II BOB. MAHORATLI PEDAGOGNI O'QISHDA KASBIY KOMPITENTSIYASINI RIVOJLANTIRISH




Download 494,04 Kb.
bet6/11
Sana14.05.2024
Hajmi494,04 Kb.
#231276
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ERIMOVA M

II BOB. MAHORATLI PEDAGOGNI O'QISHDA KASBIY KOMPITENTSIYASINI RIVOJLANTIRISH

2.1 Kasbiy kompetensiyaning rivojlantirish metodlari.


Ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalarning amaliyotga joriy etilishi bilan bir qatorda o‘qituvchining kasbiy kompetentliligini rivojlantirish vositalari haqida so‘z boradi. Muallif ma’lum bir faoliyatni tashkil etishda shaxsning oldiga qo‘ygan maqsadini bosh mezon, deb hisoblaydi. Ko‘zlangan maqsadga erishish uchun esa, jarayon ishtirokchilari faoliyatini mu - vofiqlashtirish zarur bo‘ladi. Kasbiy kompetentlilikni rivojlantirish vositalaridan biri – o‘zini o‘zi anglash va o‘zligini ifodalashga bo‘lgan ehtiyoj bo‘lib, o‘qituvchi o‘z faoliyatida ijobiy natijalarga erishish, jamoa e’tiborini qozonish, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘zligini anglash kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Muallif o‘qituvchi kasb kompetentliligini rivojlantirish vositalarini sanab o‘tar ekan, buning nafaqat malakali mutaxassislar tayyorlashdagi o‘rni, balki pedagogik munosabatlarda ham nechog‘liq ahamiyatli ekanini ko‘rsatib o‘tadi. Uzluksiz ta’lim tizimini tubdan isloh etish va yangilash o‘qituvchilarning o‘z ustida ishlashi, bilim, ko‘nikma va malakalarini muntazam oshirib borish yo‘lida ham o‘ziga xos talablarni belgilab beradi. Bu muhim vazifalarni amalga oshirishda ta’limtarbiya jarayoniga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish orqali o‘qituvchining kasbiy kompetentliligini rivojlantirish, innovatsion faolligini oshirish hamda innovatsion jarayonlarga qiziqishi va ilmiy izlanish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. O‘qituvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda ularning umumiy manfaatlarini ifodalovchi omil maqsad bo‘lib, shu maqsadga erishishda barcha o‘qituvchilarda tabiatan faollik va layoqat mavjud bo‘ladi, agar belgilangan maqsad umumiy manfaatlar uchun xizmat qilmasa va u, o‘z vaqtida, muvofiqlashtirilmasa, o‘qituvchilarda mazkur maqsadga,

o‘zaro aloqalarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi munosabatlar shakllanishi mumkin, ya’ni bunda o‘zaro aloqa va munosabatlarning maqsadi, mazmun-mohiyatining o‘qituvchilar tomonidan o‘ziga xos tushunilishi ularning pedagogik kompetentliligi shakllanganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Ma’lum bir faoliyatni tashkil etish zaruriyatini belgilovchi bosh mezon – bu inson oldiga qo‘yilgan maqsad bo‘lib, unga erishish uchun vazifalar belgilash, tashkil etiladigan faoliyatni oldindan rejalashtirish, amalga oshirish yo‘l-yo‘riqlarini tanlash, vazifalarning mazmun va mohiyatiga ko‘ra bajaruvchilarni tanlash va bajariladigan vazifalarni taqsimlash, belgilangan maqsadga erishish uchun tashkil etiladigan jarayon ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtirish zarur hisoblanadi. O‘qituvchilar o‘rtasidagi aloqa-axborot almashinuvi, kommunikatsion jarayonlar hamda o‘zaro munosabatlarning samimiyligi va natijaviyligi, bir tomondan, axborotlarning yangiligi va ishonchliligiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ularning ma’lum bir yo‘nalishdagi tasavvuri va kompetentliligi shakllanganlik va rivojlanganlik darajasiga ham bog‘liq bo‘ladi. Ular o‘rtasidagi aloqalarning vujudga kelishida, ya’ni axborotlar almashinuvida, munosabatlarning qaysidir (ijobiy yoki salbiy) tarzda shakllanishida maqsad asosiy rol o‘ynaydi va o‘z navbatida, o‘qituvchining kasbiy kompetentliligi rivojlanishiga ham ta’sir etadi. Maqsad – bu ixtiyoriy faoliyatni tashkil etish zaruriyatini belgilaydi, ya’ni ko‘zlangan maqsad shakllangandan keyin ma’lum bir xatti-harakatlar amalga oshiriladi, demak, mazkur fikrga asoslanib aytish mumkinki, ma’lum bir faoliyatni amalga oshirish zaruriyatini belgilovchi bosh mezon bo‘lgan mazkur maqsad, o‘z navbatida, faoliyatni tashkil etishga yordamchi vosita sifatida ham xizmat qiladi. Ehtiyoj jonli mavjudot hayot kechirishining aniq shartsharoitlariga bog‘liqligini ifoda etuvchi va uning faolligini vujudga keltiruvchi holat ekan, inson ehtiyojlari ijtimoiy hamda shaxsiy xususiyatlarga ega bo‘lib, u birinchidan, shunchaki tor ma’nodagi shaxsiy tavsifga ega. Ikkinchidan, inson o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun mazkur ijtimoiy muhitda tarixan tarkib topgan vositalar va usullardan foydalanadi.


