|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 317/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
319
Bugungi kunda mahalliy byudjet daromadlarini koʻpaytirish, ularning
barqarorligini ta’minlash va xarajatlardan samarali foydalanish, mahalliy davlat
hokimiyati organlari mas’uliyatini oshirish masalalari dolzarb ahamiyat kasb
etmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1. A.Vahobov, A.Joʻraev Soliqlar va soliqqa tortish: Darslik /Hammual.:
A.Vahobov, A.Joʻraev. – T.: “Sharq” nashriyoti – 2009. –400 bet.
2. Finansы: uchebnik dlya bakalavrov / Pod red. M. V. Romanovskogo, O. V.
Vrublevskoy. – 3-ye izd., pererab. i dop. – M.: Izdatelstvo Yurayt, 2012. – 590 s.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 iyundagi PF-5075-sonli
"Mahalliy budjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining
vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-iyundagi
445-sonli “Mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish zaxiralarini
aniqlash ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli
"2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi
toʻgʻrisida"gi farmoni
DAVLAT ISHTIROKIDAGI KORXONALARNING KORPORATIV
BOSHQARUVIDA INNOVATSIYALARDAN FOYDALANISH
B.Majidov, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi
Ilmiy rahbar: S.Omonov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti PhD
Mamlakatimizda davlat ishtirokidagi korxonalarning iqtisodiyotdagi ishtiroki
yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Shu sababli davlat korxonalaridagi korporativ
boshqaruvda innovatsiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Innovatsiyalarni boshqarish yangi narsani joriy etish uchun zarur boʻlgan barcha
tadbirlarni amalga oshirishni anglatadi. Bu amalda gʻoyalarni ishlab chiqish,
ustuvorliklarni belgilash va amalga oshirish, shuningdek, ularni amaliyotga tatbiq
etish kabilarni anglatadi. Innovatsiyalarni boshqarish murakkab jarayon hisoblanadi,
shu sababli innovatsiyalarni boshqarish bilan bogʻliq boʻlgan nazariyalar, modellar
va tushunchalarni tadqiq qilish lozim.
Xalqaro amaliyotda korporativ boshqaruvda innovatsiyalarni boshqarishda
direktorlar kengashi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki innovatsion faoliyatni
tashkil etish va innovatsion strategiyalarni ishlab chiqishda hal qiluvchi qarorlar
direktorlar kengashi tomonidan chiqariladi. Shuningdek, kompaniyalarda
innovatsion faoliyatni tashkil etishda aksiyadorlarning ham rolini alohida ta’kidlash
lozim. Mazkur jarayonda aksiyadorlar kapitalning egasi sifatida qatnashadi hamda
ularning huquqlari buzilmasligi ta’minlanishi zarur.
Korporativ boshqaruvda innovatsiyalar boʻyicha mas’uliyatni taqsimlashning
bir qator yoʻllari mavjud. Bunda, asosan, ikki xil tanlov amalga oshirilishi lozim.
Birinchi tanlov innovatsion faoliyat boʻyicha ishtirokchilar turi va soni bilan bogʻliq,
ya’ni innovatsion nazoratni bitta menejer yoki bir necha menejerlardan tashkil
topgan guruhga topshirish boʻyicha aniqlik kiritilishi lozim. Ikkinchi tanlov
|
| |