siqim donidan zavqlanadi. O‘qituvchi esa o‘z ijodining mahsulini ko‘rish uchun yillab mehnat qilishi kerak. O‘qituvchi har bir minut, har bir daqiqada o‘zining o‘ttizta yoki qirqta tarbiyalanuvchisidan har birini ko‘rib turishi, u shu daqiqada nimalar o‘ylayotganligini, qanday g‘am-alamlar uni tashvishlantirayotganligini bilishi kerak-degan fikrlarni bayon etadi.3 Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi kasbiy kompetentlikka ega bo‘lishi zarur. Kasbiy kompetentlik egasi ozi mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi. Ijodkorlik hamisha uning hamkori bo‘ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat bo‘lishi mumkin. Qobiliyat esa faoliyat jarayonida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Qobiliyatli va mahoratli o‘qituvchi oldida esa hozirgi kun talabi asosida vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qila oladigan, buyuk vatanni dildan sevadigan va bu yo‘lda o‘z jonini ham ayamaydigan yoshlarni vatanga mehr – muhabbat ruhida tarbiyalash vazifasi turadi.
Demak, kasbiy kompetentlikning asosiy poydevori - kasbiy bilimlardir. O‘qituvchining bilimlari, bir tomondan, o‘zi o‘qitadigan predmetlarga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ularni o‘zlashtiradigan o‘quvchilarga qaratilgan.
Kasbiy bilimlarning mazmunini o‘zi o‘qitadigan predmetni, uning metodikasini, pedagogika va psixologiyani bilishni tashkil etadi. Pedagogning kasbiy kompetentligini bir qancha yirik olimlar (Gonobolin F.N., Kuzmina N.V., Krutetskiy V.N. kabi) tahlil etganlar. Demak, pedagogning kasbiy kompetentligi - bilimlarni "insoniylashtirish" dadir, ularni auditoriyaga oddiy kitobdangina emas, balki o‘zining dunyoqarashi sifatida bayon etadi. Pedagogning kasbiy bilimlari asosida pedagogik ong shakllanadi, uning harakatlari asosida yotuvchi prinsiplar va qoidalar bu psixologik jarayonda kechadigan xususiyat bo‘lib, pedagogik faoliyat samarasiga ta’sir etadi. O‘qituvchi shaxsiy xususiyatlari ichida motiv etakchi o‘rinda turadi. Motiv - o‘qituvchining hayotda jamiyatda tutgan roli, intilishlarini belgilab beradi. Ijobiy motivga ega bo‘lgan o„qituvchi jamiyat oldida turgan o‘z vazifasi va fuqarolik burchini chuqur his etadi, o‘z kasbi va o‘quvchilarni sevadi, o‘zi ustida tinmay ishlaydi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, iqtisodchi-pedagogning kasbiy kompetentligiga xos shaxsiy sifat va xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. gumanistik va demokratik xis-tuyg‘uga ega bo‘lish,
2. jamiyatda o‘z fuqarolik burchini anglab etish,
3. o‘quvchilarni sevish,
4. pedagogik odob va ma’naviy etuklikga ega bo‘lish,
5. bilimga bo‘lgan qiziqish va ehtiyoj,
6. tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lish,
7. o‘zini tuta bilish,
8. o‘z ma’lumotini oshirish ustida ishlash. Bular o‘qituvchining yani iqtisodchi-pedagogning kasbiy kompetentligini eng muhim sifat va fazilatlari desak ham bo‘ladi. Aslida, bu sifat va xususiyatlarning soni, miqdori nihoyatda ko‘p. O‘qituvchi uchun shaxsiy xususiyatlarning o‘zi yetarli emas, balki pedagogik faoliyat ko‘rsatish uchun umumkasbiy va maxsus bilim va ko‘nikmalar ham zarurligi aytib o‘tiladi. O‘qituvchi uchun kasbiy kompetentligi takomillashtirishda bilimni o‘zi yetarli emas, balki u nazariyani amaliyot bilan bog‘lay olish ko‘nikmasiga ham ega bo‘lmog‘i lozim. Buning uchun unga pedagogik ko‘nikmalar kerak bo‘ladi. Pedagogik ko‘nikmalar - bu turli o‘zgaruvchan sharoitlarda pedagogik vazifalarni hal etishga qaratilgan hatti-harakatlar majmuasidir. O‘qituvchi pedagogik ko‘nikmalarni o‘z xarakter tarkibiy qismlarga ajratish mumkin: tashxislash, loyihalashtirish va rejalashtirish, axborot berish, qadriy- emotsional yo‘naltirish, muloqot qila olish, tashkilotchilik va refleksiv ko‘nikmalar. Bu pedagogik ko‘nikmalarning har bir o‘qituvchi faoliyatida alohida o‘rin tutadi va biri-ikkinchisini to‘ldirib boradi.
1. Tashxislash (diagnostik) ko‘nikmasi -o‘qituvchining o‘quvchilar bilim saviyasi, rivojlanganlik darajalarini aniqlashga qaratilgan hatti-harakatini harakterlaydi.
