n +
n p + +
Bu yerda dastlabki omega-minus –giperon ()-lambda nol giperonga va
K- -mezoniga yemiriladi, -giperon esa o’z navbatida neytron, e-elektron va
neytronga yemiriladi. Hozirgi kunda elementar
zarralarning soni bir necha
yuzdan ortiq bo’lib, ularni tafsiflovchi
kattaliklari xam turlichadir,
shuning
uchun hammasini jamlovchi jadvallar <
> deb
atalgan to’plami har yili chop etiladi. Elementar zarralar fizikasida saqlanish
qonunlari fizik tabiati bo’yicha uch guruhga bo’linadi.Birinchi guruh fazo-
144
vaqtning to’rt o’lchovli geometriasi bilan bog’liq bo’lgan energia, implus,
implus momenti, spin, CR-juftlik, T-juftlikning saqlanish qonunlari kiradi.
Ikkinchi
guruhga odatda elektr, barion va ikki
xil lepton zaryadlarining
saqlanish qonunlari kiradi. Nihoyat, uchinchi guruhga faqat ba’zi o’zaro
ta’sirdagina bajariladigan saqlanish qonunlari kiradi. Bular: S-g’alatlik, C-
maftunlik, v-go’zallik, t-haqiqiylik kabi kvant sonlar bilan bog’liq bo’lgan
saqlanish qonunlari. Bu guruh saqlanish qonunlari tarkibiy hisoblanadi.
Bunday tarkibiy saqlanish qonunlarini o’rganish har hil o’zaro ta’sirlar turli
hil darajadagi simmetriyaga ega bo’lishini ko’satadi. O’zaro ta’sir qanchalik
kuchli bo’lsa,
u shunchalik simmetrikdir, ya’ni u uchun shunchalik ko’p
saqlanish qonunlari bajariladi. Endi yuqorida sanab o’tilgan o’zaro ta’sir
kuchlariga batafsilroq to’xtalib o’taylik.
145