|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 316/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
318
qismidir.
Soliqlar uchta asosiy funktsiyani, jumladan, gʻaznachilik (yoki fiskal)
funktsiyani bajaradi. Bu nazorat funksiyasi boʻlib, unda soliq toʻlovchilar soliqlarni
byudjetga undirish jarayonini nazorat qiladilar, soliqlar hisobiga undiriladigan
milliy daromad miqdorini aniqlaydilar, soliq solish obʼektlarini, soliq stavkalarini
toʻgʻri belgilaydilar va soliq toʻlovlarini oʻz vaqtida amalga oshiradilar. Soliqlarning
nazorat funksiyasi taqsimlash funksiyasi bilan parallel ravishda boradi. Ba’zan u
oddiy taqsimlashdan tashqariga chiqadi va soliq solish ob’ektlari va resurslardan
foydalanish ustidan nazoratni oʻz ichiga oladi. Shunday qilib, soliqlarning nazorat
funktsiyasi soliq organlari tomonidan amalga oshiriladigan umumiy iqtisodiy
nazoratning asosidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq organlarining nazorati,
birinchi navbatda, umumiy iqtisodiy qonun hujjatlariga muvofiq nazoratga aylanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli
"2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi
toʻgʻrisida"gi
farmonida
belgilangan
2-maqsadda
“
Xalq
deputatlari
Kengashlarining mahallalardagi muammolarni hal qilishdagi rolini oshirish,
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush darajasini oshirish,
mahalliy byudjetni shakllantirish va nazorat qilish boʻyicha ularning mas’uliyatini
kuchaytirish” vazifasi qoʻyilgan[5].
Mahalliy byudjetlar darajasida turli soliqlar va majburiy toʻlovlarni
birlashtirish, viloyatlar, shaharlar va tumanlar byudjetlarini subsidiyalash tizimidan
chiqarib tashlash, shuningdek ularning taqsimotga bogʻliqligini kamaytirish orqali
daromadlar bazasini mustahkamlash soliq-byudjet siyosatining ustuvor vazifalari
hisoblanadi.
Ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilishi mahalliy budjetlar
daromadlarini oshirish, ularning xarajatlaridan samarali foydalanish, hududlarning
barqaror rivojlanishini ta’minlash hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining
moliyaviy mustaqilligi va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini amalga
oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mahalliy byudjet daromadlarining barqarorligini ta’minlash, ularning
xarajatlaridan samarali foydalanish turli omillar, jumladan, iqtisodiy va huquqiy
jihatlarga bogʻliq. Ayrim iqtisodchilar bu maqsadlarga mahalliy hokimiyat
organlarining vakolat va mas’uliyatini oshirish orqali erishish mumkinligini
ta’kidlasa, boshqalari daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi mutanosiblikka erishish
ham muhim ekanini tan olishadi.
Mahalliy byudjetning daromadlari, shuningdek, davlat byudjeti xarajatlari
milliy daromadni taqsimlash asosida mahalliy byudjetlarning daromad qismini
mustahkamlash va aholi ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan.
Bizning fikrimizcha, hududlarning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, soliqqa
tortish manbalarini kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi
mahalliy byudjetlar daromadlari barqarorligi va ularning xarajatlari samaradorligini
ta’minlashning muhim omili hisoblanadi. Mahalliy byudjetlar daromadlarini
mustahkamlash, ularning xarajatlarini barqarorlashtirish va daromadlar bazasini
kengaytirish yechimini talab qiladigan muhim vazifalardandir.
|
| |