Xix asr Ovropa Oltinchi davr (XIX asrning 90-yillari) erkaklar va ayollar




Download 310.82 Kb.
bet5/14
Sana01.08.2021
Hajmi310.82 Kb.
#16560
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
XX asr Ovropa Birinchi davr (1900-1908 yy.)erkaklar va ayollar kostyumi

Birinchi davr (1900-1908 yy.)

Erkaklar kostyumi. Asr boshida erkaklar turmush tarzi Sport ta’sirida sezilarli darajada o’zgargandi. Sport kostyumi va uning elementlari kundalik kiyiladigan kostyumga moslashgandi. Kunning ikkinchi yarmida kostyum rangining odmiligi uning detallarida xam sezilardi: galstuk va oyoq kiyimlari ham oddiylashdi.

Erkaklar kostyumining unifikatsiyalanishi kiyimda barcha ijtimoiy farqlarni yo’qotgandi shaharliklar odmi kostyumda yurmasdan, Sport kostyumini kiyishardi. Ayniqsa, velosiped va mototsiklning keng tarqalishi modaga ham sezilarli ta’sir qildi.

Ammo avvalgi odat va qonun-qoidalar osoyishtalik bilan o’z o’rnini yangi urf-odatlarga bermasdi. Noqulay, azob beradigan baland oxorlangan yoqa "padarkush" yana modaga kirgandi.

Lekin kostyum bichimida erkinlik bo’ldi, syurtuk o’rniga tamomila pidjak kirdi, tsilindrning o’rniga esa fetr (namat) shlyapa kirdi. Tantanali kechalarda frak o’rniga "smoking" (shol yoqasi atlas matodan qilingan) kiyadigan bo’lishdi.

Lekin boi burjuaziya vakillari va London oliftalari — "dendi" ajralib turish uchun kostyumning ayrim bo’limlarini o’zgartirishga intilgandilar. Boylikni ko’rsatish uchun ularda oltin to’g’nog’ich, soat, zanjir, uzuk, ilmatugma (zaponka)ni taqish odati saqlanib qolgandi. Erkaklarning orastaligining sirlari va nozik tafsilotlari klassifikatsiyalangandi va boy odamlar ularni kunt bilan o’rganar edilar.

Ammo XIX asr oxirigacha kiyim yordamida erkaklar gavdasining go’zalligini ko’rsatishga intilgan bo’lishsa, endi moda barchani bir xil siluetga kiyintirib, gavdaga ahamiyat bermas edi (94-rasm).

95-rasm. Modern uslubi. Shifondan ko’ylak.1901 yil.



96-rasm. Modern uslubi. Kunduzgi ko’ylak. 1907 yil





Download 310.82 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 310.82 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xix asr Ovropa Oltinchi davr (XIX asrning 90-yillari) erkaklar va ayollar

Download 310.82 Kb.