|
X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar
|
bet | 73/123 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 2,23 Mb. | | #143444 |
Bog'liq X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar
kiradi?
Robototexnik komplekslarning informatsion sistemalariga nimalar
Holat datchiklari sifatida nimalar qo‘llaniladi?
Tezlik datchiklari sifatida nimalar qo‘llaniladi?
Texnik ko‘rish sistemalari nimalarga hizmat qiladi?
Texnik sensorlarning vazifalari nimalardan iborat?
Lokatsiya sensorlari nimalarga hizmat qiladi?
Robotlarning sensor qurilmalari tashqi muhit xususiyatlarini
aniqlashda qanday guruhlarga bo‘linadi?
RTK informatsion sistemalarining sinflanishi.
BOB. ROBOTLARNING IShLAB ChIQARIShDA QO‘LLANIShI
Sanoat robotlarining ishlab chiqarishda qo‘llanilishi
Sanoat robotlari ishlab chiqarish jaryonlarini kompleks avtomatlashtirish imkonini beradi, zamonaviy yangi texnologiyalarda sanoat robotlari keng qo‘llaniladi. Ishlab chiqarishda sanoat robotlari asosiy va yordamchi texnologik operatsiyalarni avtomatlashtirishda ishlatiladi. Sanoat robotlariga qiziqish tobora oshib bormoqda [5].
Hozirgi vaqtda chet ellarda sanoat robotlarini tayyorlash bilan 200 dan ortiq firmalar shug‘ullanmoqda, robotlarning dunyo bo‘yicha chiqarilayotgan modellari 600 tadan ortiq. Robotlarni yaratish va tayyorlash ishlari Yaponiya, AQSh, Germaniya, Fransiya va Shvesiya davlatlarida intensiv olib borilmoqda.
An’anaviy avtomatlashtirishga qaraganda sanoat robotlarini qo‘llash moslashuvchan ishlab chiqarish sistemalarini yaratish va ishga tushirish imkoniyatlarini beradi.
Sanoat robotlari ishlab chiqarishda odam uchun og‘ir, qiziqarsiz, sog‘liq uchun zararli ishlarni bajarishda keng qo‘llaniladi.
Robotlar turli sohalarda har xil operatsiyalarni bajariщda ishlatiladi.
Masalan, yig‘uv, shtampovka, metallni qayta ishlash, mexanik ishlov berish, payvandlash, quyish, galvanik qoplash va boshqalarda sanoat robotlari keng qo‘llaniladi.
Sanoat robotlarini qo‘llash quyidagilarga imkon beradi:
Malakasiz ishchi kuchini yo‘qotish va ularga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish;
Ishlab chiqarish unumdorligini oshirish;
Ishchilarning mehnat xavfsizligini va sharoitini yaxshilash; intellektual darajasini oshirish;
Ishchilarni monotonli; qiziqarsiz, sog‘liq uchun zararli va xavfli operatsiyalarni bajarishdan ozod qilish;
Ishlab chiqarayotgan maxsulot sifatini oshirish;
Texnologik jihozlarning ishlashini optimallashtirish, ishlamay turishini yo‘qotish va texnologik siklning vaqtini kamaytirish;
Yangi texnologik jaryonlarni yaratish va o‘zlashtirish;
Ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirish va hokazo.
|
| |