hisoblash uchun har tomonlama qulaydir. Rel - ni o’lchashning eng qulay
usullaridan biri bu yuqori energiyali elektronlarning yadroda sochilish
jarayonini o’rganadi. Bu elementlarning energiyasi 100 MeV dan katta
bo’lgandagina ular yadroning ichidagi
elektr va magnit maydoning
taqsimotini ya’ni form – faktorini o’lchashga imkon beradi. Rel ni
o’lchashni yana bir yo’li mezoatomlarning spektrlarini o’lchash usulidir.
Manfiy zaryadli
µ - mezon elektrondan 207 marta og’ir bo’lganligi sababli
va u yadro kuchlari ta’sirida ishtirok atmasligi sababli yadro tomonidan
qamrab olinib mezoatomini hosil qiladi. Elektronga nisbatan 207 marta og’ir
bo’lganligi sababli uchun
µ - mezonning aylanish orbitasi 207 marta yadroga
yaqin bo’ladi va ko’p xollarda yadro ichidan o’tadi.
Shu sababli bunday
atomlarning spektrini o’rganish yadro haqida ko’proq ma’lumot olishga
imkon beradi. Zaryadlangan zarralarning yadroda sochilishi ko’proq
yadrodagi protonlarning taqsimoti haqida ma’lumot bersa, yadro kuchlari
ta’sirida
ishtirok etuvchi zarralar
π
- mezonlarning sochilishi yadro
kuchlarining ta’sir radiusini aniqlashga imkon beradi. O’lchangan natijalarga
ko’ra yadroning radiusini quyidagi ifoda yordamida aniqlash mumkin
R = r0• A1/3 (2)
bu yerda
r0 =(1.2-1.6)10-13 sm Yuqori energiyali elektronlarning proton va
neytronlarda sochilishi, ulardagi elektromagnit
zaryadlarning taqsimlanish
radiusi 0,8•10-13 sm ekanligini ko’rsatadi. Agarda yadroni sferik shakilda
deb olsak uning hajmini quyidagi ifoda yordamida topamiz
V =
π
r03A sm3 (3)
Yadrodagi hajm birligidagi nuklonlar soni bir xil desak u holda nuklonlar
konsentratsiyasi quyidagicha bo’ladi
n = = =
≈
1038 nuklon/sm3
Bundan foydalanib yadroning o’rtacha zichligini aniqlashimiz mumkin
ρ
= n •1 m.a.b.= 1038•1,66•10-24
≈
1014 g/sm3 (4)
105
Yadro kvant mexanik sistema bo’lganligidan yadroning shakli degan atama
ma’noga ega emas. Yadroning nazariy hisoblariga tog’ri keladigan va
tajribalarda tasdiqlanadigan eng oddiy shakli
aylanma ellipsoid shakliga
o’xshaydi. Yadro shaklining deformatsiya parametri
β
- bilan tavsiflanadi
β
=
bunda 2R simmetriya o’qining uzunligi,
R(R –
Δ
R) unga tik o’qning
uzunligi yoki
Δ
R - ellipsiodning katta a va kichik b o’qlarining (a – b )
farqi. Yadroni proton va neytronlarga batamom parchalash uchun zarur
bo’lgan energiyaga bog’lanish energiyasi Ebog' deyiladi. Yadro
mustahkamligini ta’minlovchi bu asosiy kattalikni bilgan holda biz istalgan
parchalanish uchun zarur energiyani hisoblab topishimiz mumkin. Masalan,