Uchinchidan, insonning ko‘pgina ehtiyojlari shaxsiy ehtiyojlaridan ko‘ra o‘zi bilan birga mehnat qiladigan jamoaning ehtiyojlarini ifodalaydi, ya’ni jamoa ehtiyojlari shaxs ehtiyojlari tusini oladi.
O‘qituvchilarni muayyan tarzda o‘z kasbiy kompetentliligini rivojlantirishga undaydigan vosita bo‘lib, uning vujudga kelishi va o‘zgarib borishi, ahamiyati va faollik darajasi o‘qituvchilarning xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladi. O‘qituvchilar tomonidan amalga oshiriladigan xatti-harakatlar o‘z ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning yo‘nalishi va faollik darajasi ehtiyojlarning kelib chiqishi, umumiy manfaatlarning ifodalanishiga bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, o‘qituvchilarning o‘z kasbiy kompetentliligini rivojlantirish yo‘nalishidagi harakatlari vujudga kelishida ehtiyojlar, eng avvalo, ularda istak va xohishning vujudga kelishiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. O‘qituvchilarda kasbiy kompetentlilikni rivojlantirishda o‘zaro ta’sir jarayoni mazkur jarayonning samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi qator omillar orqali ifodalanadi. Bo‘lajak o‘qituvchilardan talab qilinadigan kompetentlik quyidagi turlarga ajratiladi: − bo‘lajak o’qituvchi tomonidan o‘z bilimini muntazam ravishda boyitib borish, egallagan malakalarini takomillashtirishga tayyor bo‘lish, zamon yangiliklaridan boxabar bo‘lish; − ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya, informatsion texnologiyalari va o’qitish vositalarining barcha turini qo‘llay olish ko‘nikma va malakasiga ega bo‘lish; − anglangan va mustaqil faoliyat (mustakil fikr, maqsad qo‘yish, o’quv adabiyoti va qo’shimcha manbalardan to‘g‘ri foydalana olish); − tashabbuskorlikda o‘z harakatlari uchun javobgarlikni his qila olish; − tanqidiy fikr yurita olish va dars jarayonida yuzaga kelgan muammoli vaziyatlarni ijobiy hal eta olish; − hamkorlik, o‘zaro bir-birini tushunish, empatiya bildirish, o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan pedagogik muloqotni o‘rnata olish; − chuqur kasbiy bilimdonlikka ega bo‘lish kerak. O‘qituvchilarda kasbiy kompetentlilikni rivojlantirish vositalaridan biri – ular faoliyat ko‘rsatayotgan va yashayotgan muhit bo‘lib, bu o‘qituvchilarda kasbiy kompetentlilikni rivojlantirish jarayoni
subyektlarining o‘zaro ta’sirini amalga oshiruvchi tashqi omillardan biri hisoblanadi. Bunday ta’lim tarbiyaviy muhitda o‘zaro ta’sir ko‘rsatuvchi ishtirokchilarning suhbati va o‘qituvchining o‘zini o‘zi rivojlantirishi asosida kompetentlilikning rivojlanish jarayoni vujudga keladi, mazkur omil ota-onalar, ijtimoiy muhit va jamiyatning zamonaviy talablari ta’siri ostida bo‘ladi. Shuningdek, o‘qituvchilarga belgilangan talablar, davlat, jamiyat va shaxs ehtiyojlari, ta’lim muassasasi ichki tartib-qoidalari, bilim, ko‘nikma va malakalariga ega, unga o‘quv faoliyatiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar, ta’limni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Mazkur ta’lim-tarbiyaviy muhitda vujudga keluvchi savollarga javob izlashga ijodiy yondashuvlar rag‘batlantirilishi natijasida o‘qituvchilarda mustaqil ravishda o‘zini o‘zi rivojlantirish yo‘lida qobiliyat, ta’lim olishga nisbatan shaxsiy qiziqishlar shakllantiriladi. Bunday hollarda mazkur muhitda o‘qituvchi tanlovni amalga oshiradi, uning kasbiy kompetentliligi rivojlanishi natijasida mazkur muhitning madaniy an’analari takomillashib boradi. O‘qituvchilarda