Pedagogning kasbiy kompetentligi. Pedagogning kasbiy kompetentligi. O’zbekistonda pedagogning kasbiy kompetentligi, uning o’ziga xos jihatlari o„raganilgan bo’lib, ular orasida B.Nazarova tomonidan olib borilgan tadqiqot o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotchining fikriga ko’ra pedagogga xos kasbiy kompetentlik negizida quyidagi tarkibiy asoslar tashkil etadi Kasbiy-pedagogik kompetentlikka ega bo’lishda o’z ustida ishlash,o’z-o’zini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O’z-o’zini rivojlantirish vazifalari o’zini o’zi tahlil qilish va o’zini o’zi baholash orqali aniqlanadi.
O‘z ustida ishlash quyidagilarda ko‘rinadi: - kasbiy BKMni takomillashtirib borish; - faoliyatga tanqidiy va ijodiy yondashish; - kasbiy va ijodiy hamkorlikka erishish; - ishchanlik qobiliyatini rivojlantirish; - salbiy odatlarni bartaraf etib borish; О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida” gi Qonuni bugungi kunda pedagoglarning ta’lim berish samaradorligini oshirish va amalga oshirishi kerak bо‘lgan bir qator talablar qo‘ydi. Ular quyidagilarni tashkil etishi lozim: 1.Dars berish mahorati
2.Tarbiyalash mahorati
3.О‘quv-tarbiyaviy jarayonlardainsonparvarlik tamoyillariga yondashuvni ta’minlaydigan shaxsiy sifatlar
4.Ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona nazorat qilish va baholash mahorati Kasbiy faoliyat jarayonida zamonaviy о‘qituvchilarning pedagogik kompitentligini rivojlantirish orqali shaxs hayotiga hamda uning ijtimoiy rivojlanishiga ma’lum bir darajada ta’sir kо‘rsatishi mumkin. Zamonaviy jamiyatda ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantrishning bosh gо‘yasi – shaxsning turli hil sohalarda maqsadli mustaqil faoliyati asosida uning intellektual va axloqiy- ma’naviy rivojlanishidir. Zamonaviy о‘qituvchining kasbiy kompitentligini rivojlantirishdan avval ushbu tushunchaning asl mohiyatini, shundan sо‘ng esa uni takomillashtirish yo’llarini bilish lozim. Ilmiy adabiyotlarda kompitensiya sо‘ziga quyidagicha ta’rif beriladi: Kompetensiya (lotincha Competentio dan Competo-ga erishaman, uchrashaman, mos kelaman) - bu mutaxassisning ma’lum darajadagi kasbiy muammolarni hal qilishdagi shaxsiy bilish qobiliyatidir. Shuningdek, kompitensiya deganda ma’lum bir tashkilot, kompaniya xodimlarining (yoki ayrim xodimlar guruhining) shaxsiy, kasbiy va hokazo fazilatlariga rasmiy ravishda tavsiflangan talablar tushuniladi. Kasbiy kompitentlik – mutaxasis tomonidan kasbiy faoliyatni oshirish uchun kerak bо‘lgan bilimlarning, kо‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni о‘z faoliyati davomida munosib qо‘llay olishidir.
О‘qituvchi albatta, alohida bilim kо‘nikmalarni egallashi bilan birga, ma’lum bir mustaqil yo’nalish boyicha bilimlar va harakatlarni о‘zlashtirilishini nazarda tutadi.Demak, kasbiy kompitentlik pedagogdan mutaxasislik bilimlarini boyitib borish, yangi axborotlarni kuzatib ularni qо‘llay bilish,izlanuvchanlik va yangi bilimlarni qayta ishlab о‘z faoliyatiga qо‘llay olish mahoratini ham talab etadi.
Metod — (yunoncha metodos — bilish yoki tadqiqot yoʻli, nazariya, taʼlimot) taʼlim jarayonida taqdim etilgan amaliy va nazariy bilimlarni egallash, oʻzlashtirish, oʻrgatish, oʻrganish, bilish uc hun xizmat qiladigan yoʻl, yoʻriqlar, usullar majmui. Maqsadga yetishishda maʼlum toʻsiqni yengib oʻtish uchun qoʻllaniladigan tadbir-choralar majmui usul (metod) deyiladi. Maqsadga yetishishda kishi bir necha, goho oʻnlab, yuzlab toʻsiqlarni yengib oʻtishiga toʻgʻri keladi. Bu toʻsiqlarni yengish uchun tegishli usullarni maʼlum bir tartibda qoʻllaydi. Maqsadga yetishishdagi qoʻllaniladigan usullar tizimi uslub yoki yoʻl (metodika) deyiladi.
|