• Freym vazifa
  • 13.11-rasm. Freym – vazifa IRTga ma`lumotlar va bilimlar
  • X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar




    Download 2,23 Mb.
    bet102/123
    Sana22.01.2024
    Hajmi2,23 Mb.
    #143444
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   123
    Bog'liq
    X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar

    13.10-rasm. Freym bog’lanish


    Rasmda predikat cho’qqi “F” simvoli bilan belgilagan. Yoylar bog’lanishlarni ifodalaydi.
    S-sub’ekt, O-ob’ekt, K-“nima yordamida” bog’lanish to’g’ri to’rtburchak bilan belgilangan cho’qqilar “D” belgi bilan ifodalangan, u biror bir argumentning mumkin bo’lgan qiymatlarioblastini ifodalaydi.

    Freym vazifa


    Freym – vazifa jarayonlarni uning ayrim elementlarining vazifalari orqali ifodalashga xizmat qiladi. Misol:

    Quyidagi jarayonni ifodalash kerak bo’lsin “Nasos (N) gazni (G) issiqlik manbaidan (IM) teploobmennikka (TO) xaydasin”


    Freym-vazifaning prototipi rasmda ko’rsatilgan. Bunda
    Simvol U – “manbai ishlash” (istochnik deystviya)
    Simvol d – “qabul qiluvchi ishlashi” (priyomnik deystiya) bog’lanishlarni ifodalaydi.








    13.11-rasm. Freym – vazifa IRTga ma`lumotlar va bilimlar


    Ta`rif: Ma`lumotlar deb, predmet sohasidagi ob`ektlarni, jarayonlarni va hodisalar va ularning xususiyatlarini xarakterlovchi alohida faktlarga aytiladi.
    EHM larida ma`lumotlarni ishlashda quyidagi etaplar mavjud:

    1. D1 – o’lchash va kuzatish natijalari bo’yicha ma`lumotlar;

    2. D2 – informasiyani saqlash bo’yicha ma`lumotlar (tablisalar, protokollar, ma`lumotnomalar);

    3. D3 – diagramma, grafik, funksiya ko’rinishidagi ma`lumotlar modeli;

    4. D4 – komp`yuterdagi ma`lumotlarni yozish tilidagi ma`lumotlar;

    5. D5 – informasiyani saqlash vositalaridagi ma`lumotlar bazasi. Bilimlar empirik yo’l bilan olingan ma`lumotlarga asoslanadi.

    Bilimlar – predmet sohasining qonuniyatlaridir (prinsiplar, bog‘lanishlar, qonunlar), mutaxasislarning amaliy faoliyati va professional tajribasi natijasida hosil qilinadi va mutaxassislarga predmet sohasida masalani qo’yish va echish imkoniyatini beradi.
    Komp`yuterda qayta ishlashda bilimlar ma`lumotlarga o’xshash quyidagicha bo’ladi:

    1. Z1 – fikrlash natijasida inson xotirasidagi bilimlar;

    2. Z2 – bilimlarni saqlash vositalari (darsliklar, uslubiy qo’llanmalar);

    3. Z3 – bilimlar maydoni- fikrlash sohasining asosi ob`ektlarini, ularning xususiyatlarini, qonuniyatlarini va ularni bog‘lovchilarni o’z ichiga oladi;

    4. Z4 – bilimlarni aks ettirish tillirida yozilgan bilimlar (produksion tillar, semantik to’rlar, freymlar);

    5. Z5 – informasiyani saqlovchi vositalardagi bilimlar bazasi.

    Predmet sohasi bo‘yicha aks etgan ma’lumotlar va bilimlar ko‘lamiga qarab uning ramz, til, formal sistema va sun’iy intellekt darajasidagi modellarini farqlash mumkin. Ramz (timsol, belgilovchi, ruscha – znak) – biror predmetni bildiruvchi moddiy-sezib idrok etiladigan predmetlar. Masalan: ko‘cha harakati qoidasi ramzlari, so‘zlar, so‘z birikmalari, sonlar, nomlar, harflar, chiziqlar, imo-ishoralar, tovushlar, rasmlar, sxemalar va shunga o‘xshashlar – ramzlardir. Ramz sintaksis (berilish, ifodalash qoidasi), semantika (ma’no) va pragmatika (ramz bilan undan foydalanuvchi shaxs orasidagi munosabat) bilan xarakterlanadi va albatta belgilanuvchi predmetni bildiradi. Ramzning simvoldan farqi unga belgilanuvchi predmet mos qilib olingani va shu bois u ma’noga egaligidir. Har qanday simvol, litera, harf, sonni ramzga aylantirish uchun unga belgilangan predmetni ko‘rsatish kifoya [5].
    Tabiiy tilda (ona tili + matematika tili) ishlatiladigan so‘zlar, so‘z birikmalari, sodda gaplar va ularni bildiruvchi va matematikaviy ifodalar predmet sohasidagi ob’ekt, mohiyat, bog‘lanishlarda qatnashadigan unsurlarni belgilaydi va bildiradi. Bu yerda avval aytganimizdek predmet deganda olamda nimaiki bor bo‘lsa va fikrlanishi mumkin bo‘lsa o‘sha tushuniladi). Tabiiy tilda ob’ekt so‘z va so‘z birikmasi bilan belgilanadi.
    Misol:
    Robot, a-nuqta, tuz, suv, tok, qarshilik, kuchlanish.
    Mohiyat ramzi so‘z, so‘z birikmasi, gap qismi yoki gap bilan belgilanadi.
    Misol: turibdi, robot a nuqtada tursin (“robot”, “a nuqta”| ob’ekt bo‘lmagan hol uchun), eriydi, tuz suvda eriydi (“tuz” va “suv” ob’ekt hisoblanmagan hol uchun), teng, ko‘paytma teng, tokni qarshilikka ko‘paytmasi kuchlanishga teng: (“tok”, “qarshilik”, “kuchlanish” ob’ekt hisoblanmagan hol uchun).
    Bog‘lanish yordamchi so‘z, so‘z birikmasi, tinish belgilari bilan belgilanadi.
    Masalan: va, yoki, emas, oqibat, demak.
    Ob’ekt ramzini termin yoki ob’ektni ko‘rsatilgan term deymiz. Matematikada, mantiq fanida va sun’iy tillarda ob’ektning (predmetning) simvoli term deyiladi. Term – termin so‘zidan qisqartirib olingan bo‘lib, ma’nosi hisobga olinmagan, belgilanuvchisi ko‘rsatilmagan belgilovchidir.
    Mohiyat belgilovchisi umumiy holda «mohiyat ramzi» deb, mohiyat xossa yoki munosabat deb qaralganda esa “predikat ramzi” deb ataladi.
    Predikat, lotinchada “predicatum” – “aytilgan” degani, tor ma’noda xossa, keng ma’noda munosabat, ya’ni bir necha predmetning o‘zaro xossasi demakdir. Mantiq fanida predikat-argumentlari o‘zgaruvchilar (to‘g‘rirog‘i, almashuvchilar) bo‘lgan shunday predikat simvoli bilan belgilangan funktsiyaki, uning almashuvchilari aniqlanganda va predikat simvoli predikat ramzi bilan almashganda biror ma’noga ega tugal fikrni anglatadi.

    Download 2,23 Mb.
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   123




    Download 2,23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar

    Download 2,23 Mb.