kasbiy kompetentlilikni rivojlantirish jarayonlarida hamkorlikdagi ijodiy faoliyat qulay innovatsion muhitni tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda vujudga keluvchi savollarga hamkorlikda javob izlash asosida o‘zaro ta’sir jarayonini rivojlantirish va takomillashtirish mumkin bo‘ladi. Ta’lim muassasasi o‘qituvchilarning pedagogik jarayonlarni ilmiy asosda tashkil etish va uni boshqarish hamda qulay ta’limiy muhitning shakllanishi uchun boshqarishning turli xil zamonaviy usullarini bilishi va ularga asoslanishi, rivojlantiruvchi g‘oyalar yo‘nalishini aniqlay olishi, ilg‘or tajribalarni va fan-texnika yutuqlarini muntazam o‘rganib borishi, ularni o‘z faoliyatiga tatbiq etishi, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini tashkil etish asosida ularning subyektivligi va faolligini oshira olishi zarur hisoblanadi. Zamonaviy talablar asosida, ya’ni davlat, jamiyat va shaxs ehtiyojlariga mos keladigan zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lgan, raqobatbardosh, yuksak malakali mutaxassislar tayyorlashda o‘qituvchilarga kasbiy kompetentliligini rivojlantirishi muhim ahamiyat kasb etib, bu nafaqat
ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan o‘qituvchilarga kasbiy kompetentlilikni rivojlantirish jarayonlarida, balki boshqa pedagogik tadbirlarda va o‘zaro munosabatlarda ham o‘qituvchilarda kasbiy kompetentlilikni rivojlantirishga e’tiborni kuchaytirish va unga o‘qituvchilarni motivlashtirish zarurligini ifodalaydi. Kompetentlikka yo‘naltirilgan ta’lim amerikalik tilshunos N .Xomskiy (1965 yil, Massahutes universiteti) tomonidan taklif etilgan «kompetensiya» atamasining umumiy ma’nosida shakllandi. Yevropa Kengashi dasturi bo‘yicha Bern shahrida bo‘lib o‘tgan simpoziumda (1996 yil) «kompetensiya» tushunchasi «uquv», «kompetentlik», «qobiliyat», «mahorat» singari tushunchalar qatoriga kiritilgan. Yevropa davlatlarining ta’lim vazirlari Boloniya deklaratsiyasida (1999 yil) ta’lim islohatlarining konseptual asoslari sifatida kompetentli yondoshuv e’tirof etildi. Pedagogning kompetentligi – bilimdonlik, kasbiga moslik, malakalilik, tajribalilik, mas’uliyatlilikni rahbarlik faoliyatiga singdirib borish. O‘z sohasini, ishining ustasi bo‘lish, sohasining sirlarini har tomonlama chuqur bilish demakdir. Pedagogik kompetensiyaning shakllanish bosqichlari:
1. Qobiliyatni aniqlash
2. Tarbiyalash va shakllantirish
3. Chiniqtirish (kichik hajmdagi topshiriqlar berish)
4. Ishonch (mustaqil rahbarlik lavozimiga tayinlanish)
5. Rahbarlik cho‘qqisi
Kompetensiya tushunchasi haqida ko’p fikrlarini bildirganlar ichida o’zbeg pedagog olimlari ham bor. Bularda B. Xodjayev, A. Musurmanova, N. Saidahmedov, A. Muslimov, E. Yuzlikaeva, R.D. Risqulova, A.E. Kenjaboyevlar ilmiy tadqiqot ishlarida va amaliy metodik maqolalarida ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish uzluksiz ta’lim muassasi o’qituvchilarining kompetensiyasi va unga qo’yiladigan didaktik talablar ushbu atamasining mohiyatini, uning tarkibiy qismlari haqida o’z fikrlarini bayon qilgan.
Kompetensiya muammosi va uning turlari nafaqat bizda balki MDH mamlakatlati olimlarining ham tadqiqot mavzusi bo’lib kelmoqda. Kompetensiyaning turlarini tasniflanishiga doir xilma-xil yondashuvlar mavjud.

Download 494,04 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 494,04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB. MAHORATLI PEDAGOGNI O'QISHDA KASBIY KOMPITENTSIYASINI RIVOJLANTIRISH

Download 494,04 Kb.