yadroning ichki holati o’zgaradi, ya’ni u A* holatga o’tib qoladi.
Uchunchi A(a,b)B
в
a A , jarayonda nishon yadroning
α
- zarra bilan
to’qnashuvida boshqa B yadro va
в
zarra paydo bo’ladi. Mana shu kabi
jarayonlarni yadro reaksiyalari deyiladi. Yangi izotoplarning xususiyatlarini
o’rganishda, yangi zarralarni hosil qilishda, yadro energiyasini olishda,
radioaktiv izotoplarni olishda yadro reaksiyalarining zaruriyati juda kattadir.
Yadro reaksiyalarida ham ma’lum miqdorda energiya yutilishi yoki energiya
ajralib chiqishi mumkin. Bu energiyani Q bilan belgilasak,
Q=E(A,a) - E(B,b)
yoki
Q=[(ma+mA)-(mb+mB)]C2
bu yerda
mA, ma, mB, mb reaksiyadan oldingi va keyingi zarralarning
massalari, c – yorug’lik tezligi. Agarda Q 0, ya’ni energiya ajralib chiqsa
reaksiya enzotermik reaksiya, agar Q 0 ya’ni energiya yutilishi bilan o’tsa
reaksiya endotermik reaksiya deb ataladi. Reaksiyaga kirishayotgan
zarralarning turiga qarab reaksiyalarni neytral zarralar va gamma kvantlar
ta’sirida, hamda zaryadli zarralar ta’sirida ro’y beradigan reaksiyalar deb
yuritiladi. Ta’sirlashuv mexanizmiga qarab zarralar ikki sinfga: kompaund
yadro hosil qilib boradigan reaksiyalarga va bevosita o’zaro ta’sirli
reaksiyalarga bo’linadi.