2.Loyihalashtirish va rejalashtirish ko‘nikmasi- o‘qituvchining tashxislash asosida dars loyihasini pedagogik texnologiyalar asosida tuzish, dars konspekti yozish bilan bog‘liq.
3. Axborot berish ko‘nikmasi - o‘quv dasturi materiallarga puxta suyangan holda o‘quvchilarga ravon tilda ma’lumot berish, ular bilan teskari aloqa o‘rnata olishga qaratiladi.
4. Qadriy- emotsional yo‘naltirish ko‘nikmasi- o‘quvchilarni umumbashariy va miliy mafkuraviy, ilmiy, madaniy qadriyatlarga nisbatan qiziqish, ehtiyoji va ijobiy munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan.
5. Muloqot qila olish ko‘nikmasi- bu o‘qituvchiga har bir o‘quvchi, sinf jamoasi, ularning ota-onalari, pedagogik jamoa bilan to‘g‘ri munosabat o‘rnata olishni talab etadi.
6. Tashkilotchilik ko‘nikmasi- o‘quvchilarning turli faoliyatlari (o‘yini, o‘quv bilish, mehnat, sport, badiiy) tashkil eta olishga qaratilgan hatti-harakatlar.
7. Tadqiqotchilik ko‘nikmasi-o‘qituvchisidan doim izlanuvchanlikni, o‘z ustida ishlashini, sinov-tajribalar o‘tkazib turishini talab etadi.
8. Refleksiv ko‘nikma- bu o‘qituvchining o‘z faoliyat jarayoni, uning natijalarini nazorat qilish, baholash, ularga tuzatishlar kiritish bilan xarakterlanadi. Demak, iqtisodchi-pedagogning kasbiy kompetentligi deyilganda - bo‘lajak o‘qituvchi yuqori darajada kasbiy ko‘nikma va malakalarni egallaganligi tushuniladi, u shaxsning mehnat bozorida egallayotgan kasbi bo‘yicha raqobatbardoshlik darajasi aks ettirishida namoyon bo‘ladi. Kasbiy kompetenlik ishchi kuchlarining yuqori darajadagi moslashuvchanligi, yangiliklarni tez o‘zlashtirishi, yangi ishlab chiqarish sharoitlariga oz vaqt ichida o‘ta olishi va faoliyat sohasini mustaqil tanlay olishi kabi sifatlar bilan belgilanadi. Zamonaviy jamiyat ta’lim tizimi oldiga yuqori malakali, intiluvchan, raqobatbardosh, tashabbuskor, ma’naviy va jismoniy sog‘lom shaxslarni tarbiyalab berish talabini qo‘ymoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida "yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash, oliy ta’lim muassasalarida kompetentli ilmiy pedagogik kadrlar zahirasini yaratish" vazifasi belgilandi. Kompetentli pedagog - u kim? Uning shakllanish jarayoni qanday kechadi kabi savollar tug‘iladi. Shu nuqtai nazardan "kompetentlik" va "kompetensiya" tushunchalar mazmun mohiyatini aniqlashimiz muhimdir. Har qanday o‘qituvchi ham "kompetentlik" nimani anglatishini va u "kompetensiya"dan nimasi bilan farq qilishini bilavermaydi. "Kompetentlik" tushunchasi pedagogning ma’lumoti, ko‘nikmasi, qobiliyati va tajribasini o‘z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, uning ma’lum bir ish turini bajarish qobiliyati hisoblanadi. Aslida, ikkala atama o‘xshashdir. Ta’lim tarbiya tizimining umumiy maqsadi jamiyatimizga teng huquqli demokratik davlat talablariga javob bera oladigan mas’ulyatli barkamol jamiyat a’zolarini tabiyalab berishdan iboratdir. Pedagogning kasbiy kompetentligi. Pedagogning kasbiy kompetentligi. O‘zbekistonda pedagogning kasbiy kompetentligi, uning o‘ziga xos jihatlari o‘raganilgan bo‘lib, ular orasida B.Nazarova tomonidan olib borilgan tadqiqot o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqotchining fikriga ko‘ra pedagogga xos kasbiy kompetentlik negizida quyidagi tarkibiy asoslar tashkil etadi Kasbiy-pedagogik kompetentlikka ega bo’lishda o‘z ustida ishlash,o‘z-o‘zini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O‘z-o‘zini rivojlantirish vazifalari o‘zini o‘zi tahlil qilish va o‘zini o‘zi baholash orqali aniqlanadi. O‘z ustida ishlash quyidagilarda ko‘rinadi:
- kasbiy BKMni takomillashtirib borish;
- faoliyatga tanqidiy va ijodiy yondashish;
- kasbiy va ijodiy hamkorlikka erishish;
- ishchanlik qobiliyatini rivojlantirish;
- salbiy odatlarni bartaraf etib borish;
|