• Geografiya ta’limi metodikasi
  • Vaxobov h, mirzamahmudov o. T




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/145
    Sana18.06.2024
    Hajmi2,49 Mb.
    #264179
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145
    Bog'liq
    УКУВ КУЛЛАНМА география методика

     
     
     


     
    I-QISM. GEOGRAFIYA TA’LIMI VA UNING RIVOJLANISHI 
     
    1-BOB GEOGRAFIYA TA’LIMINING MAQSADI VA 
    VAZIFALARI 
    1.1. Geografiya ta’limi metodikasi haqida tushuncha.
    Geografiya ta’limi deganda o’quvchilarga tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy 
    komplekslarning tuzilishi va asosiy qonuniyatlari haqida bilimlar 
    beradigan geografiya fanlari tizimiga aytiladi.
    Geografiya ta’limi metodikasi
    esa maktablarda va kasb-xunar 
    kollejlarida tabiiy geografiya, iqtisodiy geografiya va boshqa maxsus 
    geografiya fanlarini o’qitish jarayonini o’rganadigan va pedagogika fanlari 
    tizimiga kiradigan fandir. 
    Geografiya ta’limi metodikasi umumiy didaktika va tarbiya nazariyasi 
    bilan chambarchas bog’langan. Didaktika fani ta’lim berish va tarbiya 
    jarayonini umumiy qonuniyatlarini, ta’lim mazmunini tatqik qiladigan 
    nazariy fandir. Didaktika fani aniq o’quv fanlarini o’qitish metodikasi bilan 
    shug’ullanmaydi. Ayni vaqtda har bir o’kuv fani o’ziga xos xususiyatlarga 
    ega. Ularning ayrimlarini maqsadi nazariy bilim va ko’nikmalarni 
    shakllantirish (geografiya, biologiya, ximya), ayrimlari faqat ko’nikmalarni 
    (chet tillar), boshqalari esa borliqqa estetik munosabatda bo’lishni 
    shakillantiradi (tasviriy san’at). Shuning uchun alohida fanlarni o’kitish 
    metodikasi bilan hususiy didaktika fanlari shug’ullanadi. Mazkur fanlar 
    qatoriga «Geografiya o’qitish metodikasi» fani ham kiradi. Geografiya 
    o’qitish metodikasining nazariy va amaliy jixatlari mavjud. Geografiya 
    o’qitish metodikasi fani quyidagi nazariy va amaliy metodologik 
    muammolarni tadqiq qiladi: 
    a) geografiya o’kitish metodikasining predmeti, tatqiqot usullari, 
    rivojlanish tarixi; 
    b) geografiya o’kitish metodikasining maqsad va vazifalarini umuman 
    va alohida predmetlar bo’yicha aniqlash; 
    v) ta’lim va tarbiyaning birligi; 
    Nazariy tatqiqotlarning natijalari amaliy tatqiqotlar uchun asos bo’lib 
    hisoblanadi. Mazkur tatqiqotlarda geografiya ta’limining amaliy 
    muammolari hal qilinadi. Geografiya o’qitish metodikasining amaliy 


    jixatlari o’qituvchini o’qitish faoliyatini, o’quvchini o’qish faoliyatini aks 
    ettiradigan metodlarni ishlab chiqishdan iborat. 
    Geografiya o’qitish metodikasi ikkita katta qismdan iborat. Umumiy 
    va hususiy geografiya o’qitish metodikasi. 
    Umumiy 
    geografiya 
    o’qitish 
    metodikasi, 
    bu 
    geografiyaning 
    didaktikasi hisoblanadi. U geografiya o’qitish jarayonini o’ziga xos 
    xususiyatini o’rganadi. 

    Download 2,49 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish