Kasbiy kompitensiyalarni turlari.
Kasbiy kompetentlik deganda mutaxassis dunyoqarashining kengligi, uning ishbilarmonlik mahorati va shaxsiy sifatlari, bilim, ko’nikma hamda malakalariga suyangan holda to’g’ri qarorlar qabul qila olishi tushuniladi. Oliy ta’lim o’qituvchisining kasbiy kompetensiyasi takomillashuvida nazariy tayyorgarliklar bilan birga amaliy tayyorgarliklar uzviyligi ta’minlanishi kerak. Bolajak o’qituvchilarining nazariy va amaliy tayyorgarligi tashkiliy jihatdan qanday shakl va melodlarda bo’lmasin, quyidagi didaktik tamoyillarga asoslanadi:
1. Nazariy va amaliy bilimlar uzviyligi;
2. Kasbiy bilim va ko’nikmalarni tizimli tarzda takomillashtirib borishi;
3. Bo’lajak kasbiy-pedagogik faoliyat bilan funksional bog’liqlik:
4. Talabalar amaliy faoliyatining ko’rgazmaliligi;
5. O’z kasbiy faoliyati yuzasidan bosqichma-bosqich mustaqil faoliyat yurgazishga intilish va mas’uliyal hissini shakllanishi;
6. Bo’lajak o’qituvchilarda nazariy va amaliy bilimlar hamda ko’nikmalarini takomillashishi natijasida kompetensiyani shakllanishi va rivojlanishi.
Bu tamoyillarining barchasi kelajakda o'qituvchi kasbiy-pedagogik kompetensiyasining nazariy-ilmiy, amaliy finksional, pedagogik-psixologik takomillashuvi omillaridan hisoblanadi. Bo’lajak kasb ta ’limi o ’qituvchisining kasbiy kompetentligini shakllashtirish orqali ta’lim va tarbiya jarayonini zamon talabiga ko’tarishga xizmat qiladi. hozirgi vaziyatga munosib bo‘lgan metodlarni tanlab olib qo‘llashi, to‘g‘ri kelmaydiganlarini rad etishi, masalaga tanqidiy ko‘z bilan qarashi kabi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili va metodologiyasi. Jahonning rivojlangan davlatlari qatori mamlakatimizda ham ta’limdagi islohotlar jarayonida mustaqil ta’limni rag‘batlantirish muhim yo’nalish sifatida kelmoqda.
Pedagogning kasbiy layoqatliligini tarbiyalash fenomenini tadqiq qilishga bir qator olimlarning ishlarida o‘z ifodasini topgan. Bu mualliflar kasbiy layoqatlilik – ishonchlilik sifatlari bilan birgalikda o‘qituvchining kasbiy – individual hodisa sifatida pedagogik madaniyatini tavsiflaydi degan fikrni olg‘a surganlar. O‘z navbatida, kasbiy layoqatlilik tushunchasi, V.A.Slastenin ta’kidlaganidek, pedagogning pedagogik faoliyatini amalga oshirishga nazariy hamda amaliy tayyorligining birligini ifodalaydi va uning kasbiy shakllanganligini tavsiflaydi. D.L.Tompson, D.Pristinlar tushunchasini quyidagicha ta’riflaydi. «Kasbiy kompetentlik - ishda kerak bo‘lgan bilimlarning va barcha axloqiy qoidalarning yig‘indisidir», - deb ta’kidlaydilar. A.K.Markova fikricha o‘qituvchining mehnati kompetentlikka aylanadi qachon-ki o‘qituvchi o‘z faoliyatini yetarlicha yuqori hamda talabalarni o‘qitish va tarbiyalashni yuqori darajada amalga oshirsa. Ushbu asoslar bilan birga o‘qituvchining kasbiy kompetentligini to‘rtga bo‘lib o‘rganadi: Maxsus yoki faoliyatli kasbiy kompetentlik - bu faoliyatni yuqori kasbiy darajada olib borishi. Maxsus kasbiy kompetentlik nafaqat maxsus bilimlardan, balki bu bilimlarni amalga oshirishdan iborat; - Ijtimoiy kompetentlik - bu qo‘shimcha faoliyatni olib borish yo‘llarini hamkorlikda bajarishni bilishdir. -Shaxsiy kompetentlik – o‘zini rivojlantirish va o‘zini ko‘rsatish yo‘llarini bilish (mutaxassis o‘zining faoliyatini rejalashtirish, mustaqil qaror qilish, ma’lumotlar bilan va o‘z ustida ishlash). -Individual kompetentlik - bu o‘zini boshqarish yo‘llarini bilish, kasbiy rivojlanishga tayyorgarlik va kasbiy yangiliklar yaratish. Shu bilan birga o‘qituvchining bilimlari yangiliklar bilan boyigan bo‘lishi, psixologik va pedagogik fazilatlar yuqori darajada bo‘lishidir. Ijtimoiy kompetensiya va uni tushinishda –ijtimoiy jamiyatni subyekti bo‘lgan, insonni sifatli mehnat faoliyati, jamiyat a’zolarining o‘zaro ta’siri bilan bog‘liq ijtimoiy hayotini tartibga soluvchi ijtimoiy normalar tushiniladi. Ingliz pedagogi Jon Raven fikriga ko‘ra kompetensiya ikkita asosiy komponentni o‘z ichiga oladi: fikrlash va tajriba.
