Kasbiy kompetensiyaning shakllanish bosqichlari quyidagicha




Download 494,04 Kb.
bet7/11
Sana14.05.2024
Hajmi494,04 Kb.
#231276
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ERIMOVA M

Kasbiy kompetensiyaning shakllanish bosqichlari quyidagicha:
• 1. O’z-o’zini tahlil qilish va zarur narsalarni anglash;
• 2. O’z-o’zini rivojlantirishni rejalashtirish, maqsad-vazifa belgilash;
• 3.O’z-o’zini namoyish etish va kamchiliklarni tuzatish;
Ta’lim sifatini o’zgartirishda o’qituvchi kompetentligining roli:
• Tashkilotchi ijtimoiy pedagog talabalarni mustaqil hayotga tayyorlash;
• Fasilitator (guruh yetakchisi) guruhda ijobiy-psixologik muhit yaratadi;
• Metodist ta’lim jarayonida talabalarning muammoni yechimlariga yordam beradi va qo’llab-quvvatlaydi;
• Tadqiqotchi-novator yangilik yaratuvchi, muntazam ravishda o’z ustida ishlaydi, yangi g’oyalar yaratadi.
• O’zaro ta’sir ko’rsatuvchi jamoa bo’lib ishlay oladi va ishlashga o’rgatadi;
• Maslahatchi shaxsiy namunasini o’rgatadi; Pedagogik kompetentlik – pedagog tomonidan pedagogik aoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishi sanaladi. Ushbu kompetentlikka ega bo‘lishda o‘z ustida ishlash va o‘z-o‘zini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O‘z-o‘zini rivojlantirish vazifalari o‘zini o‘zi tahlil qilish va baholash orqali aniqlanadi. O‘zini o‘zi tahlil qilish pedagog tomonidan kasbiy faoliyatda tashkil etayotgan o‘z amaliy harakatlari mohiyatining o‘rganilishidir. O‘zini o‘zi baholash (O‘O‘B) – shaxsning o‘z-o‘zini tahlil qilishi orqali o‘ziga baho berishi.

O‘zini o‘zi baholash subyekt uchun shaxsiy imkoniyatlarini hisob-kitob qilish, o‘ziga obyektiv baho berish, o‘zidan qoniqishini ta’minlaydi. Har qanday mutaxassisning vakolati bu o'zlarining kasbiy faoliyati davomida aks ettirilgan ijtimoiy ahamiyatga ega va shaxsan muhim vakolatlar tizimidir. Vakolat - bu mansabdor shaxsning shaxsiy qobiliyatlari, uning malakasi (bilim va tajriba), unga ma'lum bir bilim va ko'nikmalar mavjudligi sababli muayyan qarorlarni ishlab chiqishda ishtirok etish yoki muammolarni o'zi hal qilish imkonini beradi. O‘z-o‘zini baholash darajasi shaxsning o‘z-o‘zidan qoniqishi yoki qoniqmasligini belgilab beradi. Bunda o‘z-o‘zini baholash ko‘rsatkichlari shaxs imkoniyatlariga mos kelishi zarur. O‘z-o‘zini rivojlantirish – shaxsning o‘zida kasbiy tajriba, malaka va mahoratni takomillashtirish yo‘lida aniq maqsad va puxta o‘ylangan vazifalar asosida mustaqil ravishda amaliy harakatlarni tashkil etishi Bir qator tadqiqotlarda mutaxassis, shu jumladan, pedagogning o‘zo‘zini rivojlantirishida “Individual rivojlanish dasturi” qo‘l kelishi aytiladi. Individual rivojlanish dasturi (IRD) – har bir shaxs yoki mutaxassisning o‘zida ma’lum sifat, BKM, kasbiy kompetentliknishakllantirish va rivojlantirish ehtiyojlari asosida ishlab chiqilgan shaxsiy-amaliy xarakterdagi dastur. Ushbu dasturda kasbiy faoliyatni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan BKM hamda kasbiy kompetentlik sifatlarini shakllantirish va rivojlantirish muddatlari belgilanadi. Har qanday mutaxassis kabi pedagog ham o‘zi uchun shaxsiy-amaliy xarakterga ega. Pedagogning individual rivojlanish dasturi - mutaxassis sifatida pedagogning individual ravishda o‘zida u yoki bu kasbiy-pedagogik sifat, bilim, ko‘nikma, malakalar, kasbiy kompetentlik sifatlarini shakllantirish va rivojlantirish ehtiyojlariga tayangan holda ishlab chiqqan shaxsiy-amaliy xarakterdagi dasturi hisoblanadi.







Download 494,04 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 494,04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kasbiy kompetensiyaning shakllanish bosqichlari quyidagicha

Download 494,04 Kb.