|
- rasm. Pressga xizmat єiluvchi robot asosidagi robototexnik kompleks
|
bet | 75/123 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 2,23 Mb. | | #143444 |
Bog'liq X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar 11.1- rasm. Pressga xizmat єiluvchi robot asosidagi robototexnik kompleks
Pressga xizmat qiluvchi robot asosidagi robototexnik kompleks 11.1- rasmda keltirilgan.
Sanoat roboti 1 boshqarish sistemasi 7 ga ega. Sanoat roboti boshlang‘ich pozitsiyadan ta’minlovchi 2 dan zagatovkani olib, press 4 ning shtampiga uzatadi. Press o‘z ishini bajargandan keyin, tayyor detal magazin 6 ga yuboriladi. Presslash natijasida hosil bo‘lgan chiqindilar yashiklar 3 va 5 ga tushiriladi.
Yig‘uv operatsiyalarini bajaruvchi sanoat robotlari
Mashinasozlikda sanoat robotlari qo‘llaniladigan asosiy sohalardan biri- yig‘uv operatsiyalaridir.ishlab chiqarishning boshqa sohalariga qaragandayig‘uv operatsiyalarini bajarish eng kam avtomatlashtirilgan, shuning uchun sanoat
robotlarini qo‘llash dolzarb hisoblanadi. Sanoat robotlari yordamida bajarilishi mumkin bo‘lgan yig‘uv operatsiyalariga quyidagilar kiradi:
bir detalni ikkinchisiga joylashtirish;
detalni ma’lum bir pozitsiyaga qo‘yish va olish;
presslash;
bir detalni ikkinchisiga burab o‘rnatish;
yopishtirish;
detallarni siqib o‘rnatish va hokazo.
Bu asosiy operatsiyalardan tashqari bir necha yordamchi operatsiyalarni ham robotlar bajarishi kerak, masalan, tranportirovka, orientirlash, o‘lchash va hokazo.
Yig‘uv operatsiyalarini sanoat robotlari yordamida yig‘uv operatsiyalarini avtomatlashtirishda quyidagi asosiy talablarga riolya qilishi kerak:
toza bo‘lishi kerak;
konstruksiyalari uzatish qurilmasidan chiqishda bir-biriga ilashib qolishi kerak emas;
yengil deformatsiyalanadigan, mo‘rt detallar yig‘ish tavsiya qilinmaydi;
yig‘uv pozitsiyasidan oldin detallarning texnik sharlariga mos kelishini nazorat qilish zarur bo‘ladi.
Adaptiv boshqarishning yig‘uv sanoat robotining struktura sxemasi 11.2- rasmda keltirilgan.
|
| |