U insonlarning ijtimoiy hayotdagi o‘zaro munosabatlaridagi tajribalaridan kelib chiqib oiladan siyosatgacha bo‘lgan munosabatlarni qamrab oladi. G.I.Sivkov ijtimoiy kompetensiyaga quyidagicha ta’rif beradi. Ijtimoiy kompetensiya-bu shaxsning sohaga doir turli ko‘nikmalaraga egaligi hamda avtomatlashtirilgan va moslashtirilgan xatti-harakatlarni qamrab oladigan munosabatlar majmuidir.V.N.Kunitsyna ijtimoiy kompetentlikni shaxsning ijtimoiy yo’nalish bo‘yicha shaxsiy tajriba va ijtimoiy moslashish kompetentligi ega qobiliyati deb takidlaydi. N.V.Kalinina 18 yoshidagi o‘smir o‘quvchi yoshalarni ijtimoiy kompetentligini rivojlantirsh bo‘yicha quyidagi yondashuvni amalga oshirishni talab qiladi. Ijtimoiy kompetensiya mazmunida uning uchta darajasi bilan bog‘liq bo‘lgan turli xil mazmunlarni ajratish mumkin: individual-shaxsiy, ijtimoiy va hayotiy-futurologik. Bu, birinchidan, insonning jismoniy, aqliy va ma’naviy hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan mazmundir. U mustaqil ravishda qadriyatlar ierarxiyasini qurish, yakuniy, izchil va tizimli fikr yuritish, fikrni ifodalash texnikasini o‘zlashtirish, aqliy o‘zini o‘zi boshqarish, sog‘liqni saqlash texnologiyalarini egallashni o‘z ichiga oladi. Bunday tarkibga, umuman olganda, insonning jismoniy, aqliy va ma’naviy kuchlarini qo‘llabquvvatlaydigan va rivojlantiradigan shaxsiy ishlab chiquvchi texnologiyalar kiradi. Bu, ikkinchidan, shaxsning ijtimoiy hayot jarayonida, ijtimoiy institutlar, me’yorlar va munosabatlar tizimida mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lgan mazmundir. Bunday mazmun transsubyektiv, shaxsdan yuqori bo‘lib, u ijtimoiy voqelikning o‘ziga xosligini, ijtimoiy institutlarning maqsadini, jamiyat hayotining asosiy sohalarini, shaxs, oila, jamoa, vatan, huquq va davlat bo‘lishning qadriyat asoslarini tushunishni nazarda tutadi. Siyosat va iqtisod, mehnat va mulk, kasb va mutaxassislik; fuqarolik hayotida kommunikativ, iqtisodiy, huquqiy va boshqa texnologiyalarni amalga oshirish qobiliyati. Agar birinchi daraja mazmuni ichki tajriba bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi daraja mazmuni tashqi tajriba bilan bog‘lanadi.
Bu, uchinchidan, inson hayotining o‘z vaqtida ochilishi bilan belgilanadigan mazmun: subyektning o‘z hayoti ssenariysini loyihalash va o‘z hayot yo‘lini rejalashtirish qobiliyati. Bu yoshga o‘zining ijtimoiy-antropologik «koordinatalari» va imkoniyatlarini tushunishga, qadriyatlar va bilimlarni o‘z hayoti loyihasiga birlashtirishga, ularga semantik hayot yo‘nalishi haqida ma’lumot berishga va o‘zini mas’uliyatli shaxs sifatida anglashga imkon beradi.
1. Ijtimoiy kompetentlik - ijtimoiy munosabatlarda faollik ko’rsatish ko’nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda subektlar bilan muloqotga kirisha olish.
2. Maxsus kompetentlik - kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, BKMni izchil rivojlantirib borish bolib, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko’zga tashlanadi. Ular o’zida quyidagimazmunni ifodalaydi:
a) psixologik kompetentlik pedagogik jarayonda soglom psixologik muhitni yarata olish, talabalar va talim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o’z vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish;
b) metodik kompetentlik - pedagogik jarayonni metodik jihatdan oqilona tashkil etish, talim yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to’gri belgilash, metod va vositalarni maqsadga muvofiq tanlay olish, metodlarni samarali qo'llay olish, vositalarni muvaffaqiyatli qo’llash;
c) informatsion kompetentlik axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali malumotlarni izlash, yigish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o’rinli, samarali foydalanish;
d) kreativ kompetentlik - pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy yondoshish, o’zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish;
e) innovatsion kompetentlik - pedagogik jarayonni takomillashtirish, talim sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi goyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etish;
f) kommunikativ kompetentlik - jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bolish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy tasir ko’rsata olish.
g) shaxsiy kompetentlik - izchil ravishda kasbiy o’sishga erishish, malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o’z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish.
h) texnologik kompetentlik - kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilgor texnologiyalarni ozlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish.
|