• Sanoat robotini avtomatik rejimda ishlashga tayyorlash.
  • Robotlarni ishga tushirish va texnik xarakteristikalarini tekshirish
  • Boshqarish qurilmasini tayyorlash va programmani yozish




    Download 2,23 Mb.
    bet81/123
    Sana22.01.2024
    Hajmi2,23 Mb.
    #143444
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   123
    Bog'liq
    X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar

    Boshqarish qurilmasini tayyorlash va programmani yozish.


    Texnologik karta asosida siklli boshqariladigan sanoat robotining ish sikli programmasi tuziladi. Xizmat qilish fazosida robot qo‘lining harakatlari, jihozga komandalar va jihozdan qaytgan komandalar, hamda kutish vaqti programmalari kadrlari ketma – ketligini hisobga olgan holda nomerlanadi. Boshqarish qurilmasini ishga tayyorlash va programmani yozish jarayoni robotning


    programma qurilmasini ishlatish yo‘riqnomasiga mos ravishda amalga oshiriladi. Yo‘riqnoma robotni ishlatish hujjatlari komplektiga kiradi.

    Sanoat robotini avtomatik rejimda ishlashga tayyorlash.


    Pozitsion sanoat robotiga oid bu operatsiyaga quyidagilar kiradi:



      • Ishchi zonada robotning qo‘lining oxirgi holatini sozlash;

      • holat datchiklarini sozlash;

      • Sanoat robotini ijro mexanizmlari harakat tezliklarini tezlash;

      • Tormozlanishini rostlash;

      • Sanoat robotini avtomatik rejimda ishlashini tekshirish.

    Bir siklining ishlash vaqti berilgan robototexnik kompleksining ish unumdorligiga va maxsulotni chiqarish maromliligiga (normalariga) to‘g‘ri kelishi kerak.
      1. Robotlarni ishga tushirish va texnik xarakteristikalarini tekshirish




    Sanoat robotini birinchi marotaba ishga tushirish katta e’tibor talab qiladi. Maxsus kalitlar yordamida robot ishchi organlarining yengil siljitishni tekshirish zarur. Boshqarish pultidagi ulagichlarni (pereklyuchatellarni) boshlang‘ich holatga keltiriladi; hamma knopkalar bosilmagan; tumblerlar o‘rta holatda bo‘lishi kerak.
    Robotning sistemalari va qurilmalari qisqa vaqt ichida ketma – ket ishga tushiriladi, bunda mexanizmlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ishlayotgani; dvigatellar berilgan yo‘nalishda harakat qilayotgani yoki qilmayotgani; elektrik, mexanik, pnevmatik, gidravlik sistemalar qizishi yoki qizimasligi, nazorat – o‘lchov asboblarining ko‘rsatishlari tekshiriladi.
    Mexanizmlardagi va qurilmalardagi nosozliklar shovqin – vibratsiya, taqir
    – tuqur, o‘z – o‘zidan ishga tushish yoki o‘chib qolish, tishli uzatgichlarning, elektrodvigatellarning va elektroapparaturaning ortiqcha qizish, bir tekisda aylanmasligi va siljish ko‘rinishda namoyon bo‘ladi [9].
    Katta nosozliklar (defektlar) robotni ishlab chiqargan zavod sozlvchilari tomonidan bartaraf qilinadi. Agar robotdagi kamchiliklarini rostlash ishlari natijasida yo‘qotish mumkin bo‘lsa, unda bu ishlarni ishlatuvchi personal bajaradi.

    Download 2,23 Mb.
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   123




    Download 2,23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshqarish qurilmasini tayyorlash va programmani yozish

    Download 2,23 Mb.