• 11.3- rasm birpozitsiyali robototexnik kompleks
  • Sanoat robotlariga qo‘yiladigan talablar
  • “Dastgoh – sanoat roboti” turidagi robototexnik kompleks




    Download 2,23 Mb.
    bet78/123
    Sana22.01.2024
    Hajmi2,23 Mb.
    #143444
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   123
    Bog'liq
    X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar

    “Dastgoh – sanoat roboti” turidagi robototexnik kompleks


    Robototexnik kompleksni yaratishda raqamli programmali boshqariladigan dastgohlar yoki yarim avtomat stanoklar ishlariladi, ularning mashina vaqti – 3-15 min. va undan yuqori bo‘ladi [5].
    Robototexnik kompleksning komponovkasi sanoat robotining konstruksiyasiga va kinematik sxemasiga bog‘liq bo‘ladi. Asosan robototexnik komplekslarning uch turli komponovkalari ishlatiladi:

        1. Bir pozitsiyali robototexnik kompleks, u bitta dastgohdan va bitta sanoat robotidan tashkil topgan;

        2. Ko‘ppozitsiyali aylanma pozitsiyali ikki – uch pozitsiyali va ularga xizmat qiladigan yerda joylashgan sanoat robotidan tashkil topadi;

        3. ko‘ppozitsiyali chiziqli komponovkali, ikki va undan ortiq dastgohlardan va ularga xizmat qiladigan portal sanoat robotidan tashkil topadi.

    Birpozitsiyali robototexnik kompleks sxemasi 11.3-rasmda keltirilgan.


    11.3- rasm birpozitsiyali robototexnik kompleks:


    1-tokar dastgohi; 2-sanoat roboti; 3-gorizontal magazin to‘plagich.
    U 16K20F3 tokar dastgohidan va M20P40.20 turdagi sanoat robotidan tashkil topgan. Bu kompleks val turidagi detallarga ishlov berishga mo‘ljallangan.
    Sanoat roboti dastgohga detallarni o‘rnatish va olish operatsiyasini hamda dastgohni ishga tushirish komandasini berishga xizmat qiladi.

    Sanoat robotlariga qo‘yiladigan talablar


    Sanoat robotlari metalga ishlov beruvchi dastgohlarga xizmat qilishda quyidagi ishlarni bajarishlari kerak:



    • oldindan orientatsiya qilingan zagatovkalarni dastgohning ichki sohasiga o‘rnatish;

    • detallarni dastgohdan olish, magazin yoki konveyerga joylashtirish;

    • texnologik jihozlarni boshqarish uchun texnologik kogmandalarni

    berish;

    • dastgohlar asosida detallarni tashish va boshqalar.

    Metall qirquvchi dastgohlarni avtomatlashtirishda qo‘llaniladigan sanoat

    robotlariga qo‘yiladigan talablar:

    1. sanoat robotlarining konstruktiv texnologik parametrlari (yuk ko‘tarish qobiliyati, ichki organlarning harakat tezliklari, pozitsiyalanish aniqligi, ishchi zonalarning o‘lchamlari, programma boshqarishning turi) dastgoh parametriga mos kelishi kerak;

    2. sanoat robotlarining qo‘llanishi quyidagilarni ta’minlashi kerak: dastgohlarning unumdorligini 20% oshirish detallarga ishlov berish sifatini oshirish; dastgohlarni ishlash koeffitsentini 2-2,5 barobarga oshirish;

    3. sanoat robotlari ma’lum harakatlanish darajasiga ega bo‘lishi kerak, bu bilan ular dastgohlarga va robototexnik kompleksning yordamchi jihozlariga xizmat qilmshda operatsiyalarning kerakli hajmini ta’minlashi zarur;

    4. sanoat robotlari yetarli darajada universal bo‘lishlari zarur, chunki yangi maxsulotga ishlov berishga o‘tilganda robotni minimal qayta sozlash amalga oshirilishi kerak;

    5. yuqori ishonchlilik;

    6. xavfsizlik zonasi mavjud bo‘lishi kerak.

    Download 2,23 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   123




    Download 2,23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Dastgoh – sanoat roboti” turidagi robototexnik kompleks

    Download 2,23 Mb.