|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
27
Ushbu strategiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun asosiy qadamlar
sifatida quyidagi fikrlarni bidirish mumkin:
-chiqindilar
potentsialini
baholash
nuqtayi
nazaridan
korxonada
chiqindilarning qanday turlari va hajmlari hosil boʻlish monitoringini yuritish uchun
chiqindilar auditini oʻtkazish kerak;
-qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish boʻyicha chiqindilarni yangi
mahsulotlarga samarali qayta ishlash imkonini beruvchi texnologiyalarni tadqiq
qilish va joriy etish;
-qayta ishlangan mahsulotlarni sotish uchun bozorlarni topish strategiyalarini
aniqlash va ishlab chiqish;
-xodimlar va hamkorlarning qayta ishlash muhimligi haqida xabardorligini
oshirish uchun dasturlarni ishlab chiqish va ularning ushbu jarayonlarda ishtirok
etishi uchun ragʻbatlantirishni yaratish.
Bu borada qayd qilish mumkinki, “Ziynatkor” KTXF da qayta ishlash
tashabbuslari yashil iqtisodiyot maqsadlariga erishish yoʻlidagi muhim qadam
boʻlib, hatto mahalliy ishlab chiqarishda ham ekologik barqaror amaliyotga sezilarli
oʻtish mumkinligini koʻrsatishi mumkin.
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash joizki, yashil iqtisodiyotga intilish sharoitida
“Ziynatkor” koʻp tarmoqli korxonasining tajribasi chiqindilarni qayta ishlash
amaliyotini joriy etishning ahamiyati va maqsadga muvofiqligini koʻrsatmoqda. Bu
nafaqat sanoat faoliyatining atrof-muhitga ta’sirini kamaytirishga yordam beradi,
balki iqtisodiy oʻsish va barqaror ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun yangi
istiqbollarni ochadi. Ushbu tavsiya etilayotgan innovatsion yoʻnalishlar “Ziynatkor”
KTXF misolida atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish va yashil iqtisodiyot
tamoyillariga oʻtishga intilayotgan boshqa korxonalar uchun ilhom manbai boʻlib
xizmat qilishi mumkin.
|
| |