Metall qirquvchi dastgohlarga hizmat qiluvchi sanoat robotlari va ularning asosiy xarakteristikalari




Download 2,23 Mb.
bet77/123
Sana22.01.2024
Hajmi2,23 Mb.
#143444
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   123
Bog'liq
X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar

Metall qirquvchi dastgohlarga hizmat qiluvchi sanoat robotlari va ularning asosiy xarakteristikalari


Sanoat robotlari yordamida metallarga mexanik ishlov berishda quyidagi ishlar avtomatlashtiriladi:

    • dastgoh ishchi zonasiga zagatovkani o‘rnatish va to‘g‘ri o‘rnatilganligini nazorat qilish(kerak bo‘lganda);

    • dasstgohdan tayyor detallarni olishva to‘plagichga joylashtirish;

    • detallarni bir dastgohdan ikkinchi dastgohga uzatish;

    • detallarni(zagatovakalarni) ishlov berishda siljitish;

    • detal o‘lchamlarini nazorat qilish;

    • detalning bazaviy satxlarini tozalash;

    • asboblarni almashtirish.

Xohlagan operatsiyalarni bajarishda sanoat robotlarini qo‘llashda quyidagilarga e’tibor berish kerak:

    • manipulyatsiya qilinayotgan ob’ektning massasi robotning yuk ko‘tarish qobiliyatidan yuqori bo‘lmasligi kerak;

    • manipulyatsiya zonasi robotning xizmat qilish zonasiga mos kelishi zarur;

    • ob’ektning talab qilnadigan harakatining traektoriyasi tezligi sanoat robotining kinematik va aniqlik parametrlariga mos kelishi kerak;

    • robotning programmali boshqarish qurilmasining imkoniyatlari bajariladigan ishga muvofiq bo‘lishi zarur;

    • manipulyatsiya ob’ektining o‘lchamlari va shakli robot qisqich qurilmasining o‘lchamlari va shakliga mos kelishi kerak;

-sanoat robotining ijro organlari kerakli ishchi pozitsiyalar oralig‘ida bemalol harakatlana olishi kerak;

    • sanoat robotlari tashqi muhit parametrlariga (namlik, temperatura va boshqalar) mos kelishi zarur.

Ko‘p jihatdan sanoat robotining qo‘llanilishi sohasi quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:

    • uning komponovkasiga, bu esa robotning ish joyiga o‘rnatish usuliga bog‘liq bo‘ladi;

    • sanoat roboti ishlaydigan koordinat sistemalar turiga;

    • robotning harakat darajalari soniga va robotning manipulyator-lari va qisqich qurilmalari soniga.

Sanoat robotlari ish joyiga o‘rnatilish usuliga qarab, osma, yerda o‘rnatiladigan va dastgohlarga joylashtiriladigan bo‘ladi.
Osma sanoat robotlari metal qirquvchi dastgohlarga xizmat qilganda, odatda, to‘g‘ri burchak koordinat sistemasida ishlaganda x,y,z koordinatalar sistemasida ishlaganda esa, bitta aylanma va ikkita chiziqli harakat qiladi;
Osma sanoat robotlari asosiy harakatlardan tashqari orientirlangan harakatlarini ham boshqaradi, ya’ni qisqich qurilmasi aylanma va tebranma harakatlarini amalga oshiradi.
Dastgohlarga xizmat qiluvchi yerda joylashgan sanoat robotlari odatda silindrik koordinat sistemalarida ishlaydi. Robotlar dastgohining ustiga yoki old
qismiga joylashtirilishi mumkin. Ishlab chiqarishni robotlashtirishda asosiy maqsad robototexnik komplekslarni yaratish va ular asosida robotlashtirilgan sexlar va zavodlarni barpo qilishdir.

Download 2,23 Mb.
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   123




Download 2,23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Metall qirquvchi dastgohlarga hizmat qiluvchi sanoat robotlari va ularning asosiy xarakteristikalari

Download 2,23 Mb.