|
Urganch innovatsion universiteti ijtimoiy-gumanitar fanlar va pedagogika fakulteti
|
bet | 2/11 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 494,04 Kb. | | #231276 |
Bog'liq ERIMOVA MKURS ISHINING MAQSADI.
Kasbiy kompitensiyalar amalda qo‘llanilganda qanday foydalari borligini ko‘rsatish.
KURS ISHINING VAZIFASI.
Kasbiy kompitensiyalarni tushunib olishi,
oʻquvchilarda oʻzlashtirish boʻyicha malakasini rivojlantirish
Bu kurs ishida oʻqituvchilar taʼlimiy metodlar va texnologiyalardan foydalanishning eng yaxshi usullarini oʻrganib, sinovdan oʻtgan bilimlarini amaliyotda qoʻllab-quvvatlashadi. Bunday kurslar oʻqituvchilarni yangi va innovatsion taʼlim-uslublaridan
foydalanishga tez-tez ega boʻlishiga yordam beradi va ularning talabalarga eng keng tarzda bilim berishini taʼminlaydi. Kompetentlilik har bir insonning xulq-atvorida, axloq-odobida nazariy va amaliy jihatdan namoyon bo‘ladi.
KURS ISHINING OB’EKTI.
Yangi texnologiyalardan foydalanishni o'rganish, o’quvchilarning individualligini hisobga olgan holda darsliklar tuzish, darsni qiziqarli va interaktiv qilish, va boshqa kasbiy kompetentsiyalarini rivojlantirishda yordam beradi.
KURS ISHINING PREDMETI.
o'quvchilarda kasbiy bilim va ko'nikmalarini oshirish, amaliyotda ularning mahoratlarini rivojlantirish, professional rivojlanishlarini ta'minlash, yangi texnologiyalardan foydalanish, ish bilan bog'liq masalalarni muhokama qilish va boshqa kasbiy kompetentsiyalarini rivojlantirishni o'rgatishni o'z ichiga oladi.
KURS ISHINING TARKIBI.
Kirish, ikkita bob, beshta boʻlim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar.
I BOB. KASBIY KOMPITENSIYALAR
Zamonaviy jamiyat ta’lim tizimi oldiga yuqori malakali, intiluvchan, raqobatbardosh, tashabbuskor, ma’naviy va jismoniy sog’lom shaxslarni tarbiyalab berish talabini qo‘ymoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida "yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash, oliy ta’lim muassasalarida kompetentli ilmiy pedagogik kadrlar zahirasini yaratish" vazifasi belgilandi. Kompetentli pedagog - u kim? Uning shakllanish jarayoni qanday kechadi kabi savollar tug’iladi. Shu nuqtai nazardan "kompetentlik" va "kompetensiya" tushunchalar mazmun mohiyatini aniqlashimiz muhimdir. Har qanday o‘qituvchi ham "kompetentlik" nimani anglatishini va u "kompetensiya"dan nimasi bilan farq qilishini bilavermaydi. "Kompetentlik" tushunchasi pedagogning ma’lumoti, ko‘nikmasi, qobiliyati va tajribasini o‘z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, uning ma’lum bir ish turini bajarish qobiliyati hisoblanadi. Aslida, ikkala atama o‘xshashdir. Ta’lim tarbiya tizimining umumiy maqsadi jamiyatimizga teng huquqli demokatik davlat talablariga javob bera oladigan mas’ulyatli barkamol jamiyat a’zolarini tabiyalab berishdan iboratdir.
|
| |