“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
321
Birinchidan,
korxonalarda
innovatsion
strategiyani
shakllantirishda
innovatsion faoliyatni korxonaning strategik maqsadlariga
muvofiq kelishini
inobatga olish lozim. Shuningdek, korporativ boshqaruv
organlari innovatsion
strategiyani ishlab chiqishda kadrlar masalasini alohida inobatga olish lozim.
Ikkinchidan, korxonada korporativ boshqaruvning samarali yoʻlga qoʻyilishi
oxir-oqibatda moliyaviy natijalarni yaxshilashga xizmat qiladi. Natijada,
innovatsion faoliyatni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash imkoniyatlari oshadi.
Uchinchidan, korxonalarda innovatsion strategiyalarni shakllantirishda
innovatsion faoliyatni toʻgʻri tashkil etish hamda mazkur jarayon uchun tajribali
mutaxassislarni jalb qilish zarur. Xususan, innovatsiyalarni
yaratishda korxona
uchun haqiqiy foyda keltiradigan jihatlarga e’tibor qaratish hamda korxonaning
bozordagi oʻrnini mustahkamlashga xizmat qilishi kabi
jihatlarni inobatga olish
lozim. Mazkur jarayonda korporativ boshqaruv organlari tomonidan ishchi guruhni
qoʻllab-quvvatlash hamda uzoq muddat davomida loyihalarni moliyalashtirish
masalalari hisobga olinishi zarur.
Toʻrtinchidan, innovatsion strategiyani shakllantirishda egalik nuqtai nazaridan
aksiyadorlarning manfaatlariga zid keladigan jihatlar yuzaga kelmasligiga e’tibor
qaratish lozim. Aks holda, innovatsion strategiyani amaliyotga joriy etish
va uzoq
muddat davomida moliyalashtirishda muammolar yuzaga keladi.