|
Temirchilik – preslash uskunalariga xizmat qiluvchi robotlar Detallar tiplarining xarakteristikalari va sanoat robotlariga qo‘yiladigan
|
bet | 74/123 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 2,23 Mb. | | #143444 |
Bog'liq X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar Temirchilik – preslash uskunalariga xizmat qiluvchi robotlar Detallar tiplarining xarakteristikalari va sanoat robotlariga qo‘yiladigan
talablar
Metallarga bosim ostida ishlov berish yuqori tezlikda amalga oshiriladigan jarayon, shuning uchun zagotovkalar temirchilik – presslash mashinasining ishlov barish pozitsiyasiga qat’iy orientatsiyalangshan xolda uzatilishi kerak. Zagatovkalarning siljishiga va qayta orientatsiya qilishga imkon berishi kerak [7].
Temirchilik – presslash uskunalariga xizmat qiladigan sanoat robotlariga qo‘yiladigan talablar
Bunday robotlarda qisqich qurilmasini almashtirish, hamda yangi buyumni shtampovka qilishga o‘tilganda robotning boshqarish programmasini qayta tuzish imkoniyati mavjud bo‘lishi zarur. Robot zvenolarining noto‘g‘ri boshlang‘ich hollarda turganida, boshlang‘ich hollarda zagatovkalar orientatsiya qilinmagan yoki noto‘g‘ri oriantatsiya qilingan bo‘lsa, ikki va undan zagatovkalar qisib olinganda, texnologik jarayon noto‘gri amalga oshirilganda sanoat robotini o‘chiradigan avariya blokirovka sistemasi bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Undan tashqari agar robotning qisqich qurilmasi ishchi fazoda bo‘lganda sanoat roboti texnologik jixozni o‘chirish blokirovka qurilmasi bilan ta’minlanishi zarur.
Sanoat robotining boshqarish sistemasi uchun robototexnik sistema tarkibiga kiruvchi xama uskunalar, mexanizmlar va qurilmalarni boshqarish, dispetcherlash va ishlashni sinxronizatsiya qilish imtiyozli bo‘lmog‘i kerak.
Temirchilik – presslash ishlab chiqarishda robototexnik komplekslarni yaratish turli texnologik vazifalarni bajaruvchi kompleks avtomatlashgan liniyalar qurish imkonini beradi. Robotexnik komplekslar asosida avtomatik liniyalarni qurishda sanoat robotlari va texnologik jihozlar chiziqli joylashtiriladi. Turli robototexnik komplekslarni birga qo‘llab, kompleks avtomatlashgan uchastkalar va avtomatlashgan issiq va sovuq, shtampovka liniyalar barpo etiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Temirchilik – preslash uskunalariga xizmat qiluvchi robotlar Detallar tiplarining xarakteristikalari va sanoat robotlariga qo‘yiladigan
|