|
Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili Pdf ko'rish
|
bet | 321/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami
322
1-jadval
Parallel hisob yuritish va moliyaviy hisobot transformatsiyasi farqli jihatlari
Parallel hisob yuritish
Moliyaviy
hisobot
transformatsiyasi
Farqli jihatlari
Parallel hisob yuritish – bir
vaqtning
oʻzida
yuritilayotgan BHMS hisobi
bilan
birgalikda
MHXS
asosida hisob yuritish.
Hisobotni
transformatsiya
qilish chogʻida BHMS boʻyicha
mavjud
ma’lumotlar
stornolanadi va ularning oʻrniga
MHXS boʻyicha hisob yuritish
ma’lumotlari aks ettiriladi.
Transformatsiya qilish usuli
korxona uchun xarajatlarni
tejash,
kadrlar
bilimini
oshirish,
shuningdek
auditorlik
tashkiloti
va
konsalting firmalar tomonidan
amalga oshiriladi.
Parallel
hisob
yuritish
chogʻida har bir xoʻjalik
operatsiyasi
ikki
marta:
BHMS
boʻyicha
hisob
yuritish tizimida va MHXS
boʻyicha
hisob
yuritish
tizimida
roʻyxatdan
oʻtkaziladi.
Transformatsiya
–
hisob
yuritishga doir axborotni qayta
guruhlash va BHMS boʻyicha
tayyorlangan
hisobot
moddalariga tuzatish kiritish
yoʻli bilan MHXSga muvofiq
hisobot tuzish jarayoni.
Parallel hisobda malakaviy
kadrlar
yetishmasligi,
buxgalteriya
hisobini
toʻgʻridan
toʻgʻri
xalqaro
standartlarda
yuritish
imkoniyatini beradi.
MHXS boʻyicha moliyaviy
hisobot MHXS boʻyicha
buxgalteriya
hisobi
ma’lumotlari
asosida
shakllantiriladi.
BHMS boʻyicha va MHXS
boʻyicha hisob siyosatlarining
yaqinlashtirilishi
hisobotni
transformatsiya qilish chogʻida
kiritiladigan tuzatishlar sonini
kamaytirish imkonini beradi.
Yuqoridagi jadvalga asosan transformatsiya oʻtkazish usullari:
-Aylanma balansi asosida transformatsiya qilish metodi;
-Balans asosida transformatsiya qilish.
«Aylanma balansi asosida transformatsiya qilish» – BHMS boʻyicha Aylanma
balansidan olingan ma’lumotlar MHXS schyotlari boʻyicha aylanma balansiga
oʻtkazilib, aynan unga tuzatishlar kiritiladi. Olingan MHXS boʻyicha aylanma
balansi asosida hisobot tuziladi.
• ma’lumotlarni oʻtkazish jarayonini avtomatlashtirish uchun aniq Schyotlar
rejasiga, buxgalteriya dasturiga bogʻlanish zarur;
• MHXS boʻyicha Schyotlar rejasini ishlab chiqish talab etiladi;
• Tuzatishlarning bir qismi BHMS boʻyicha aylanma balansidan MHXS
boʻyicha aylanma balansiga ma’lumotlarni oʻtkazish chogʻida kiritiladi;
• kelgusida MHXS boʻyicha hisobotni shakllantirish.
• hisobot transformatsiyasi MHXSda hisob yuritish tizimining bir qismiga
aylansa, metoddan foydalaniladi.
«Balans asosida transformatsiya qilish» – BHMS boʻyicha moliyaviy hisobot
shakllaridagi ma’lumotlar MHXS boʻyicha hisobotning tegishli shakllariga
oʻtkaziladi, bevosita MHXS boʻyicha hisobot satrlari darajasida tuzatishlar kiritiladi.
Jarayonning avtomatlashtirilishi qoʻllanilayotgan buxgalteriya dasturiga bogʻliq
emas. MHXS boʻyicha Schyotlar rejasini ishlab chiqish talab etilmaydi, tuzatishlar
|
| |